203.Qaysi qatordagi sinonimlar affiks sinonimlar hisoblanadi? A)iste’mol qilmoq, tanovul- qilmoq B)gavdali- jussali C)o’rinsiz-beo’rin D)esankiramoq-kalovlanmoq 204. 1.tilchi-tilshunos 2.gangimoq –dovdiramoq 3.barvasta-barzangi 4.dardchil-dardkash 5.obro’li-baobro’. Ushbu sinonim qatordagi so’zlardan qaysilari affiks sinonimlar hisoblanadi? A)1,2,3 B)1,4,5 C)2,3,4 D)3,4,5
205. oraz, uzor, ruxsor, chehra, yuz, bet, aft, bashara, nusxa, turq. Ushbu sinonim qatordagi so’zlardan qaysilari badiiy uslubga xos hisoblanadi? A)oraz, uzor, ruxsor, chehra B)ruxsor, oraz, uzor C)bet, aft, bashara, chehra D)oraz, uzor, ruxsor, yuz
206.Qaysi qatorda zid ma’noli so‘zlar birgalikda yangi so‘z hosil qilgan?
A) yaxshi-yomon, yangi-eski, oq-qora
B) yosh-u qari, achchiq-chuchuk, uzoq-yaqindan
C) uzun-qisqa, kecha-kunduz, ozg‘in-semiz D) katta-kichik, urush-tinchlik, baland-past
207.Qaysi qatorda ma’nodosh so‘zlar sifat turkumiga mansub?
A) vazifa, topshiriq, majburiyatB) do‘st, o‘rtoq, birodar
C) shamol, to‘fon, yel D) ulug‘, buyuk, ulkan
207.Qaysi qatorda ot turkumiga mansub ma’nodosh so‘zlar berilgan?
A) qiyinchilik, mashaqqat, zahmat B) kasallik, xastalik, bemor
C) oydin, ravshan, ochiq D) keksa, mo‘ysafid, qari
208.Zid ma’noli so‘zlar qo‘llangan gapni toping.
A) Sovuq shamol o‘qtin-o‘qtin esib, to‘qayni allaqanday vahimaga to‘ldirdi.
B) Bir no‘noqni bir epchil eplaydi.
C) Sherali qo‘rqmas va kamtar, kamgap vaqaysar bir bola edi.
D)Yolg‘onchining so‘zi rost bo‘lmas
209.Faqat ma’lum bir hudud doirasidagina qo’llanib boshqa hududda yashovchi o’zbek tili vakillari uchun xos bo’lmagan so’zlar qaday so’zlar hisoblanadi?
A)argolar B)jargonlar C)dialektizmlar D)varvarizm
210.yakan “pul”, danap “qiz bola”, qaychi “taftishchi”. Ushbu sotsial chegaralangan so’zlar qanday nomlanadi?
A)varvarizm B)vulgarizm C)argolar D)jargonlar
211. Qaysi qatorda neytral leksikaga mansub so’zlar berilgan? A)bug’doy B)takya C)volidayi muhtarama D)shoti
212.Hududiy chegaralangan so’zlar bu…? A)argolar B)jargonlar C)dialektizmlar D)varvarizm
213.Qaysi qatorda sotsial chegaralangan so’zlar qaysi qatorda berilgan? A)argolar B)jargonlar C)dialektizmlar D)A va B
214.lbora qo’llanmagan qatorni ko’rsating. A)Dilshod ko’chaga chiqish uchun kovushini to’g’irlab qo’ydi. B)Xursandchilikdan bolani ko’klarga ko’tardi. C)Gap tugamasdan do’sti to’nini teskari kiyib oldi. D)Siri ochilgach boshi egildi.
215.Tildagi barcha so’zlarning qanday ma’nolarni bildirishini tanishtiruvchi lug’at turi bu…? A)imlo lug’at B)tarjima lug’at C)izohli lug’at D)etimologik lug’at
Do'stlaringiz bilan baham: |