O’zbekiston Respublikasi
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Namangan davlat universiteti
Fizika-Matematika FAKULTETI fizika YO’NALISHI
II-KURS 204-GURUH TALABASI
TO’LQINOV BAHODIRNING
“FIZIKA O’QITISH METODIKASI”
FANIDAN YOZGAN
KURS ISHI
Qabul qildi: Abdukarimov.A
Topshirdi: To’lqinov.B
Namangan – 2021 yil
Mavzu: Fizikani muammoli o’qitish, dasturiy o’qitish va EHM larda ishlash dasturini tuzish.
Reja:
I. Kirish.
II. Asosiy qism:
Fizikani muammoli o’qitish.
Fizika fanining o'qitishni tashkillashtirish shakllari.
Fizika o’qitishda kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanish.
III. Xulosa.
IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
Kirish
Jamiyatning rivoji va ilmiy-texnik taraqqiyot uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlariga muntazam o'sib boruvchi talablarni qo'ymoqda. Shuning uchun ham, umum ta'lim maktab, akademik litsey va oliy ta’lim o'quv standartlari va dasturlariga zaruriy o'zgartirishlarni kiritib borish, tabiiy holdir, Chunki ta'lim tizimi jamiyatning rivojlanishiga hamohang bo'lishi kerak. Ushbu o'quv vositalarining o'zgarib borishi, o'quvchi va talabalarning bilim malaka va ko’nikmalarini ham o'zgarishiga hamda takomillashishiga olib keladi. Oldingi davrda ular bilimni, asosan, o'rta ta'lim maktabida
olishgan bo'lsa, hozirgi kunda asosiy axborot manbai bo‘lib, televideniya Internet tarmog’i xizmat qilmoqda. Bunday vaziyatda, o'qituvchilaring psixologik, pedagogik va metodik tayyorgarligi muhim ahamiyatga ega bo'lib qoladi. Chunki jamiyat talabiga mos ta’lim tizimiga kiritiladigan barcha o'zgarishlarni amaliyotga joriy qiladigan shaxs - bu, o'qituvchidir. Hozirgi kunda, fizika o'qituvchisining metodik tayyorgarligi, mutaxassislik rejasiga kiritilgan barcha o‘quv predmetlarining o‘qitilish darajasi bilan belgilanadi. Oliy o'quv yurtida talabalarga umumiy fizika yoki oliy matematika bo'yicha ma’ruza o‘qiladimi, nazariy fizika yoki mutaxassislik fanlarining murakkab muammosi bo'yicha seminar mashg'uloti o‘tkaziladimi, undan qat’iy nazar, barcha ma’lumotlar kasbiy yo'nalishga ega bo'lishi zarur. Bulardan egallagan bilim, malaka va ko‘nikmalarni kelgusida, o'zlarining amaliy faoliyatida qo'llashi kerak. Bo’lg'usi fizika o‘qituvchilarining maxsus metodik tayyorgarligi asosan fizika fanini o'qitish metodikasi kursidan o'qiladigan ma’ruza va o'tkaziladigan seminar mashg'ulotlarini, fizik tajribalami o'tkazish texnikasi
о 'qitish jaravonida shakllanadi. Amaliyotga joriy qilish malaka va ko'nikmalari esa pedagogik amaliyot davrida va ilmiy tadqiqot ishlarini bajarish jarayonida takomillashadi. Fizika fanini o'qitish metodikasidan m a’ruzaning sifatini oshirishning
shartlaridan yana biri, unda o'qitishning texnik vositalaridan kengroq foydalanish hisoblanadi. Keyingi yillarda kompyuter texnikasidan va televideniyadan foydalanish imkoniyatlari keskin oshdi. Bu fikrning isboti sifatida, oddiy labaratoriya sharoitida kuzatib va o'tkazib bo'lmaydigan mikroolamga tegishli fundamental hodisalarning animatsiyalari yaratilgan bo’lib, ulardan dars jarayonida foydalanish samarali ekanligi, uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlarida faoliyat ko'rsatayotgan fizika o'qituvchilariga ayon. Qolaversa, talabalar bulardan xohlagan paytda foydalanish imkoniyatiga ega bo'lib, o'zlari yaxshi tushunmagan va o'zlashtira olmagan jarayonlarni
hamda tajribalarni takror va takror kuzatib, bilim, malaka va ko‘nikmalarini yetarli darajaga ko‘tarish hamda ulardan amaliy faoliyatida foydalanish imkoniyatiga ega.
Fizika fanini o'qitish metodikasidan ma’ruzada metodik “Muammoli o’qitish”ga tegishli masalalarning hal qilinishi, o'quv materialining mazmunini muammoli jihatdan ta’minlab, o'qituvchi va talabalarning o'zaro imitasion modelida namoyon qilishga olib kelib o'qituvchiga o'quv tarbiyaviy masalalarni hal qilishning samarali variantini izlashda, tez va aniq yechimni qabul qilishga o'rgatib, fizika o'qituvchisining adekvat harakatini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |