Fanidan o‘quv uslubiy majmua



Download 9,17 Mb.
bet51/135
Sana02.04.2022
Hajmi9,17 Mb.
#524431
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   135
Bog'liq
2 5335053541520182938

2. UYURMAVIY YONDIRGICHLAR
Uyurmaviy yondirgichlar 4 dan 11-12 t/s gacha ish unumdorligiga ega bо‘lib, ularning issiqlik quvvati 25 dan 75 MVt gacha yetadi. Kukun-havo aralashmasi va ikkilamchi havo о‘txonaga uyurmaviy yondirgichlar orqali girdobli oqim kо‘rinishida, ikkinchi tur yondirgichlari orqali esa tо‘g‘ri oqimli kо‘rinishda uzatiladi.
Uyurmaviy yondirgichlar uch turda bо‘ladi:
- kukun-havo aralashmasi va ikkilamchi havoni chig‘anoqsimon girdoblantirgichli ikki chig‘anoqli yondirgichlar (26.1 – rasm);
- kukun-havo aralashmasini chig‘anoqli girdoblantirgichli va ikkilamchi havoni aksial girdoblantirgichli chig‘anoq-kurakli yondirgichlar (26.2 – rasm);
- kukun-havo aralashmasini tо‘g‘ri oqimli kanal bilan uzatib borib chiqish joyida purkagichli va ikkilamchi havoni chig‘anoqli girdoblantirgichli tо‘g‘ri oqimli-chig‘anoqli yondirgichlar (26.3 – rasm).
Uyurmaviy yondirgichlar chiqish tuynugidan oqib chiqayotgan kukun-havo aralashmasi oqimining tuzilishi kо‘pchilik hollarda girdoblantirish moslamasining turi va konstruksiyasiga bog‘liqdir. Spiralsimon kо‘rinishdagi girdoblantirish moslamasida oqimning buralishi, qiymati 0,4 – 0,6 oralig‘ida bо‘lgan ab/d2 (girdoblantirish moslamasining kirish kesim yuzasini chiqish kesim diametri kvadratiga nisbati) parametriga bog‘liq. Kurak moslamalari ikkilamchi havo kanalining kirish qismida tangensial buriluvchi yoki qо‘g‘almas kurak kо‘rinishida yoki ikkilamchi havo kanalidan chiqishda о‘qli kurak kо‘rinishida tayyorlanadi. Kurak moslamasiga havo yondirgich о‘qiga parallel ravishda kiradi. Kuraklar havoni oqim kо‘rinishida uzatishga moslashtirib, yondirgichning bо‘ylama о‘qiga nisbatan qandaydir burchak ostida joylashgan kanal kо‘rinishini hosil qiladi.
Ikki chig‘anoqli va chig‘anoq-kurakli uyurmaviy yondirgichlarda kukun-havo aralashmasi va ikkilamchi havo bir xil aylanish yо‘nalishida burama harakat qiladi. Tо‘g‘ri oqimli – chig‘anoqli yondirgichlarda mash’alaning ochilishiga birlamchi havo kanalidan chiqish kesimiga purkagich о‘rnatish va ikkilamchi havoni burash orqali erishiladi.
Aeroaralashma chig‘anog‘i tomonidan qaraganda soat mili bо‘ylab girdoblantirgichli yо‘nalishdagi yondirgichlar о‘ng, teskari tomonga buraluvchi oqimlar esa chap tomonlama yondirgich deb ataladi. Kukun-havo aralashma va ikkilamchi havo oqimlarini buralishi sababli, ular о‘txona kamerasida ikkita konsentrik joylashgan konus kо‘rinishida tarqaladi.
Ochiluvchi oqimning о‘qiy sohasida bosim pasayishi hosil bо‘ladi va mash’alaning ichki qismidan bu yerga qaynoq yonish mahsulotlari sо‘riladi. Kukun-havo aralashmasi uyurmaviy yondirgich orqali uzatilganda mash’alani о‘t oldirilishi tashqi va ichki yuzalarda baravariga amalga oshiriladi, bunda alangalanishning solishtirma perimetri kattalashadi va alangalanish hamda yonish jarayonlari intensifikatsiyalanadi.
О‘t oldirish jarayonida yonish mahsulotlarini ichki retsirkulyatsiyasi kо‘rsatkichi katta, shuning uchun bu yondirgichlar ekran yuzalaridan himoyalangan va mash’ala qa’ridan qaytish trayektoriyasi sovitilmaydi. Bundan tashqari, retsirkulyatsiyalanuvchi yonish mahsulotlari kukun-havo aralashmalari bilan bevosita birlashadi. Mash’alaning kattaroq hajmda ochilish imkonini ta’minlash uchun uyurmaviy yondirgichlarning tuynuk qismi ham konussimon bо‘ladi.
Chig‘anoq-kurakli uyurmaviy yondirgichlar ikkilamchi havo yо‘liga kо‘ra bir va ikki oqimli qilib tayyorlanadi. Ularda ikkilamchi havoning buralishi о‘qli kurak moslamalari yordamida, kukun-havo aralashmasining buralishi esa chig‘anoqli girdoblantirgich yordamida amalga oshiriladi.
Tо‘g‘ri oqimli-chig‘anoqli yondirgichlarda kukun-havo aralashmasi markaziy silindrik quvur bо‘ylab tо‘g‘ri oqimda uzatiladi. Kukun-havo aralashmasi quvurdan chiqishda konussimon purkagichni yuvib о‘tib kо‘zga tashlanadi.

26.1 – rasm. Kо‘mir kukunida ishlashga mо‘ljallangan uyurmaviy ikki chi-anoqli yondirgich. 1 – forsunka uchun havo uzatish quvuri; 2 – kukun-havo aralashma chig‘anog‘i; 3 – ikkilamchi havo chig‘anog‘i; 4 – kukun-havo aralashma quvuri; 5 – mazut forsunkasi quvuri; 6 – ichki quvur; 7 – kо‘tarib turuvchi gardish; 8 – buriluvchi mexanizmli shiber.

Chig‘anoqsimon girdoblantirgich orqali kirib kelayotgan ikkilamchi havo mash’alani buraydi. Purkagichning ochilish burchagi 90 – 120° oralig‘ida bо‘lishi tavsiya etiladi. Birlamchi havo traktidagi kichik aerodinamik qarshilik bu yondirgichlarning asosiy afzalligi sanaladi.


Kukun-havo aralashmasini yondirish uchun yondirgichga ish unumdorligi 2 t/s gacha bо‘lgan mazut forsunkasi montaj qilinadi. О‘t oldirish forsunkalarining issiqlik quvvati kо‘mir kukuni yondirgichlari quvvatining 30 % idan kam bо‘lmasligi kerak. Mazut forsunkalarini о‘t oldirish uchun yondirgichlar elektrogaz piltasi bilan ta’minlanishi kerak.
Ikkilamchi havo bо‘yicha bir oqimli uyurmaviy yondirgichlarning ish unumdorligini nominalga nisbatan 70 % ga pasayishiga, ikki oqimli yondirgichlarda esa 60 % gacha pasayishiga ruxsat beriladi. Bu holatda kukun uzatish quvuridagi tezlik, kukun zarrachalarini separatsiyalanishini oldini olish uchun, kukun tayyorlash tizimi hisobidagi qiymatlardan kichik bо‘lishi shart.

26.2 – rasm. Kо‘mir kukunida ishlashga mо‘ljallangan chig‘anoq kurakli ikki oqimli yondirgich. 1 – forsunka uchun havo uzatish quvuri; 2 – aeroaralashma chig‘anog‘i; 3 – ikki oqimli quvur; 4 – elektrogaz piltasi о‘rnatilgan quvurcha; 5 – mazut forsunkasi quvuri; 6 – ichki quvur; 7 – saqlagich devor gardishi; 8 – kukun-havo aralashmasi quvuri; 9 – ajratish quvuri; 10 – kо‘tarib turuvchi gardish; 11 – tashqi registr; 12 – ichki registr.

26.3 – rasm. Tо‘g‘ri oqimli-chig‘anoqli yondirgich. 1 – uzatma shtangli konus; 2 – ochilgan quvur; 3 – kukun-havo aralashmasi quvuri; 4 – chig‘anoq; 5 – quvurcha; 6 – buriluvchi mexanizmli shiber; 7 – kо‘tarib turuvchi gardish; 8 – pilta, fotodatchik va о‘t oldirish forsunkasini о‘rnatish uchun teshik.

Toshkо‘mir va qо‘ng‘ir kо‘mir yoqish uchun qо‘llaniladigan vertikal siklonli girdoblantirgich kurakli yondirgichlar (26.4 – rasm) ham uyurmaviy yondirgichlarning bir turi sanaladi. Ularda kukun-havo aralashmasi va ikkilamchi havo 1 va 2 quvurlari hamda konsentrik kanallar orqali uzatiladi. Kanal oxirida girdoblantirish kuraklari о‘rnatiladi.



26.4 – rasm. Girdoblantirgich kurakli yondirgich. 1 – kukun-havo aralashmasi quvuri; 2 – ikkilamchi havo quvuri; 3 – girdoblantirgich kurakli nasadka.

Yondirish jarayonining yuqori barqarorligiga ega uyurmaviy yondirgichlar qattiq va suyuq shlak chiqarishli ochiq va yarim ochiq о‘txonalarda antratsit, yarim antratsit va pista kо‘mirlarini yoqish uchun qо‘llanilishi maqsadga muvofiq. Bu yondirgichlardan katta miqdordagi uchuvchan birikmali yoqilg‘ilarni yondirish uchun ham foydalanish mumkin. Uyurmaviy yondirgichlarni 70 kg/s gacha ish unumdorligiga ega bug‘ generatorlarida qarama-qarshi yon devorlarda, katta ish unumdorligiga ega bug‘ generatorlarida esa keng front va orqa devorlarida bir, ikki va undan kо‘p yaruslarda joylashtirish tavsiya etiladi.


Kukun-havo aralashmasining uyurmaviy yondirgichlardan optimal chiqish tezligi 14 – 16 m/s, katta quvvatli yondirgichlarda bu kо‘rsatkich 20 – 22 m/s gacha kattalashishi mumkin, ikkilamchi havoning optimal tezligi shunga muvofiq 18 – 21 va 26 – 30 m/s ni tashkil qiladi.
О‘rtacha ish unumdorligiga ega bug‘ generatorlarida uyurmaviy yondirgichlarni keng va erkin о‘rnatish yaxshi natija beradi. Erkin о‘rnatilishda bu yondirgichning asosiy afzalligi – barqaror о‘t oldirishni ta’minlovchi ichki retsirkulyatsiya zonasi tekisligini yaratish imkoniyati kо‘zga tashlanadi. Katta va о‘ta yuqori quvvatli bug‘ generatorlariga о‘tish bilan bu turdagi yondirgichlarning о‘txona jarayonlarini tashkillashtirishdagi о‘rni pasaya boshladi. О‘ta yuqori parametrli bug‘ generatorlarida yondirgichlarni joylashishi bо‘yicha mash’alalarni о‘zaro ta’sirlashuvida о‘txona jarayonlarini tashkillashtirish muhim ahamiyatga ega. Girdoblangan mash’alalarni о‘zaro yomon ta’sirlashuvidan о‘txona hajmini tо‘lmay qolishi tufayli yirik quvvatli bug‘ generatorlarida uyurmaviy yondirgichlar о‘rnini kovakli yondirgichlar egalladi. Bu ham uyurmaviy yondirgichlar ishlashida kamchiliklar mavjud ekanligini kо‘rsatadi. Katta ish unumdorligiga ega yondirgichlar yirik о‘lchamli bо‘ladi va ularning chiqish tuynugi keng о‘lchamga ega. Masalan, 11 t/s ish unumdorligiga ega yondirgichlar uchun tuynuk о‘lchami silindrik qismi bо‘yicha 1480 mm va konussimon chiqish qismida 1625 mm diametrga ega.
Qaynoq yonish mahsulotlarining nurlanishi tufayli yondirgichning katta о‘lchamli metall nasadka va purkagichli tuynugi qattiq qiziydi. Bu sharoitda tо‘g‘ri-oqimli-chig‘anoqli yondirgichlar ishonchli ishlaydi. Ortiqcha qizishni oldini olish va yondirgichning ishlash ishonchliligini oshirish uchun chiqish tuynugi silindrik shaklda tayyorlanadi. Biroq bu mash’alaning ochilish darajasini pasayishi bilan bog‘liqdir. Girdoblangan oqimda havo va kukunning alohida qatlamlari hosil bо‘ladi. Kukun silindrik kanalning periferiyasiga о‘tib yondirgichning chiqish joyidagi birlamchi havo oqimi tarkibida notekis taqsimlanadi. Bunda tezlik ham notekis taqsimlanadi. Shu jumladan konstruktiv kamchiliklar ham bor. Uyurmaviy yondirgichlar qо‘pol, tayyorlanishiga kо‘ra murakkab, katta aylana tuynuk tufayli ekran quvurlarining murakkab burilishi talab qilinadi va nihoyat, uyurmaviy yondirgichlar yuqori aerodinamik qarshilikka ega va kukun-havo aralashmasi ta’sirida tez yemiriladi.



Download 9,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish