Fizika fanining o'qitishni tashkillashtirish shakllari.
O'qitish metodlari va vositalari kabi, o'qitishni tashkillashtirish shakllari ham asosiy didaktik tushunchalar qatoriga kiradi. Dastlab, o'qitishning tashkillashtirish shakllarini rivojlanish tarixiga qisqacha to‘xtab o'taylik.
1. O'qitishning yakka shakli. Bu dastlabki jam iyatda paydo bo'lib,
hozirgacha davom etib kelmoqda. Uning asosiy mazmuni, har bir insonni
malum darajagacha, alohida o'rgatish borib hisoblanadi.
2. O'qitishning guruh shakli. O'qituvchi yakka insonni emas, balki o'quvchilarning to'plamini o'qitadi. Dastlabki paytda guruhdagi o'quvchi larning soni turg'un bo’lgan emas. O‘qitish vaqtida ularning har biriga mustaqil vazifa berilib, bilimlari alohida-alohida tekshirib kelingan.
3. O'qitishning sirf--dars shaklini. Mazkur shaklni fanga Yan Amos Komenskiy kiritgan. Sinfga yoshi va o'qishga tayyorgarligi bir xil o‘quvchilar to'planadi. Ularning barchasiga bir xil material tushuntiriladi. O'qituvchi o'quvchilarni qiziqtiradi, ularning ishini kuzatadi, yo'naltiradi va boshqaradi. Liar birining ishini tartibga solib, bilimlarining sifatini og'zaki va yozma ravishda tekshirib turadi. Bugungi kundagi dars, uning tun va tuzilishi shu shaklni asosan saqlab kelmoqda.
4. O‘qitishni tashkilashtirishning Bell-Lankusler shakli. Bu shakl Angliyada paydo bo'lgan. Mashina va ishlab chiqarishning o‘sishiga bog'liq tarzda o'qitishning bunday shakli asosan ishchilarni tayyorlashda qo'llanilgan. Ushbu shaklning muallifi bo'lib A.Bell va A.Lankasterlar hisoblanishadi. Bu shaklda o'qituvchi dastlab, bir necha o'quvchini qandaydir mashina bilan ishlashga o'rgatish vaqtida o'quvchilar o 'z bilganlarini boshqa o'quvchilarga o'rgatishadi. Natijada, o'quvchilar ilmning asoslarini chuqur o'zlashtirishga erishmasdan, mehnat qilishning qulay usullariga ega bo'lishadi.
5. O‘qitishni tashkillashtirishning Mangeym shakli. Ushbu shaklga, o'quvchilarni qobiliyatiga yarasha o'qitish ham deyiladi. Uning asosiy kelib chiqish sababi — yuqori foydali xizmat lavozimlarini egallash bilan bog'liq. O 'qishga kirishda o'quvchilar maxsus testga boshqacha aytganda, maxsus tuzilgan savollarga javob beradi. Yakunida barcha o'quvchilar uch guruhga bo'linib, sinfda uch qatorga alohida-alohida bo'lib o'tirishadi. Ularning o'quv muddatlari ham turlicha. O 'qitishning bu shakli Angliya va AQSH da hozirgi kungacha davom etmoqda. Bu shakl birinchi marta Mangeym shahrida paydo bo'lgan. Bunday o'qitishda o'quvchilarni guruhlarga bo’lish, o'qitgan
predmetining materialini bilish bilangina amalga oshiriladi. Jumladan, undan o'qitishning yangi usullarini va yo'llarini tajribada sinash paytida foydalaniladi.
Tekshirishga qo'yilgan metodika, o'quvchilarning turli guruhga qanday ta’sir
qilishi amalda sinab ko'riladi.
6. Dalton — reja yoki о‘qilishning laboratoriya rejasi. XX-asrning boshlarida AQSHning Dalton shahrida paydo bo'lgan. O 'qituvchilar o'quvchilarga darsda tushuntirish o'rniga yakka yoki guruh shaklida vazifa beradi, o'qishga tegishli adabiyotlar ro'yxati ko'rsatiladi. O 'quvchilar mustaqil tarzda tayyorlanishib, bajargan ishlari bo'yicha o'qituvchiga hisobot berishadi. Bunday o'qitishning boshlovchilari bo'lib, Yelena Parkxerst va Dyunlar bo'lishgan.
7. O 'qitishni tashkillashtirishning guruh shakli. Bu sobiq ittifoq davrida pedagoglar tomonidan asoslangan. U o'ziga quyidagilarni qamrab oladi:
• sinfdagi o'quvchilarning umumiy ishi;
• guruhning jamoat ishi;
• har bir o'quvchining shaxsiy ishi.
Bularning har biriga qisqacha to'xtaylik. Birinchisida butun sinfning ishini rejalashtirish, murakkab materialni tushuntirish, ekskursiyaga tayyorlash, har bir guruh duch keladigan qiyinchiliklarga javob berish va boshqalar. Ikkinchisida vazifa guruhlarga beriladi. Har-bir guruh a’zolari birgalikda ishlab, alohida-alohida hisobot berishadi. Uchinchisida, har bir o'quvchiga beriladigan mustaqil vazifa bir xil mazmunli bo'lib, ularning murakkabligi variatsiyalanadi. O'qitishning bunday shakli 1932-yili rasmiy turda to'xtatilgan. Biroq uning ayrim elementlaridan hozirgi kunda ham ijodkorlik bilan unumli foydalansa bo'ladi.
8. Trampning rejasi. AQSHlik pedagog-professori Lloyd Tramp tomonidan asoslangan. Katta auditoriyalarda ikki yoki undan ko'p parallel sinflarning o'quvchilari yoki bir necha guruhning talabalari uchun ma’ruza o'qiladi. Ma'ruzani yuqori malakali ma’ruzachilar o‘qishadi. So'ngra o'quvchilar 15-20 nafardan iborat bolgan guruhlarga bolinishib, ma’ruzada aytilgan mavzularni muhokam a qilishadi. So'ngra o'quvchilar mustaqil vazifa bilan ishlashadi, vaqtning 40% ma’ruzaga ajratiladi, 20% kichik guruhlarda va 40% shaxsiy shaklda tashkil etiladi. Bu metod oliy maktablardagi o'qitish
tizimiga o'xshab ketadi. Maktabda ham bunday ishlarni tashkillashtirish samarali natija berishiga shubha yo'q. Buning uchun, bir qator tashkiliy ishlarni bajarish talab qilinadi. Dars 45 daqiqa emas, balki 80-90 daqiqaga cho'zilishi mumkin. O'qituvchilarning ishlari ham o’zaro taqsimlanishi kerak. Ma’ruzani bir o'qituvchi o'qisa, qolganlari guruhlar va alohida o'quvchilar bilan ishlashlari kerak. Albatta, o'qitishni tashkillashtirishning bu shakli har doim emas, kerakli paytda chuqur o'ylanib amalga oshirilishi kerak. Bu mavzuda asosan o’qitishni tashkillashtirish degan atamadan foydalanib keldik. Bizning nazarimizda, o'qitishni quyidagi turlarda amalga oshirish mumkin:
♦ o'qitish, ajratilgan vaqt bo'yicha kunduzgi, kechki, sirtqi yoki masofadan
turib o'qitishlarga bo’linadi;
♦ o ’qitishga o'quvchilarni jalb qilish bo'yicha yakka tartibda o'qitish, guruhlarda o'qitish, frontal o'qitish va boshqalar.
O'qitish jarayoni to'g'risidagi tushunchaning takomillashishi bilan, o'qitishni tashkillashtirishda ham yangi tushunchalar paydo bo'lmoqda. Ammo dars, bu o'qitish jarayonini tashkillashtirishning asosiy shaklidir. O'qitish ishining mazmuni, maqsadi turlicha bo'lgani uchun, shunga mos uning ham turlari va shakllari bolishi kerak. O'qitishni tashkillashtirish - qo'yilgan maqsadga yetish uchun, o'qituvchi bilan o'quvchining birgalikdagi faoliyatini tashkillashtirishning shakli bo'lib hisoblanadi.
Fizika fanini o'qitishni tashkillashtirish shakllari o'zining didaktik maqsadi bo'yicha quyidagicha bo'linadi:
1. Nazariy o'qitish. Bunday o'qitish ishini tashkillashtirish shakllari
quyidagilar: ma’ruza, konferensiya, fanlar bo'yicha seminarlar, kompleks seminar, fakultativ kurslar.
Do'stlaringiz bilan baham: |