Fanidan o‘quv uslubiy majmua


-rasm. Oraliq bunkerli chang tayorlash sxemasi



Download 9,17 Mb.
bet36/135
Sana02.04.2022
Hajmi9,17 Mb.
#524431
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   135
Bog'liq
2 5335053541520182938

8-rasm. Oraliq bunkerli chang tayorlash sxemasi.

Siklondagi ozgina chang aralashgan havoni ventilyator so‘rib oladi va aralashtirgichga yo‘naltiradi, bu yerga bir vaqtning o‘zida oraliq bunkeridan yoqilg‘i changi ham beriladi. Tayor chang yoqish uchun o‘txona 12 ning gorelkasi 11 ga puflanadi. Ko‘mir changining sifati, asosan uning mayinlik darajasi, oxirgi namligi va portlash havfi yo‘qligi bilan aniqlanadi.


Sinov savollari.

  1. Yoqilg`i va yonilg`i farqini ayting?

  2. Gazsimon , qattiq va suyuq yoqilgi turlarini ayting?

  3. Yonish qatlamlarini sanang?

  4. Qattiq yoqilg`i turlarini sanang?

  5. Ko`mir change yoqilg`i sanaladimi?

MA’RUZA: № 14: QOZON QURILMASIDAGI ISSIQLIK ISROFINI ANIQLASH. ISSIQLIKDAGI ISROFLARLARNI KAMAYTIRISH YO'LLARI
1. Gazsimon yoqilg‘ilar yonish jarayonini intensifikatsiyalash.
2. Gazlarning alangasiz yonishi
3. Gazlarni yoqish uchun yondirgichlarni tasniflash.
Tayanch iboralar: MEI, mash’ala hajmining issiqlik kuchlanishi, mikromash’alali yonish, alangasiz yoqish, teshikli keramik diafragma, tunnelli yondirgich, uzun alangali yondirgich, qisqa alangali yondirgich, yorqin yoki kuchsiz yorqinlikdagi mash’alali yondirgich, yuqori kaloriyali va past kaloriyali gaz yondirgichlari, past va yuqori naporli yondirgich.


1. Gazsimon yoqilg‘ilar yonish jarayonini intensifikatsiyalash
Ma’lumki zamonaviy о‘txonali qurilmalarda gazsimon yoqilg‘ilar о‘txona yonish kamerasiga yonish uchun zaruriy miqdordagi havo bilan birgalikda oqim shaklida kiritilib yondiriladi. Bu haqda 7 – bobda ham qisqacha tо‘xtalib о‘tganmiz.
Yonish jarayoni о‘txona kamerasiga uzluksiz kirib kelayotgan yonuvchi aralashmaning turbulent oqimida alanganing tarqalishi bilan sodir bо‘ladi. Yoqilg‘ini yonish jarayoni alanganing turbulent tarqalish tezligini ortishi va alanga fronti yuzasining kattalashishi bilan intensifikatsiyalanadi.
Alanganing turbulent tarqalish tezligi turbulent yonish zonasida yuzaga kelgan murakkab sharoitda oqimdagi yonuvchi aralashmaning kimyoviy reaksiyalanish tezligi va issiqlik-massa almashinuvi intensivligidan aniqlanadi. Kimyoviy reaksiyalanish tezligi, reaksiyalanuvchi moddalarning harorati va konsentratsiyalari ortishi bilan tezlashadi. Aralashmaning haroratini kо‘tarish uchun yonish jarayoniga uzatilayotgan havoni dastlabki qizdirish qо‘llaniladi. Dastlabki qizdirish jarayonini, past kaloriyali gazsimon yoqilg‘ilar yoqilganda, aynan shu yoqilg‘ining о‘zi uchun ham qо‘llash maqsadga muvofiqdir. Yoqilg‘ilarni dastlabki qizdirish qо‘llanilganda gaz tarkibidagi og‘ir uglevodorodlarning ortiqcha issiqlik ta’sirida termik parchalanib ketishini ham e’tibordan qoldirmaslik kerak. Agar yoqilg‘ig‘ini yoqish uchun uzatilayotgan havoning hajmi yoqiladigan gazning hajmidan ortiqcha bо‘lsa, gaz yoqilg‘isini qizdirishga nisbatan havoni qizdirilishi muhim ahamiyatga ega.
Havo va gaz dastlabki qizdirishda qanchalik qizdirilmasin yonuvchi aralashmaning alangalanish oldidan qizdirilishi uni о‘txona kamerasi ichida yuqori haroratli yonish mahsulotlari orasiga diffuziyalanishi hisobiga sodir bо‘ladi. Gaz yoqilg‘isini tejamkor yoqish usuli cheklangan havo miqdori yordamida amalga oshiriladi. Natijada hosil bо‘layotgan oksidlovchi yetishmaslik zonasi yoqilg‘ining havo bilan yaxshi aralashtirilishi orqali, kislorod konsentratsiyasining kamayishi esa yonuvchi aralashmani yonish mahsulotlari bilan aralashishini kamaytirish orqali bartaraf etilishi mumkin.
Yoqilg‘i aralashmasini hosil qilish yoqilg‘i gazi va havo oqimlarini о‘txona kamerasining о‘zida yondirgich moslamalari yordamida birlamchi aralashtirish orqali hosil qilinadi. Birlamchi aralashish yondirgichning chiqish kesimida yoqilg‘i va havo oqimlarini teng taqsimlanishini ta’minlashi shart. О‘txona kamerasining ichida molyar va molekulyar aralashish davom etadi va yonish jarayonida yakunlanadi. Bug‘ generatori о‘txonalaridagi gaz va havo oqim massalarini kimyoviy reaksiyalanishi bilan kechadigan yonish jarayonidagi aralashma hosil bо‘lishi va qizdirilish intensivligi mash’aladagi issiqlik va massa almashinuvi intensivligiga bog‘liq. О‘txona kamerasida yonuvchi aralashma aralashishi va issiqlik almashinishini intensifikatsiyalash uchun yuqori turbulentlikdagi oqimni tashkil etish lozim. Bunda yondirgich chiqish qismidan yuqori tezlik bilan oqib chiqishda yonuvchi aralashmalarni barqaror alangalanishini ta’minlash zarur.
Avvalo о‘t oldirish jarayonini intensifikatsiyalash uchun mash’ala yadrosida yuqori turbulentlikni ta’minlash zarur. Aksincha, yonuvchi aralashmaning yondirgich uchida alangalanish imkoniyatiga erishish uchun mash’alaning ichki qismida oqim turbulentligini tashkil etilishi lozim. Demak, yonish jarayonini ratsional aerodinamik tashkil etilishi mash’ala yadrosida va uning ichki qismida yuqori turbulentlikni birgalikda ta’minlashi shart ekan. Mash’alaning bunday tuzilishiga faqat yondirgich moslamalarining konstruksiyalari takomillashuvi hisobidan erishish mumkin emas. Bunga mash’ala va о‘txona jarayonlarining issiqlik va aerodinamik tashkil etishning yangi va takomillashgan usullarini ishlab chiqish orqali erishish mumkin.
Alanga frontining yuzasi о‘t oldirish usuliga va gazlar harakatining xarakteriga bog‘liq. Aylanali yondirgich orqali berilayotgan yonuvchi aralashmani laminar yondirishda mash’ala konus shaklini oladi, bunda aralashmaning о‘t olishi konus asosining periferiyasi bо‘ylab yonish mahsulotlarining tо‘xtash bog‘lamida sodir bо‘ladi.
Mash’ala hajmining issiqlik kuchlanishini quyidagi kо‘rinishda yozish mumkin:
(11.1)
bu yerda: Um – yonishning massaviy tezligi; F va V – mos ravishda mash’alaning yuzasi va hajmi.
Mash’alaning shaklini konussimon deb qabul qilib, uning yuzasi va hajmini shunday yozish mumkin:
(11.2)
(11.3)
bu yerda R – yondirgichning radiusi; h va l – mash’ala va uning hosil qilayotgan uzunliklari.
Yuza, hajm va yonishning massaviy tezligi qiymatlarini (12.1) formulaga qо‘yib quyidagicha issiqlik kuchlanish tenglamasi hosil qilinadi:
(11.4)
Bu nisbatni aralashmalarining tezligi bir xil bо‘lgan turli diametrga ega ikkita yondirgich uchun yozishda, ushbu aralashma uchun alanga tarqalishining normal tezligi e’tiborga olinishi shart:
(11.5)
ya’ni mash’ala hajmining issiqlik kuchlanishi yondirgich radiusiga teskari proporsionaldir.
Nisbat kо‘rsatkichlariga kо‘ra yonish jarayoni mash’ala sirtida sodir bо‘ladi, mash’ala ichini esa inert gazlar hajmi egallaydi. Yondirgichning diametri kichiklashishi bilan mash’alaning yuzasi kattalashadi va shunga mos ravishda mash’ala hajmining issiqlikdan kuchlanishi ham ortadi [3].
Yuqorida keltirilgan fikrdan shuni uqish mumkinki, agar yondirgichning uch qismidan chiqayotgan gaz oqimi su’niy ravishda mayda bо‘laklarga ajratilsa va bu bо‘lakchalar о‘t oldirilsa, unda har bir bо‘lakchadagi yonish mitti konus shaklini oladi va umumiy mash’ala mitti alangalangan konuslar yig‘indisi deb qaralsa (11.1 – rasm), alanga frontining yuzasi keskin ortadi va mash’ala hajmining issiqlik kuchlanishi qiymati ham shunga mos ravishda kattalashadi.
Mikromash’alali deb ataladigan yonish jarayoni, yondirgich chiqish kesimiga, metall panjara о‘rnatish yо‘li bilan hosil qilinadi. Panjaradan о‘tayotgan gaz-havo aralashmasi mayda bо‘laklarga bо‘linadi va shu bо‘laklar soniga teng bо‘lgan о‘t olish manbalari hamda yonish konuslari paydo bо‘ladi. О‘t olish manbalarining oqimlari yuqori haroratli yonish mahsulotlarining uyurmaviy zonalari hisoblanadi.

23.1 – rasm. Mikromash’alali yonish sxemasi.

Kо‘rib chiqilgan yonish jarayoni laminar sanaladi. Yuqorida aytib о‘tilganidek turbulent yonishda alanga fronti egilgan bо‘ladi, bunda uning yuzasi kattalashadi va shunga mos ravishda alanganing tarqalish tezligi ham ortadi. Bundan tashqari, turbulent yonishda yonish zonasining kо‘lami ham kattalashadi, biroq mash’alaning konussimon shakli saqlanib qoladi. Shuning uchun ham turbulent yonish sharoitida yondirgich diametri kichiklashishi bilan mash’ala hajmining issiqlik kuchlanishi kattalashadi deb tushuniladi.


Keng tarqalgan aylanali yondirgichlarda yonish jarayonini diametr kichrayishi hisobiga intensifikatsiyalash imkoniyatlari cheklangan, shuning uchun bug‘ generatoriga о‘rnatilgan yondirgichlar sonini kо‘paytirish talab qilinadi. Bu esa konstruktiv jihatdan maqsadga muvofiq kelmaydi. Ushbu holatda, aylanali yondirgichlarni chiqish kesimini chо‘ziq tо‘g‘ri burchak kо‘rinishidagi teshikli yondirgichga almashtirish maqsadga muvofiqdir. Chiqish kesim yuzalari bir xil bо‘lgani holda, teshikli yondirgichlar kengligi aylanali yondirgichlar diametridan yoki tо‘g‘ri burchakli chiqish kesimli yondirgichlarning mos keluvchi о‘lchamlaridan kichik bо‘ladi. Bundan tashqari takomillashgan о‘t oldirish sharoitiga alangalanish perimetrini oshirish yо‘li bilan ham erishish mumkin.
Takomillashgan о‘t oldirishni tashkillashtirish uchun mos keluvchi yondirgichlar konstruksiyasini ishlab chiqish va ham yondirgich, ham о‘txonani ratsional aerodinamikasini tashkil etish mumkin. Masalan, gaz aralashmasini yondirgichga burama harakat bilan berib oqim markaziy о‘qida bosim pasayish zonasini hosil qilish ham mumkin. Bunda yuqori haroratli yonish mahsulotlari mash’ala markaziga ichki tomonidan kirib keladi. Faqat bunday holatdagi mash’ala yarim konus kо‘rinishiga kelib qoladi.



Download 9,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish