Fanidan yozgan



Download 3,68 Mb.
bet4/6
Sana08.07.2022
Hajmi3,68 Mb.
#757428
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kurs ishi 180121185344

2. Aralash mazmundagi о‘qitish. Bunga dars, ekskursiya (tabiatga, ishlab chiqarishga, ilmiy laboratoriyalarga va boshqalar) kiradi.
3. Amaliy o'qitish paytida, frontal laboratoriya ishlari, predmet bo'yicha praktikumlar va fakultativ praktikumlardan foydalaniladi.
4. Mehnatga о’rgatish bo'yicha: o'quv ishlab chiqarish korxonalaridagi va tajriba maydonidagi ishlar, o'quv ishlab-chiqarish amaliyoti. O'qitishni tashkillashtirishning yuqorida ko'rsatilgan shakllarining har biri o'zigagina tegishli belgilarga ega bo'lib, o'shalar bo'yicha bir-biridan farq qiladi. U belgilar quyidagilardan iborat:
- talabalarning tarkibi: turg'un yoki o'zgaruvchan;
- o’qitishni tashkillashtirishning o'rni: o'quv yurtida, uyda, tabiatda, yig‘ilish zalida, laboratoriyada;
- o'qitishni tashkillashtirishning vaqti: turg'un jadval bo'yicha, maxsus jadval bo'yicha, maktabning umumiy rejasida ko'rsatilgan vaqtda va boshqalar;
- asosiy didaktik maqsadi: yangi bilimlarga amaliy malaka va ko'nikmalarga ega bolish. bilimlarni mustahkamlash, tekshirish va baholash;
- metodik usullar: o'qituvchining tushuntirishi, talabalarning mustaqil ishlashi o‘quv usullarini shakllantirish;
- talabalarning bilish faoliyatini tashkillashtirish va boshqarishning yoshlari: talabalar oldiga savollar qo'yish bilan ularning o'quv harakatini motivlashtirish, muammoli vaziyatni yaratish, ko’rsatma berish va boshqalar;
- talabalarni o‘quv ishlarining turlari: o'qituvchining tushuntirishini eshitish. tajribalar va demonstratsiyalarni kuzatish suhbatga qatnashish, adabiyotlar, asboblar bilan ishlash, ma’ruzalarning tezislarini tayyorlash, referat yozish va uni himoya qilish. kursdoshlarining ishlariga fikr bildirish va boshqalar.
- talabalarning bilimini, faolligini hisobga olish, baholash va yakunini chiqarish.
O 'quv yurtiarida o'quv ishlarini tashkillashtirishning asosiy shakli - dars. Uni yuqorida ko'rsatilgan belgilar bo'yicha boshqa ishlardan farqini ko'rib o'taylik. Ular quyidagilardan iboratdir:
1. Darsda talabalarning tarkibi turg'un bo'ladi.
2. Dars auditoriyada yoki maxsus tayyorlangan xonada o'tkaziladi.
3. O 'quv yurtida dekanatlar tomonidan darsning doimiy jadvali tuzilib, dars o'tkazish vaqti va uning o'rni ko'rsatiladi.
4. Darsning umumiy didaktik maqsadi quyidagilardan iborat: yangi materialni o'zlashtirish, mustahkamlash, talabalarda o'quv malakalari va ko'nikmalarni shakllantirish, ularning bilim larini hisobga olish va baholash.
5. Darsda induktiv va deduktiv, reproduktiv va samarali usullar qo'llaniladi.
6. Darsda muammoli vaziyat tuzish, muammoni dasturlab taklif qilish va
turli ko'rsatmalar beruvchi qo'llanmalardan foydalanish mumkin.
7. Darsda talabalarning eshitishi, ko'rishi, kuzatishi, tajriba o'tkazishi, adabiyotlar, o'quv qurollari, modellar va maketlar bilan ishlashiga keng imkoniyat yaratish.
8. Darsda talabalarning bilimlarini frontal, og'zaki, yozma shakllarda tekshirish va baholash.
O 'qitishning bilim berish rivojlantirish va tarbiyalash maqsadlariga ko'ra, darsning quyidagi turlarini ko'rsatish mumkin:
- yangi materialni o'zlashtirishga bag'ishlangan dars;
- talabalarning amaliy faoliyatini shakllantirishga qaratilgan dars;
- takrorlashga bag'ishlangan dars:
- bilimlarni tekshirishga qaratilgan dars;
- umumlashtiruvchi dars;
- aralash turdagi dars va boshqalar.
O 'quv yurtlarida fizika fanini o'qitishda ko'pincha aralash turdagi darslardan foydalaniladi. Chunki bunday darslarda o'qitishning barcha maqsadlarini ma’lum darajada amalga oshirishga imkoniyat tug'iladi. Bunda darsning rejasi yoki umumiy tuzilishi quyidagi elementlardan iborat bo'ladi:
1. Darsning mavzusini aytish va uning m a’nosini tushuntirish.
2. Darsning maqsadi: bilim berish. tarbiyalapsh va rivojlantirishdan iborat. Bularning har birini, albatta, mazmunini bavon qilish.
3. Darsning ta'minlanishi: kerakli asboblarga materiallar, texnik vositalar hamda tarqatma didaktik materiallar va boshqalar.
4. Darsda fanlar aro bog'lanishni amalga oshirish.
5. Darsning borishi:
a) tashkiliy qism:
b) o'tilgan materiallarni esga solib, talabalarning tayanch bilimlarini aniqlash va ularni yangi materialni o'zlashtirishga tayyorlash;
c) yangi materialni tushuntirish, unga tegishli o'quv usullarini, talabalarning bilishini faollashtiruvchi vositalarni tanlash va ulardan unumli foydalanish:
d) yangi materialni talabalar tushunishini va o'zlashtirishini kuzatib borish. ularning o'zlashtirishidakam chilik sezilsa, tuzatish kiritish, o'quv materialining asosiy qismini aniqlash va uni mustahkamlash;
e) mustaqil o'qish uchun kerakli adabiyotlar ro'yxati bilan tanishtirish va
tegishli topshiriqlarni berish;
f) darsni yakunlash.
6. Darsning tashkiliy qismini, uning borishini va yakunini tahlil qilish, kerakli tuzatishlar kiritish va samarasini oshirish rejasini tuzish. Biz bu yerda aralash turdagi darsning taxminiy va an’anaviy tuzilishiga to'xtab o'tdik. Materialning mazmuniga va darsning aniq maqsadiga ko'ra, ko'rsatilgan elementlarning o'rinlari almashishi mumkin. Umuman dars o'tish ijodiy jarayon bo'lgani uchun, umuman boshqacha tuzilishi ham mumkin. Har bir dars o'qituvchi va talabaning tayyorgarligiga, ularning ijodkorlik
va bilim darajasiga, fizika auditoriyalarining moddiy-texnik bazasiga hamda jamoa a’zolari o'rtasidagi psixologik muomalalarga bog'liq. Endi yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, umuman darsga qo'yiluvchi ayrim talablarga qisqacha to'xtab o'taylik:
♦ har bir dars o'zicha mustaqil bo'lib ma'lum bir maqsadga erishishga yo'naltirilgan bo'lishi kerak;
♦ darsning ilmiy darajasi, ya’ni uning mazmuni ilmning yutuqlari bilan mos kelishi kerak hamda o'qitishni tashkil qilishda pedagogika ilmi va amaliyotining yutuqlaridan foydalanish zarur;
♦ darsning g'oyaviy yo'nalishi o'zining mazmuni bo'yicha o'quvchilarda insoniy xislatlarni shakllantirishga qaratilgan bo'lishi kerak;
♦ darsning rivojlantirish maqsadini amalga oshirish uchun, o'quvchilarga o‘quv materialini tayyor tarzda taklif qilmasdanu iloji boricha, bilimga mustaqil ega bo'lish yo'llari bilan tanishtirish hamda to'g 'ri fikr yuritishga va xulosa chiqarishga o'rgatish;
♦ iloji boricha har bir darsda didaktik prinsiplarni qo'llash:
♦ har bir darsda talabalarning bilim darajasiga, hayotiy tajribalariga, tayanch bilimlariga mos ko'rgazmali obrazlami hosil qilib, ular asosida abstrakt fikr yuritishga olib keluvchi metodik usullarni va vositalarni qo'llash;
♦ darsda iloji boricha, har bir talabaning qobilyatlarini namoyon bo'lishiga va rivojlanishiga sharoit yaratish. Talabaning dars paytidagi psixologik, ruhiy holatini hisobga olish. O'qitishni gumanistik va demokratik prinsiplari asosida olib borish ham da ularga insoniy m uom alada bo'lish;
♦ darsda yangi bilimlami tushuntirish bilan bir qatorda, bu bilimlami o'zlashtirish sifatini tekshirish va baholash ishlarini birgalilcda olib borish:
♦ dars pavtida talabalarning jam oaviy ishi bilan yakka ishlarini mos kelishini hisobga olish;
♦ darsda mustaqil ish sifatida beriladigan vazifaning mazmunini aniq bilish. uning maqsadini va zaruriy bajarish yo'lini talabalar aniq tushunishi.



Download 3,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish