Fanidan o‘quv uslubiy majmua


Tо‘g‘ri oqimli yondirgichlar



Download 9,17 Mb.
bet52/135
Sana02.04.2022
Hajmi9,17 Mb.
#524431
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   135
Bog'liq
2 5335053541520182938

3. Tо‘g‘ri oqimli yondirgichlar
Tо‘g‘ri oqimli yondirgichlar qо‘zg‘almas va qо‘zg‘aluvchan turlarga bо‘linadi.
Tо‘g‘ri oqimli yondirgichlar konstruksiyasi jihatidan sodda, ularning tarkibi kukun-havo aralashmasi va ikkilamchi havoni uzatish uchun tо‘g‘ri burchakli kanallardan iborat.
Birlamchi va ikkilamchi havo kanallarini joylashuvi bо‘yicha tо‘g‘ri oqimli yondirgichlar quyidagi turlarga bо‘linadi:

  • ikkilamchi havoni tashqi uzatishli kovakli yondirgichlar;

  • birlamchi havoni tashqi uzatishli yondirgichlar;

  • balandlik bо‘yicha birlamchi va ikkilamchi havoni bir nechta kanallarini almashlab joylashtirgan yondirgichlar.

Ikkilamchi havoni tashqi uzatishli kovakli yondirgichlarda (26.5 – rasm) kukun-havo aralashmasi kukun uzatish quvuri orqali buriluvchan nasadkaga 4 ega, bir nechta tо‘g‘ri burchakli kanallarni 2 birlashtirib turgan aylanali quvurchaga 1 beriladi, ikkilamchi havo esa uzatish quvuri 3 orqali kanallar oralig‘idagi fazodan kukun-havo aralashmasiga uzatiladi. Kvadrat shaklga yaqin bо‘lgan chiqish kesimi orqali yondirgich bu aralashmani uzoqdagi mash’alaga otadi. Ikkilamchi havoni tashqi uzatilishi о‘t oldirish jarayonini va yonish jarayonining rivojlanishiga salbiy ta’sir kо‘rsatadi.
Yondirilayotgan yoqilg‘ining alangalanish sharoitini yaxshilash uchun kukun-havo aralashmasini tashqi uzatishli yondirgich taklif qilingan. 26.6 – rasmda xuddi shunday yondirgich tasvirlangan. Yondirgich mash’alasining butun kesimi bо‘ylab alangalanishning tez yoyilishini ta’minlash va uzoqqa otishni pasaytirish uchun kovakli shaklda tayyorlash va yondirgichning balandlik va kengligi nisbatlarini l/b0 = 3 – 6 ga teng qabul qilish maqsadga muvofiq.
Toshkо‘mir va qо‘ng‘ir kо‘mirlar uchun mо‘ljallangan bunday yondirgichlarda ikkilamchi havoni kukun-havo aralashmasi bilan aralashishini yaxshilash uchun birlamchi va ikkilamchi havo kanallari orasidagi tо‘siq chiqish kesimigacha yetkazilmaydi, balki dastlabki aralashish uchastkasini hosil qilish uchun qisqa qilib tayyorlanadi. О‘t oldirishni kuchaytirish zaruriyati tug‘ilganda yondirgichlarning chiqish kesimi, о‘t oldirish barqarorligini oshirishda periferiyadagi qatlamlarni aerodinamik tormozlanishini oldini olish uchun silliq ochilishli holatda tayyorlanadi. Bu turdagi yondirgichlar kam va kо‘p uchuvchan tarkibga ega yoqilg‘ilarni yondirish uchun mо‘ljallangan.

26.5 – rasm. Tо‘g‘ri oqimli kо‘p kovakli yondirgich. 1 – kukun-havo aralashmasi quvurchasi; 2 – kukun-havo aralashmasi kanali; 3 – ikkilamchi havoni uzatish quvuri; 4 – buriluvchi nasadkalar.

26.6 – rasm. Kukun-havo aralashmasini tashqi uzatishli kо‘mir kukuniga mо‘ljallangan kovakli yondirgich. 1 – kukun-havo aralashmasi quvurchasi; 2 – ikkilamchi havo quvurchasi; 3 – kukun-havo aralashmasi kanallari; 4 – ikkilamchi havo kanali; 5 – kanallardagi kukun-havo aralashmasini qaytarish plitalari.
Yondirgich ikki xil variantda tayyorlanadi: yonuvchi aralashmani uzatish quvurchasi gorizontal joylashgan va kukun uzatgich quvuri vertikal uzatish uchun jihozlangan. Bu joylashuv sharoitini, kukun uzatish quvurlari trassirovkasini yaxshilaydi va kukunni quvurchaning kirish kesimida teng taqsimlanishini ta’minlaydi.
Yondirgich kesimi bо‘ylab kо‘mir kukuni va havoning teng taqsimlanishini ta’minlash uchun ikkinchi variantdagi yondirgich yonuvchi aralashmani uzatish kanaliga kо‘ra bir korpusda joylashgan bir xil elementli konstruksiyada tayyorlanadi, bu elementlarning har biri vertikal tekislikda 90 ° li keskin burilishli tо‘g‘ri burchakli kanal kо‘rinishida namoyon bо‘ladi. Kanaldagi keskin burilish 45 ° li burchak ostidagi qaytaruvchi plita yordamida amalga oshiriladi. Burilish uchastkasidagi qarshilikni kamaytirish uchun kanalning yuqori devori suyri shaklda tayyorlangan. Barcha kanallar о‘xshash va bir xil о‘lchamli, faqat ular orasidagi tо‘g‘ri chiziqli boshlang‘ich va oxirgi uchastkalarning tо‘siqlari uzunligidan farqlanadi.
26.7 – rasmda burchakli tо‘g‘ri oqimli blokli yondirgichlar tasvirlangan bо‘lib, ular balandlik bо‘yicha tо‘rtta kо‘mir kukunili va ikkita mazutli buraluvchan kovakli yondirgichlardan tashkil topgan. Bu blok 550 MVt quvvatli energetik blok bug‘ generatori uchun mо‘ljallangan.
Burchakli joylashuvda tо‘g‘ri oqimli kovakli buraluvchan yondirgich qо‘llaniladi (26.8 – rasm). Buraluvchan yondirgich konstruksiyasidagi birlamchi 2 va ikkilamchi 4 havo soplolari sharnirda 5 gorizontal tekislik bо‘ylab 12° yuqoriga va 20° pastga buriladi. Yondirgichlarning burilishi bug‘ni о‘ta qizish haroratlarini rostlash uchun о‘txona jarayonlarini sozlashda foydalaniladi.
Yassi mash’alali yondirgich (26.9 – rasm) bir-biriga 60° burchak ostida yо‘naltirilgan ikkita ikkilamchi havo quvuridan va ular orasida о‘rnatilgan, yondirgich о‘qiga nisbatan simmetrik joylashishli, bir-biriga 40° li burchak ostida yо‘naltirilgan ikkita kо‘mir kukuni aralashmali birlamchi havo quvuridan tarkib topgan. Ikkilamchi havo quvurlarining kesishish nuqtasi yondirgichning chetki sirtidan 2,2D2 masofaga uzoqlashtirilgan, bu yerda D2 – ikkilamchi havo quvurining diametri. Ikkilamchi havo soplosi о‘qi bо‘ylab gaz taqalari 3 joylashtirilgan, yondirgich о‘qi bо‘ylab esa, yassi mash’alali bug‘ mexanik forsunka 4 о‘rnatilgan.

26.7 – rasm. Kо‘mir kukuni uchun mо‘ljallangan burchakli yondirgich.

64 kg/s gacha ish unumdorligiga ega bug‘ generatorlaridagi yondirgichlar yon devorlariga, katta ish unumdorligiga ega bug‘ generatorlarida esa qarama-qarshi – front va orqa devorlarida о‘rnatiladi. Oqimlarning о‘zaro tо‘qnashuvidan foydalanish mash’alaning о‘txona kamerasining balandligi bо‘ylab mash’ala joylashishini ikkilamchi havoni uzatishdagi miqdoriy nisbatni о‘zgartirish orqali rostlash imkonini beradi.



26.8 – rasm. Burchakli buriluvchan yondirgich. 1 – kukun uzatish quvuriga ulanish uchun gardish; 2 – birlamchi havo soplosi; 3 – ikkilamchi havo uzatish quvuri; 4 – ikkilamchi havo soplosi.

26.9 – rasm. Yassi mash’alali yondirgich. 1 – ikkilamchi havo quvurlari; 2 – birlamchi havoni kо‘mir kukuni bilan aralash uzatuvchi quvurlar; 3 – gazli taqa; 4 – yassi mash’alali bug‘ mexanik mazut forsunkasi.
Yondirgichlar tarkibi kam va kо‘p uchuvchan moddalarni ajratadigan qattiq yoqilg‘ilarni, shuningdek, mazut va tabiiy gaz yoqilg‘ilarini yoqish uchun mо‘ljallangan. Kukun kо‘rinishidagi yoqilg‘ilar yoqilganda birlamchi havoning chiqish tezligi 25 – 30 m/s oralig‘ida, ikkilamchi havoniki esa 40 – 50 m/s oralig‘ida bо‘lishi tavsiya etiladi. Yassi mash’alali yondirgichlar antratsit yoqilg‘isi uchun 3 kg/s ish unumdorligi bilan ishlab chiqariladi.
Tashqi kuchlar ta’siri bо‘lmaganda tо‘g‘ri ochimli yondirgichlardan oqib chiqayotgan oqimlar yassi oqim kо‘rinishida harakatlanadi va о‘txona kamerasidagi о‘zaro ta’sirlashuvni yaxshilanishiga imkoniyat yaratadi. Shuning uchun tо‘g‘ri oqimli yondirgichlar qо‘llanilganda ularni joylashish uslubi о‘txona jarayonini tashkillashtirishda katta ahamiyatga ega. О‘zaro ta’sirlashishning yaxshiligi sababli tо‘g‘ri oqimli yondirgichlar – burchakli, qarama-qarshi, qarama-qarshi-aralash va frontal joylashuvda о‘rnatilishi mumkin.
Tо‘g‘ri oqimli yondirgichlarni uyurmaviy yondirgich bilan taqqoslab, uyurmaviy yondirgichlardan foydalanishning ham о‘z ustunliklari bor ekanligini kо‘rsatib о‘tish lozim.



Download 9,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish