Fanidan yozgan


Fizika o’qitishda kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanish



Download 3,68 Mb.
bet5/6
Sana08.07.2022
Hajmi3,68 Mb.
#757428
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kurs ishi 180121185344

Fizika o’qitishda kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanish.
Jamiyatning bugungi taraqqiyoti darajasini sanoat rivoji bilan emas, balki axborotlarning ko’lami va tez almashinuvi bilan belgilash odat tusiga kirib bormoqda. Yangi axborot texnologiyalarining rivojlanib, barcha sohalarga kirib borishi esa, jamiyatda yangi sanoat ishlab chiqarish texnologiyalari kabi ,,Yangi ta’lim texnologiyalarining’’ yaratilishi va rivojlanishiga olib kelmoqda. Insoniyat oldida cheksiz taraqqiyot imkoniyatlari ochilmoqda. Bu imkoniyatlardan foydalanish uchun yangi informatsion va kommunikasion texnologiyalardan unumli foydalanishni bilish talab etiladi. Ayniqsa, ta’lim samaradorligini oshirishda yangi, information ta’lim
texnologiyalaridan foydalanish haqida mulohazalar bayon etilgan. Unda yangi pedagogik va informatsion texnologiyalarga, ularning paydo bo’lishi mohiyati va
ahamiyatiga to’xtalib o’tilgan. Yangi XXI- asr esa information texnologiyalarning
shiddatli va keng masshtabli rivojlanishi bilan boshlandi. Bu borada yetuk
mutaxasislar va ayniqsa, yangi boshlovchi tadqiqotchilar va axborot
texnologiyalarini o’rganuvchilar ham, uning taraqqiyotiga va imkoniyatlariga yetib olish mushkul ekanligini his etmoqdalar. Axborot texnologiyalari texnik imkoniyatlari,
intelektual salohiyati va texnologik ko’p qirraliligi bilan lokal rivojlanishda jahon
fani taraqqiyotiga katta hissa qo’shib kelmoqda. Lokal, ya’ni alohida davlatlar va ilmiy
markazlarda raqobatli rivojlanish o’sha davlatning yoki markazning tom ma’nodagi gegemonligiga olib kelmoqda. Bunday taraqqiyot har bir davlat va hatto har bir mutaxasisdan doimo izlanishda bo’lishga va shu taraqqiyot o’sish poygasida o’z o’rnini topa bilishni taqozo etmoqda. Bunday raqobatni axborot texnologiyalarining barcha sohalarida kuzatilmoqda. Kompyuter texnikasi va uning imkoniyatlarini, tezligini, xotirasini va mobilligini doimo takomillashtirish borasida rivojlangan davlatlarning shu
soha mutaxasislari to’xtovsiz ish olib borib, kutilmagan natijalarga, yutuqlarga ham
erishmoqdalar. Ikkinchi tomondan dasturlash muammolarini hal etish va bu sohaning
cheksiz imkoniyatlari yanada chuqurroq o’rganilib, information bozorda nihoyatda samarali yangi biznesning rivojlanishiga ham olib keldi. Uchinchi tomondan internet xizmati turlarining kengayishi, rivojlanishi va mobillashuvi jahonda fan va texnika hamda biznesning rivojlanishiga katta turtki bo’ldi. Bu yutuqlarning barchasi sanab o’tilgan sohalarda ko’zga ko’rinib turgan muvaffaqiyatlarga olib kelishi bilan ta’lim va tarbiya sohasida ham keng imkoniyatlarni yaratdi. Ta’lim va tarbiya jarayonini
amalgam oshirishda dastavval EHM ning qo’llanilishi qiyin va juda sekin sodir bo’lgan
bo’lsada, keyingi yillar ichida axborot texnologiyalarining ta’limga interigasiyasi keskin kuchaydi. Buning natijasida ta’limning yangi formalari, usullari va shakllari vujudga keldi. Masofadan o’qitish, ta’limda kredit texnologiyalari va boshqalar shular jumlasidandir. Ta’limning prinsiplari saqlangani holda uning yangi texnologiyalari
yaratildi. Bugun ,, yangi informatsion ta’lim texnologiyalari’’ deb ataluvchi qator ta’lim texnologiyalari pedagog va texnolog olimlar tomonidan taklif etila boshlandi. Ammo, informatsion ta’lim texnologiyalari amaliyotga texnik jarayonlar texnologiyalariga qaraganda qiyinroq qo’llanilmoqda. Buning didaktik, psixologik va pedagogik asoslari va sabablari mavjudligi bugun sir bo’lmay qoldi. Bu texnologiyalarni aslida barcha
pedagoglar bir xil muvaffaqiyat bilan ta’lim jarayoniga qo’llay bilishlari mumkin edi, ammo bunday jarayon ancha qiyin kechmoqda. Tabiiyki ,,Nega shunday bo’ldi ?’’- degan savol tug’iladi. Haqiqatdan ham qator informatsion ta’lim texnologiyalarini batafsil tavsiflari bosqichma-bosqich, izchil o’rganilib, ta’lim jarayoniga qo’llashga
harakat qilinsada, barcha pedagoglarning bu boradagi yutuqlari bir xil bo’lmayapdi. Keyingi yillarda pedagogik adabiyotlar va maqolalarda ,,pedagogik texnologiyalar’’, ,,information pedagogik va ta’lim texnologiyalari’’, ,,Yangi pedagogik va information ta’lim texnologiyalari’’, ,,Ilg’or informatsion ta’lim texnologiyalari’’, ,,Progressiv
informatsion ta’lim texnologiyalari’’ kabi iboralar ko’p qo’llanila boshlandi.
O’quv muassasalarida o’qitishning eng samarali usullaridan biri o’qitishning texnik vositalaridan keng foydalanib o’qitishdir.
Fotografiya, o’qitishning statik ekran vositalari diaproektor, epiproektor va universal proektsion apparatlar, o’quv kinosi, televidenie, programmali eshittiruv, o’rgatuvchi programmali mashinalardan unumli foydalanish o’qituvchining o’quvchiga ta’sirini kuchaytiradi va o’qitish jarayoni samarali bo’ladi. O’quv-tarbiya jarayonida O’TVdan keng foydalanish quyidagilami keltirib chiqaradi:
a) o’qitishning ko’rgazmaliligini oshiradi, materialni oson o’zlashtirish omili bo’ladi;
b) o’rganilayotgan hodisa, jarayon yoki ixtiyoriy mazmun haqida aniqroq va to’laroq ma’lumot berishga imkon beradi, bu bilim sifatini va yashovchanligini orttiradi;
v) bilim berishning yangi va takomillashgan shakllarini topish va ma’lumlarini takomillashtirish va rivojlantirishda o’qituvchi imkoniyatini kengaytiradi.
O’quv-tarbiya ishlarida vazifasi, didaktik ahamiyati, mashg’ulotlaming maqsadi va xiliga bog’liq holda turli ko’rgazmali vositalar qo’llaniladi. O’quv muassasalarida o’qitiladigan fanlarning muvaffaqiyatli o’qitilishi o’qituvchining materialni ko’rgazmali va obrazli, ta’sirli bayon qilishiga, o’qitishning tasviriy va ovozli texnikaviy vositalaridan foydalanib, jonli obrazlar yarata olishiga bog’liq bo’ladi. O’qituvchi haqiqiy manzarani aniq tasvirlab beruvchi ko’rgazmali vositalardan foydalanishni obrazli nutqi bilan uygunlashtirib olib borsa, o’quv-tarbiya faoliyatida yuqori samaraga erishadi. O’qitish va tarbiya vositalari ekran vositalari, ovozli vositalar va ovozli ekran vositalariga ajratilishi mumkin. Ovozsiz kinofilmlar, diafilmlar, diapozitivlar, slaydlar,
ovozsiz videofilmlar, ovozsiz disketdagi tasvirlar ekran vositalaridir. Ovozni magnit plyonkaga, kinolentaga yozish, gramplastinkalar, disketlarga yozish va qayta eshittirish
ovozli vositalarga kiradi. Ovozli kinofilmlar, videofilmlar, disketlar, diapozitiv va diafilmlar, o’quv teleshittirishlari ovozli ekran vositalariga kiradi. Bu vositalar audiovisual o'qituv va tarbiya vositalar (AVO’TV) ovozli ko’rish vositalari deyiladi. Ularni namoyish etishda o’ziga xos texnik vositalar (apparatlar)dan foydalaniladi.
Fotorasm, diapozitiv, slayd, diafilmlar tayyorlashda fotoapparatlardan, ularni namoyish etishda esa diaproektor, epiproektor, universal proektsion apparatlardan, kodoskop (grafoproektor)lardan foydalaniladi. Ovozli vositalami namoyish etishda esa patefon,
proigrivatel (gramplastinka), magnitofon (magnit lentalar), kompyuter (disketdagi ovoz)dan foydalaniladi. Ovozli tasvirli lentalar (kinolentalar, videolentalar, disketlar)ni esa kinoapparatlar. videomagnitofonlar va kompyuterlardan foydalanib namoyish etiladi. Audiovizual qo’llanmalaming didaktik funktsiyalari turlicha bo’lib, ular quyidagilardan iborat:
1. materialni qabul qilish va o’zlashtirish uchun hamda ko’rish-eshitish printsipidagi bilimlar va tasawurlar manbai;
2. mustaqil ishlami tashkil qilish uchun qo’llanmalar, mashqlar;
3. bilimlami namoyish qilish, tashkil qilish, qaytarish, umumlashtirish va sistemalashtirish vositalari bo’lib xizmat qiladi;
Audiovizual o’quv-tarbiya vositalari (O’TV) quyidagilarga imkon beradi:
1. ravon, ta’sirli namoyish qilish hisobiga absrakt materialni bayon qilishda o’quvchilaming fazoviy tasavvurlarini aniqlashtirishga;
2. predmetning xossalari, turi, strukturasi, tuzilishi va asosiy qismlari haqida aniq tasavvur hosil qilishga;
3. murakkab bo’lgan o’quv materialining asosiy masalalariga kino materiallarini fragment qilib ko’rsatish bilan o’quvchilar diqqatini jalb qilishga;
4. kam uchraydigan va xavfli hodisalami, asosiy tajribalar va noyob asboblami ishonchli idrok qilishni ta’minlashga;
5. u yoki bu fizik hodisaning jarayon mexanizmini molekula, atom, yadro yoki elektron darajasida o’rganishiga;
6. mashina va mexanizmlaming, asboblar va qurilmalaming detal va qismlarining tuzilishi hamda ishlash printsipini tushuntirishga;
7. transport, qurilish, aloqa, sanoat va qishloq xo’jalik ishlab chiqarishda asosiy fizik hodisalaming ko’rinishlari bilan tanishishiga;
8. maktab fizika kursining bo’limlari bilan bevosita aloqasi bo’lgan fan- texnika programmasining yo’nalishlari bilan, xususan, mexanizatsiyalash, issiqlik texnikasi va
energetikasi, materiallami ishlab chiqish va qayta ishlash texnologiyasi, elektrlashtirish va radiolashtirish, atom energetikasi va optik asboblar bilan tanishishga;
9. fan-texnika taraqqiyoti manzarasini ochib berishga;
10.fan-texnika kashfiyotlarining ochilishiga to’g’ri kelgan davrdagi tarixiy sharoitni tasavvur qilishga. Fizika o’qitishda rejalashtirilgan maqsadlarga erishish uchun o’quv tajribasi imkoniyatlarini kuchaytirish zarur. O’quv tajribasining barcha turlarida axborot texnologiyasi tarkibiga kirishiluvchi radio, televidenie, kompyuter tizimi, telefon va telegraf tizimi, o’qitishning texnik vositalari (O’TV), o’quv-tarbiya vositalari (audiokameralar, videokassetalar, videofilm, kinofilm, diapozitivlar, slaydlar,
grammplastinkalar, magnitlentalar, kinofilm lentalari, kompyuter disketlari va fleyshlari, . . .) kompyuter tizimida muloqot va internet tarmogi, kompyuter vositasida bilim olish, multimediadan foydalanish, radio, televidenie va kompyuter yordamida konferentsiya va seminarlar uyushtirishdan foydalanish fizika o’qitish samaradorligini yanada oshiradi. Hozirgi kunda o’qitishning texnik vositalari ta’minoti (texnik ta’minoti), o’quv-tarbiyaviy vositalar ta’minoti (dasturiy ta’minot) va axborot vositalari ta’minoti (informatsion ta’minot) alohida mavjud bo’lsada, ulardan foydalanib fizika o’qitishni tashkil etish (tashkiliy ta’minot) va ulami o’quv tajribasi sifatida amalda qo’llash (tadbiq etish ta’minoti) amalga oshirilmagan. Uni amalga oshirishda kompyuterlashtirish va kompyuter savodxonligini kuchaytirish muammosini hal etish vazifasi turadi.
Darsning tuzilishi va turlari dars tuzilishining asosi qilib nima olinishiga bog’liq bo’ladi. Bular quyidagilardan iboratdir:
a) mazmun;
b) o’qitish metodlari;
c) o’qitish jarayonlarining asosiy bosqichlari
d) o’qitishning maqsadi.
Darsning tarkibiy qismlari yoki tuzilishi quyidagilarni o’z ichiga oladi:
a) darsda yangi tushunchalarni shakllantirish;
b) olingan bilimlarni qo’llash;
c) uy vazifasi;
d) takrorlash;
e) so’rash;
f) mustahkamlash va boshqa elementlar.
Bu tarkibni o’qituvchi faoliyatining shuningdek, o’quvchilarning bilimlarini o’zlashtirish jarayonini o’zida ifodalaydi. Bunda darsning quyidagi elementlarini alohida ko’rsatish mumkin:
1) o’tilgan mazmunini so’rash;
2) takrorlash;
3) darsda yangi tushunchalarni shakllantirish;
4) mustahkamlash;
5) olingan bilimlarni qo’llash.

Download 3,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish