Fanidan o‘quv uslubiy majmua



Download 9,17 Mb.
bet41/135
Sana02.04.2022
Hajmi9,17 Mb.
#524431
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   135
Bog'liq
2 5335053541520182938

Rotatsion forsunka. 24.6 – rasmda rotatsion forsunkani sochuvchi kallagining konstruktiv sxemasi tasvirlangan. 0,12 – 0,13 MPa bosimli mazut g‘ovak val 1 va taqsimlagichdagi 2 bir qator teshiklar orqali о‘tib valga mustahkam biriktirilgan sochuvchi stakanga 3 kiradi. 600 – 700 ayl/min chastota bilan aylanishda stakanning chetlaridan suyuq yoqilg‘ining uzluksiz plenkasi oqib chiqa boshlaydi. Shu valda о‘rnatilgan kompressordan 4 purkalayotgan havo aylanuvchi stakan va qо‘zg‘almas korpus 5 oralig‘idagi doirasimon tirqishdan katta tezlik bilan otilib chiqadi.
Sochuvchi stakan devorlariga ishqalanish va markazdan qochma kuch ta’sirida suyuq yoqilg‘i zarrachalari spiralli trayektoriya bо‘ylab harakatlanadi. Stakandan chiqishda sochgich devorlarining markazga intilma kuchlari batamom sо‘nadi va zarrachalar ilgarigi yо‘nalish trayektoriyasiga urinma holatida katta tezlik bilan harakatlanib suyuq yoqilg‘i plyonkasini hosil qiladi. Aylanasimon tirqishdan oqib chiqayotgan havo plenkaning nafislashuvini va barqarorligini oshiradi. Harakat davomida plenka ingichkalashib borib, mayda zarrachalarga parchalanib ketadi. Sochish sifati mazutning qovushqoqligiga unchalik bog‘liq emas. Kattalashtirilgan о‘lchamli teshikka kam tiqin tо‘planib qoladi, shuning uchun ham forsunka mazutni yuqori darajada tozalanishini talab etmaydi.
Rotatsion forsunkalar kemasozlikda va sanoat issiqlik texnikasida ishlatiladigan о‘txona qurilmalarida keng qо‘llaniladi. Hozirgi vaqtda, energetikada, ish unumdorligi 0,85 kg/s gacha bо‘lgan forsunkalar ishlatiladi.
Bug‘li sochuvchi mazut forsunkalari (24.7 – rasm). 0,5 – 2,5 MPa bosimli bug‘ kengayuvchi soploga 2 ulangan ichki quvurdan о‘tadi; mazut aylanasimon kanal bо‘ylab kiradi; kengayuvchi soplodan 1000 m/s gacha tezlik bilan oqib chiqayotgan bug‘ aylanasimon kanal bо‘ylab kirib kelayotgan mazutga aralashadi va diffuzor 3 orqali о‘txonaga kiradi.



24.6 – rasm. Rotatsion forsunkaning sochuvchi kallagi. 1 – g‘ovak val; 2 – taqsimlagich; 3 – sochuvchi stakan; 4 – havo kompressori; 5 – korpus.

Bug‘li forsunkalarda birlamchi maydalash forsunka soplosidan oqib chiqayotgan bug‘ning kinetik energiyasi hisobiga amalga oshiriladi. Birlamchi maydalashdan chiqqan zarrachalar bug‘ oqimining kritik tezligiga erishadi va havoning qrashiligi ta’sirida yanada mayda tomchilarga parchalanib ketadi. Bug‘li forsunkalardan foydalanilganda oqim tezligining yuqori ekanligidan, mexanik jarayondagiga nisbatan, suyuq yoqilg‘ini juda mayda bо‘lakchalarga parchalash imkoniga erishiladi. Qisqa mash’alali mazutlarni yoqish uchun nasadka qо‘llaniladi.


Bug‘li forsunkalar konstruksiyasi mexanik forsunkalarning konstruksiyasiga nisbatan sodda. Ularga xizmat kо‘rsatish ham oson. Bu forsunkalarga mazut uncha katta bо‘lmagan 0,2 – 0,5 MPa bosim bilan kirib keladi. Cheklangan bosim pasayish sharoiti va kichik uzatish tezliklarida ishlash uchun forsunkaning mazut uzatish kanallari nisbatan katta kesimli va tо‘g‘ri oqimli konstruksiyada tayyorlanadi. Bunday kanalda bug‘ oson harakatlanadi va filtrlar bо‘lmagan holatda ham tiqin paydo qilmaydi, ya’ni bug‘li forsunkalar konstruksiyasi va sxemasining oddiyligi bilan yuqori ishlash ishonchliligini ta’minlaydi. Bu holat turlicha ish unumdorligiga ega bug‘ generatorlari uchun ham bug‘li forsunkalar ishlab chiqarishni yо‘lga qо‘yish mumkinligini kо‘rsatadi.

24.7 – rasm. Bug‘li sochuvchi mazut forsunkasi. 1 – shtuser; 2 – soplo; 3 – diffuzor; 4 – nasadka; 5 – gardish.

Bug‘li forsunkalarning asosiy kamchiligi yoqilg‘ini sochish uchun katta miqdordagi bug‘ sarflanishidir, bu bug‘ning miqdori bug‘ generatorida ishlab chiqarilayotgan umumiy bug‘ni 2 %ini tashkil qiladi. Forsunkani ishlatish davridagi kuchli shovqin ham ekspluatatsion personalga salbiy ta’sir kо‘rsatuvchi faktorlardan sanaladi.


Asosiy yoqilg‘i sifatida mazutdan foydalanadigan sanoat bug‘ generatorlarida bug‘li forsunkalar muvaffaqiyatli qо‘llanilib kelmoqda. Elektr stansiyalarida esa bug‘li forsunkalar о‘t oldiruvchi sifatida qо‘llaniladi. Bug‘li forsunkalarni ishga tushirishdan avval bug‘, keyin esa mazut uzatila boshlaydi. Ishdan tо‘xtatishda avval mazut berish, keyin esa bug‘ uzatish tо‘xtatiladi. Bug‘li forsunkalarning normal ishlashini ta’minlaydigan mazutning qovushqoqligi 6 – 7° SHQ ga teng bо‘lishi kerak.

Download 9,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish