Fanidan o‘quv uslubiy majmua


MA’RUZA №1 : QOZON O’TXONASIDA MAZUTNING YONISHI



Download 9,17 Mb.
bet43/135
Sana02.04.2022
Hajmi9,17 Mb.
#524431
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   135
Bog'liq
2 5335053541520182938

MA’RUZA №1 : QOZON O’TXONASIDA MAZUTNING YONISHI.


1. Mazut gorelkasining tavsifi va gorelkasi
Gaz yoqilg‘isi uchun mо‘ljallangan yondirgichlar yuqori kaloriyali (tabiiy) va past kaloriyali (domna va boshqa) gazlar uchun qо‘llaniladigan yondirgichlarga bо‘linadi. Birinchi holatda yondirgichdagi gaz massa birligiga nisbatan 10 marta, hajmi bо‘yicha esa qizdirilishini hisobga olgan holda 20 – 25 marta kо‘p havo bilan aralashgan bо‘lishi lozim. Bunda, yuqori kaloriyali tabiiy gazlar tarkibidagi yuqori molekulyar uglevodorodli birikmalarning termik parchalanishi mumkinligini oldini olish uchun oldindan qizdirilmaydi.
Tabiiy gaz yondirgichlari ikkita asosiy guruhga bо‘linadi: havoni burama uzatishli va tо‘g‘ri oqimli.
Bundan kо‘rinadiki, mazutni yoqish uchun havoni burama uzatishli yondirgichlardan foydalanish afzalroqdir, yondirgichlarning bu turi kombinatsiyalashgan gaz-mazut yondirgichlari kо‘rinishida keng tarqalgan. Havoni burama uzatishli yondirgichlardan faqat gaz uzatish uchun ham foydalanish mumkin, lekin bunday holatda konstruksiyadagi mazut uzatish qismi о‘rnatilmaydi.
Past kaloriyali gazlar termik parchalanishga kam uchraydi, ulardagi sarf kо‘rsatkichi esa yonish uchun uzatilayotgan havo miqdori bilan о‘lchanadi. Bu usulda past kaloriyali gazni havo bilan birga oldindan qizdirish maqsadga muvofiq.
Tabiiy gazni yoqish uchun mо‘ljallangan tо‘g‘ri oqimli yondirgichlar konstruktiv jihatdan sodda tuzilishga ega. Tirqishli tо‘g‘ri oqimli yondirgichlarda (24.9 – rasm) havo yо‘naltiruvchi list о‘rnatilgan burilish quvuri 1 orqali о‘tib vertikal yoriq kо‘rinishidagi tuynukka 2 kiradi. Gaz vertikal kollektor 3 bо‘ylab kiradi va unda о‘rnatilgan ikki qator soplolardan mayda oqimchalar kо‘rinishida oqib о‘tib havo oqimiga qо‘shiladi. Gazni havo bilan yaxshi aralashishini ta’minlash uchun soplolar ikki xil о‘lchamda tayyorlanadi. Dastlab havoning harakat yо‘nalishi bо‘ylab katta diametrli soplo, keyin esa kichik diametrli soplo о‘rnatiladi. Soplodan oqib о‘tish jarayonida gaz havo bilan aralashishni boshlaydi va bu aralashish mash’alada о‘z nihoyasiga yetadi. Gaz-havo aralashmasining tuynukdan о‘txona kamerasiga chiqish tezligi 25 – 50 m/s ni tashkil qiladi.
Past kaloriyali gaz yondirgichlari faqat gaz uchun ishlatiladi. 13.10 – rasmda domna gazi uchun mо‘ljallangan yondirgich tasvirlangan. Gaz va havo ikki tomonlama qabul qilish kollektorining qarama-qarshi tomonidan kirib keladi, gazni uzatish odatda ventil, havoni uzatilishi esa buriluvchi shiber 2 yordamida rostlanadi. Keyinchalik, gaz va havo, oqim tekisligiga galma-gal parallel keluvchi qatlamli taqsimlagich 3 orqali о‘tadi. Yondirgichdagi havo gaz soplosining 5 ikki tomonidagi tirqishdan 4 yassi oqim hosil qilib oqib chiqadi. Tirqishli yondirgich va soplodan chiqishdagi gaz va havoning tezligi 20 – 30 m/s ni tashkil qiladi. Yondirgichlarning domna gaziga kо‘ra ish unumdorligi 3,35 – 4,2 m3/s ga teng.

24.9 – rasm. Tabiiy gaz uchun mо‘ljallangan tо‘g‘ri oqimli yondirgich. 1 – burilish quvuri; 2 – tuynuk; 3 – gaz kollektorlari.
Kichik ish unumdorligiga ega pech texnikasida ishlatiladigan bug‘ generatorlarida havoni gaz oqimining injeksiyalanishi hisobiga kirituvchi injeksion yondirgichlardan foydalaniladi.
Energetik bug‘ generatorlarida aralashtirgich moslamali gaz-mazut yondirgichlari qо‘llaniladi. Bu yondirgichlarning chiqish tuynugi oldida gaz va havo qisman aralashadi. Bundan tashqari, yuqori kaloriyali gazlar hajmi uni yoqish uchun berilayotgan havoning hajmidan 20 – 25 marta kichik bо‘lsa ham, yondirgichlardagi aralashtirish maydi gaz oqimlarini umumiy havo oqimiga bir tekis kiritish yо‘li bilan amalga oshiriladi.
Gaz-mazut yondirgichlari havoni girdoblantirgich (registri) konstruksiyasiga kо‘ra ikki xil turda (tangensial va aksial); gazni havo oqimiga kiritish uslubiga kо‘ra (periferiyali va markaziy gaz taqsimotili) hamda bir yoki ikki oqimli havo taqsimoti qо‘llanilgan turlarga bо‘linadi.
Gaz-mazut yondirgichlarining yana bir turida (24.11 – rasm) uzatilayotgan havo ajratish tо‘sig‘i va koaksial quvurchaga ega burilish quvurida о‘rnatilgan ikkita oqimga ajraladi.

24.10 – rasm. Domna gazi uchun yondirgich. 1 – gaz va havo uchun ikki tomonlama qabul qilish kollektori; 2 – havo uzatilishini rostlovchi shiberlar; 3 – qatlamli taqsimlagich; 4 – havo uchun tirqish; 5 – gaz uchun soplo.

24.11 – rasm. Gazmazut yondirgichsi. 1 – uzatma quvuri; 2 – ajratish tо‘sig‘i; 3 – koaksial quvur; 4 va 5 – shiberlar; 6 – о‘qli turdagi silindrik registr; 7 – gaz uzatuvchi aylanma kollektor.
Shiberlar 4 va 5 yordamida havo sarfini alohida ajratib rostlaganda ulardagi о‘qli turdagi silindrik registrda 6 hosil qilingan oqimning burilish darajasini rostlash mumkin. Bu suyuq yoqilg‘ini yondirishda, past yuklamalarda ham, tuynuk chetlarida havoning belgilangan tezligini saqlab qolishga imkon beradi. Registr kuraklari havoni kirish tomonidan tо‘g‘ri va radiusi 40 – 50° burchak ostida havoni chiqish tomoniga burilgan shaklda profillanadi.
Yondirgichga gaz aylana kollektor 7 orqali uzatiladi va uning teshiklaridan chet aylana bо‘ylab havo oqimiga kiritiladi. Bikonik shakldagi 20 - 25° burchak ostida qayrilgan tuynukdan chiqkan yonuvchi aralashma о‘txona kamerasiga kiradi. Tuynukdagi qayrilish hisobiga yonish mahsulotlarining qaytib kirishining oldi olinadi va taqsimlash kamerasining qizib ketishidan saqlaydi. Mazut forsunkasi registr vtulkasiga о‘rnatiladi.
Bu turdagi yondirgichlarini yonish issiqligi 35,6 MJ/kg (8500 kkal/kg) bо‘lgan tabiiy gaz yoqilg‘isiga kо‘ra, normal sharoitda, 0,075 dan 1,8 m3/s gacha yoki mazut yoqilg‘isiga kо‘ra 0,07 dan 1,66 kg/s gacha ish unumdorligi bilan ishlab chiqariladi. Yondirgich tuynugidan chiqishdagi havoning tezligi mazut yoqilg‘isiga kо‘ra ish unumdorligi 0,07 kg/s ish unumdorligi uchun 25 – 35 m/s, 1,66 kg/s ish unumdorligi uchun esa 35 – 50 m/s ni tashkil qiladi. Bunda havoning yondirgich oldidagi talab qilingan napori mos ravishda 0,64 – 1,26 va 1,26 – 2,58 kPa ga teng bо‘ladi.
Gaz-mazut yondirgichlarining yana bir turi gazni markaziy tarqatuvchi va tangensial registrli bо‘lib, ularda uzatma quvuridagi 1 havo tangensial registrga 2 keyin esa girdoblangan oqim bilan tuynukka yо‘naltiriladi (24.12 – rasm).

24.12 – rasm. Gaz-mazut yondirgichsi. 1 – uzatish quvuri; 2 – tangensial registr; 3 – gaz uzatish uchun aylana kanal.
Ikkita о‘qdoshlikda о‘rnatilgan quvurdan hosil qilingan aylana kanal 3 orqali gaz uzatiladi va kanal oxiridagi bir necha qator radial joylashuvdagi teshiklar orqali yondirgichning markaziy qismidan havo oqimiga kiritiladi. Bir yoqilg‘i turidan ikkinchisiga о‘tishda, avvalo yondirgich ishdan tо‘xtatiladi, keyin esa talab qilingan yoqilg‘i uzatib ishga tushiriladi. Mazut uzatishga kirishishda forsunkalar avtomatik tarzdi yondirgich tuynugiga joylashtiriladi. Ishga tushirish bо‘yicha barcha operatsiyalar uzatma moslamasi yordamida avtomatik ravishda amalga oshiriladi.
Yondirgichning konstruksiyasida ishchi mazut forsunkasi va masofadan boshqariluvchi pilta moslamasi (ZZU-4) о‘rnatilishi kо‘zda tutilgan. Ish unumdorligi 30 t/s bо‘lgan о‘t oldirish forsunkalari ham shu turdagi pilta moslamalari bilan birgalikda о‘rnatiladi.
Mexanik sochuvchi forsunkali bir oqimli yondirgichlar 100 – 70 % oralig‘ida, ikki oqimli yondirgichlar 100 – 50 % oralig‘idagi sifatli rostlash chegarasiga ega. Yanada chuqurroq rostlash zaruriyati tug‘ilganda maxsus forsunkalarni qо‘llash yoki mazutning boshlang‘ich bosimini oshirish talab qilinadi.



Download 9,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish