Fanidan o‘quv uslubiy majmua


Gazlarning alangasiz yonishi



Download 9,17 Mb.
bet37/135
Sana02.04.2022
Hajmi9,17 Mb.
#524431
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   135
Bog'liq
2 5335053541520182938

2. Gazlarning alangasiz yonishi
Gazlar yonish sharoitlarini intensifikatsiyalash borasida olib borilgan tadqiqotlar natijasi sifatida yonuvchi aralashmani kamera hajmida katta issiqlik kuchlanishi bilan yoqish imkonini beruvchi alangasiz yonish usuli ham taklif qilinadi. Alangasiz yoqishda, tayyor yonuvchi aralashmaning yonishi bevosita qizigan keramik yuza yaqinida amalga oshadi. Shuning uchun yonishning bu turi yuzaviy degan nom oladi.
Bu masala ustida olib borilgan izlanishlar natijalariga kо‘ra, yuzaviy yonishda yondirgich keramik devorlarining reaksiya tezligiga katalitik ta’siri yuqori issiqlik kuchlanishining sababi sanaladi.
Biroq MEI olimlari tomonidan yoqilg‘ilarni yonish jarayonini intensifikatsiyalash borasida о‘tkazilgan tadqiqotlar asosida, keramik yuzalarning yonish jarayoniga kо‘rsatadigan katalitik ta’siri о‘z isbotini topmaganligi bilan bir qatorda alangasiz yonishning mohiyati va yanada takomillashtirish yо‘llari yoritib berildi.

11.2 – rasm. Teshikli diafragma. 11.3 – rasm. Tunnelli yondirgich.

Alangasiz yoqish yondirgichlari va shu yonish tarzini amalga oshirish uslublarini kо‘rib chiqamiz. Teshikli keramik diafragma eng sodda jihoz sanaladi (23.2 – rasm). Quvur 1 orqali kameraga 2 berilayotgan yonuvchi aralashma yupqa qatlamli olovbardoshli keramik diafragma 3 chegarasida yonadi. Bu hodisani quyidagicha izohlash mumkin. Teshikli keramik diafragma yonuvchi aralashma oqimini kо‘plab mayda bо‘lak oqimlarga bо‘lib yuboradi. Mayda oqim bо‘laklari о‘t oldirilganda oqimlar soniga mos mikromash’alani paydo qiladi. Yuqori haroratli yonish mahsulotlarining harakatsiz zonasi о‘t oldirish manbalari bо‘lib sanaladi.


Alangasiz yondirgichlardan tunnelli yondirgichlar nisbatan kengroq tarqalgan (11.3 – rasm). Bu yondirgichlarda gaz-havo aralashmasi kanal 1 bо‘ylab diametri  60 – 80 mm bо‘lgan tunnelga 2 uzatiladi va 30 – 55 MVt/m3 issiqlik kuchlanishi bilan yonadi. Yondirgich tunneli keramik olovbardoshli materialdan silindr kо‘rinishida tayyorlanadi. Tunnelga kirish joyida gaz uzatish kanali 1 yonuvchi gaz-havo aralashmasi tezligini oshirish va alanganing sakrashiga yо‘l qо‘ymaslik uchun toraygan holga keltiriladi. Bu kanal kо‘pincha injektor kо‘rinishida tayyorlanadi, chunki unga bosim ostida uzatilayotgan gaz havoni injeksiyalaydi va gaz-havo aralashmasini hosil qiladi.
Katta issiqlik kuchlanishi bilan gazlarning tunnelli yondirgichlarda yoqilishi quyidagicha tushuntiriladi. Kanaldan 1 oqib chiqayotgan yonuvchi aralashma atrofdagi abc fazoga tomon uchadi, natijada shu joyda siyrak bosimli zona hosil bо‘ladi. Siyraklanish hisobiga, bu zonaga yonish zonasidan yuqori haroratli yonish mahsulotlari oqimining sо‘rilishi yuz beradi. Kengayuvchi oqim bilan tunnelning boshlang‘ich uchastkasi devori orasidagi abc fazosida yuqori haroratli yonish mahsulotlarining uyurmaviy zonasi hosil bо‘ladi, u yerdagi yonish mahsulotlari uchib о‘tgan oqim bilan birgalikda sarflanadi. Kо‘paygan yonish mahsulotlari oqimi yonuvchi aralashmani qizdirib uni yonish jarayoniga tayyorlaydi. Bundan tashqari, tunnelning keramik devorlari g‘adir-budir yuzasida, ya’ni cd uchastkada yonish mahsulotlarining turg‘un plenkasi hosil bо‘ladi. Keramik alangasiz yondirgichlarda yuqori issiqlik kuchlanishining hosil bо‘lishi natijasida bu yondirgichlarda gaz yuqori intensivlikda yoqiladi. Bu yondirgichlarda yonish nisbatan kichik tezliklarda amalga oshirilishi kerakligi tajribalarda isbotlangan.



Download 9,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish