Fanidan o‘quv uslubiy majmua


Kо‘mir kukuni uchun mо‘ljallangan yondirgichlarni hisoblash



Download 9,17 Mb.
bet53/135
Sana02.04.2022
Hajmi9,17 Mb.
#524431
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   135
Bog'liq
2 5335053541520182938

4. Kо‘mir kukuni uchun mо‘ljallangan yondirgichlarni hisoblash
Yondirishning texnologik sxemasi ishlab chiqilgandan va kukun tayyorlash tizimini tanlash, hisoblash hamda bug‘ generatorining havo balansi tuzilgandan keyin yondirgichlar hisobi bajariladi. Yondirgichlarni hisoblash bilan birgalikda kukun va havo uzatish quvurlarini trassirovkalash, yoqilg‘i kukunini iste’molchilarini tanlash va hisoblash ishlari ham amalga oshiriladi.
Bug‘ generatorlarini ishonchli va tejamkor ishlashi uchun ishchi yuklamaning barcha diapazonlarida yondirgichlar bо‘ylab havo va yoqilg‘ini teng taqsimlanishini ta’minlash zarur. Ushbu shartni qanoatlantirish uchun havo va kukun uzatish quvurlari loyihalanishi, kukun iste’molchilari esa turi va soniga kо‘ra tanlanishi shart.
Yondirgichlarni hisoblash о‘txonani loyihalash etaplaridan biri sanaladi. Bu jarayon о‘txona devorlarida yondirgichlarni joylashuv uslubi, о‘txona kamerasining hajmi, kesimi va enini aniqlash, hamda ulardagi issiqlik uzatilishini hisoblashni о‘z ichiga oladi.
Kо‘mir kukuni uchun mо‘ljallangan yondirgichlarni hisobiga yondirgichlarning turi va ish unumdorligini tanlash; kukun-havo aralashmasi va ikkilamchi havoni uzatish kanallarining kesimini aniqlash; uyurmaviy yondirgichlarning girdoblantirish moslamalarini hisoblash; birlamchi va ikkilamchi havo trakti bо‘yicha yondirgichlarning qarshiligini aniqlash kabilar kiradi.
Yondirgich turi, yoqilg‘i naviga kо‘ra kukunli yondirish jarayonini tashkil etishning texnologik va aerodinamik uslublariga muvofiq tanlanadi. Yondirgichlar soni esa bug‘ generatorlarining bug‘ ishlab chiqarish unumdorligi va yondirgichlarning joylashuv uslublariga muvofiq tanlanadi.
Yondirgichlarning ish unumdorligi ularning miqdoriy tavsifnomasi sanaladi. Vaqt birligi ichida yondirgich orqali о‘txonaga uzatilayotgan yoqilg‘i miqdori va issiqlik kо‘rinishidagi quvvat orasidagi bog‘liqlik quyidagi kо‘rinishda ifodalanadi:
(26.1)
Yondirgichning issiqlik quvvati quyidagi formuladan aniqlanadi:
(26.2)
bu yerda B – bug‘ generatoriga yoqilg‘i sarfi, kg/s; m – bug‘ generatoridagi yondirgichlar soni, ta.
Belgilangan turdagi yoqilg‘ining yondirgich orqali sarfi bо‘yicha yondirgichning ish unumdorligi aniqlanadi, Byo, kg/s:
(26.3)
Turli yoqilg‘ilarni uzatishga mо‘ljallangan yondirgichlarning kо‘rsatkichlarini solishtirish bitta qattiq yoqilg‘i turiga nisbatan amalga oshiriladi.
Bitta yondirgichdan hosil qilinayotgan bug‘ miqdoridan, shartli ravishda, yondirgichlar ish unumdorligi aniqlanishi mumkin, Dsh, kg/s:
(26.4)
Kukun-havo aralashmasi sifatida kо‘mir kukunini ishlatilgan quritish agenti bilan uzatish kanalining chiqish kesimi, F1, m2:
(26.5)
bu yerda Vi.q.a – nam ishlatilgan quritish agentining hajmi, m3/s; l – kukunni yondirgichga yetkazib beruvchi sifatida foydalanilgan quritish agentining ulushi; t1 va p1 – tashuvchi agentning harorati va bosimi, °S, MPa; W1 – yondirgichdan chiqishdagi yonuvchi aralashmaning tezligi, m/s; p0 – 0,1013 MPa (760 mm sim. ust.)
Kо‘mir kukunini qaynoq havo bilan uzatishda:
(26.6)
bu yerda V1 – birlamchi havo miqdori, m3/s.
Ikkilamchi havo kanalining chiqish kesimi, F2, m2:
(26.7)
bu yerda V2 – ikkilamchi havo sarfi, m3/s; W2 – ikkilamchi havoning tezligi, m/s.
Havoni birlamchi va ikkilamchi turlarga bо‘linishi va uning yondirgichdan chiqishdagi tezligini aniqlash yoqilg‘ining reaksion xususiyati, yondirgich turi, ularning bug‘ generatorida joylatirilish uslubi va ishlatilayotgan о‘txonada о‘t oldirishning tashkillashtirilish uslubiga bog‘liq holda amalga oshiriladi.
Tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri purkalishli о‘tzonalarda yondirgichlarni hisoblash ishlatilgan quritish agentining miqdoriga va bug‘ generatorining nominal yuklamasidagi havo balansiga, hamda bir yoki undan kо‘p tegirmonlarni ishdan tо‘xtatilgan holatlariga kо‘ra amalga oshiriladi. Tegirmonlarning ishdan tо‘xtatilganligi, ularning ta’mirlanishi, profilaktik xizmat kо‘rsatilishi, bug‘ generatori yuklamasining pasaytirilishi va boshqalarga bog‘liq bо‘lishi mumkin. Oraliq bunkerli va shar-barabanli tegirmonli о‘txonalarda esa, hisoblash ishlari, bug‘ generatorining nominal yuklamasi va barcha tegirmonlarning optimal yuklama bilan ishlashiga kо‘ra amalga oshiriladi.
Birlamchi va ikkilamchi havo traktiga kо‘ra yondirgichlarning qarshiligi, Δp, Pa, quyidagicha ifodalanadi:
(26.8)
bu yerda ζ – birlamchi yoki ikkilamchi havoning qarshilik koeffitsiyenti; W va ρ – birlamchi yoki ikkilamchi havoning chiqish tezligi va zichligi, m/s va kg/m3.
Ikkilamchi havo trakti bо‘yicha qarshilik koeffitsiyenti toza gaz uchun, birlamchi havo trakti bо‘yicha esa kukun aralashmali havo uchun olinadi.
- silindrik chiqish kesimiga ega ikki chig‘anoqli yondirgich uchun ζ1 = 5,0;
- gorizontal chiqishli yondirgich uchun esa ζ1 = 7,0;
- girdoblantirgich kurakli yondirgichlar uchun ζ1 = 1,85;
- ochilish burchagi 120° li tо‘g‘ri oqimli-chig‘anoqli yondirgichlar uchun ζ1 = 3,0;
- ochilish burchagi 90° li bо‘lgan hol uchun ζ1 = 2,0;
- ikkilamchi havoni ichki kiritishli kovak yondirgichlar uchun ζ1 = 1,7;
- aylana yoki tо‘g‘ri burchakli tо‘kilma yondirgichlar uchun ζ1 = 1,2.
Uyurmaviy yondirgichlar qо‘llanilganda, qarshilik koeffitsiyenti girdoblantirgich moslamali yondirgichlarning koeffitsiyenti kabi qabul qilinadi. Bu turdagi yondirgichlarni hisoblash uslubi [7] adabiyotda keltirilganlarga asosan amalga oshiriladi.
Birlamchi va ikkilamchi havoni uzatish uchun yondirgich kanallarining о‘lchamlarini aniqlagandan keyin yondirgich konstruksiyasi loyihalashtiriladi va konstruktiv о‘lchamlari hisoblana boshlaydi.
Kо‘mir kukuniga mо‘ljallangan yondirgich konstruksiyasiga quyidagi talablar qо‘yiladi: yondirgich о‘zining chiqish kesimida yonuvchi aralashma tarkibidagi kukun konsentratsiyasi va tezligining teng taqsimlanishini ta’minlashi, ikkilamchi havo quvurida kichik aerodinamik qarshilikka ega bо‘lishi, kukun va havo uzatish quvurlariga ulanishda sodda konstruksiya va qulay joylashuvga ega bо‘lishi, yondirgichlarni о‘rnatish joyini hisobga olgan holda konstruktiv oddiylik va ixchamlik, ishlatish va ta’mirlash qulayligiga, yuqori darajadagi yemirilishga bardoshlilik va ishlash ishonchliligiga ega bо‘lishi shart.
Yondirgichlar о‘lchamlari aniqlangandan va loyihalanishi yakunlangandan keyin uni birlamchi va ikkilamchi havo yо‘li bо‘yicha qarshiliklari aniqlanadi.
Yondirgichlar orasidagi va ular bilan devor orasidagi mash’ala ochilishi uchun yetarli bо‘lgan aniq masofani mavjud bо‘lishi ham uyurmaviy yondirgichlar joylashuviga qо‘yiladigan asosiy talab sanaladi.
Quyidagi jadvalda bu masofaning yondirgich chiqish kesimi tuynugining diametri kattaligiga bog‘liqligi keltirilgan.
26.1 – jadval

Masofa kо‘rsatkichlari

Aniqlanish qiymati

Oxirgi yondirgich о‘qidan yaqin devorgacha bо‘lgan masofa

(1,4 – 1,6)Dt

Quyi qator yondirgichlaridan voronkaning nishabligi boshlanishigacha bо‘lgan masofa

(1,4 – 1,6)Dt

Suyuq shlak chiqarishli о‘txonalarda yondirgichlarning quyi qatoridan shlak panjarasi ustigacha bо‘lgan masofa.

(1,8 – 2,2)Dt

Gorizontal bо‘yicha yondirgich о‘qlari orasidagi masofa:
Bir qatorli joylashishda
Ikki qatorli shaxmatli joylashishda
Ikki qatorli koridorli joylashishda

(2,2 – 2,5)Dt


(3,5 – 4,0)Dt
(2,5 – 3,0)Dt

Vertikal bо‘yicha yondirgich о‘qlari orasidagi masofa:
Shaxmatli joylashishda
Koridorli joylashishda

(2,0 – 2,5)Dt


(2,5 – 3,0)Dt

Yondirgich о‘rnatilgan devorlar orasidagi masofa

(5 – 6)Dt

Bir frontal joylashuvda qarama-qarshi devorlar orasidagi masofa

(4 – 5)Dt

Kovakli yondirgichlar qо‘llanilganda, ularning joylashuvi va о‘rnatilish о‘lchamlari yoqilg‘i naviga va kukun kо‘rinishida yondirishni tashkil etish uslubiga bog‘liq holda aniqlanadi.
Oraliq bunkerli о‘txonalarda ishlatilgan quritish agentining bir qismi, kо‘mir kukunini qaynoq havo bilan uzatishda quritish agenti о‘txonaga tо‘lig‘icha tо‘kilma yondirgichi orqali uzatiladi. О‘txonadagi ekran quvurlari konstruksiyasiga bog‘liq ravishda tо‘kilma yondirgichlari aylana yoki tо‘g‘ri burchakli kesimda tayyorlanishi mumkin. Yondirgichlari qarama-qarshi joylashuvda о‘rnatiladigan о‘txonalarda tо‘kilma yondirgichini asosiy yondirgichlardan yuqorida yoki tutash devorlarida joylashtirish tavsiya etiladi. Tо‘kilma yondirgichlari 45 m/s gacha chiqish tezligiga ega bо‘lishi mumkin.
Kukun uzatish quvurlarining diametri qurituvchi-tashuvchi agent miqdoriga va uning 25 – 30 m/s ga teng bо‘lgan tezligiga kо‘ra aniqlanadi.
Kukun va havo uzatish quvur yо‘llarining trassirovkasi о‘txona qurilmasi ishlash ishonchliligiga ta’sir kо‘rsatadi. Kо‘mir kukunini separatsiyalanishidan saqlanish va kirish patrubkasidagi kukun konsentratsiyasini hamda uning tezligini teng taqsimlanish sharoitlariga kо‘ra trassirovkaga asosiy etibor qaratish talab etiladi. Tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri purkalishli о‘txona moslamalarida qо‘llaniladigan, gorizontga nisbatan 30° burchak ostida nishablikka ega trassirovkalashda, yuklama pasayishi bilan yonuvchi aralashma tezligini 16 m/s gacha, gorizontal kukun uzatish quvurlarida esa 19 m/s gacha pasaytirilishi mumkin.
Kukun va havo uzatish quvurlarini trassirovkalashdan asosiy maqsad, о‘txonaning turli devorlarida joylashtirilgan yondirgichlar oldidagi bosim bir xilligiga erishishdan iborat. Shu bilan birga kapital xarajatlarni kamaytirish – juda ixcham va xizmat kо‘rsatishga qulay yondirgichlarni katta ish unumdorligiga ega turlarini yaratish, о‘txona jarayonini tashkillashtirishning ishonchlilik shartiga mos ravishda yondirgichlar va yoqilg‘i uzatish liniyalari sonini kamaytirishga intilishdan iborat.
Kо‘mir kukunini yondirgichlar bо‘ylab teng miqdorda uzatilishini ta’minlash va ular orqali sarfni rostlash maqsadida kukun uzatgichlarining soni yondirgichlar soniga mos qilib tanlanadi. Kichik va о‘rta ish unumdorligiga ega bug‘ generatorlarining о‘txonalarida bitta kukun haydash moslamasi bilan kukun uzatish quvuriga uzatilayotgan kо‘mir kukunini ikkita yondirgichga uzatish mumkin. Ikki kamerali о‘txonalardagi siklonli yonish kameralarida katta ish unumdorligiga ega bitta yondirgichga kо‘mir kukuni ikkita kukun uzatish quvuri orqali yetkazib beriladi.



Download 9,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish