102
bundan mustasno) istalgan xonalarni jipslashtirib qurish, yuk liftlari va yuk ko‘targichlaridan chiqish joylarini
nazarda tutish, hamda devor sathida pog‘ona va zina maydonchasi yuzasidan 2,2 m gacha balandlikda, bo‘rtib
chiqib turuvchi jihozlar joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Balandligi 28 metrdagi bo‘lgan binolarda odatiy zina
kataklarida axlat to‘tkazgichlar va xonalarini yoritish uchun elektr o‘tkazgichlar nazarda tutishga yo‘l
qo‘yiladi. Oddiy zina kataklarning xajmida faqat saqlash xonalarni joylashtirishga ruxsat beriladi. Birinchi
yoki yertula qavatning zina katagining ostida isitish, suv ulchagich, elektr asboblarni tekshirish uchun
xonalarni joylashtirish lozim. Zina kataklari bevosita tashqariga bino atrofidagi xududga chiqishi kerak. Qavat
ikkitadan kam bo‘lmagan evakuatsiya chiqish joyiga ega bo‘lishi kerak, agar qavatda 2-ta dan kam bo‘lmagan
evakuatsiya chiqish yo‘liga ega bo‘luvchi xona joylashgan bo‘lsa. Binodan evakuatsiya chiqish joylari va
yo‘llarning soni, binoning istalgan qavatidagi evakuatsiya chiqish joylari sonidan kam bo‘lmasligi kerak. Ikki
va undan ortiq evakuatsiya chiqish yo‘llari mavjud bo‘lsa ular tarqatilgan holda joylanishi kerak. Ikki
evakuatsiya chiqish joylari o‘rnatilgan bo‘lsa, u holda ularning har biri xonada, qavatda yoki binoda mavjud
bo‘lgan hamma odamlarni xavfsiz evakuatsiya qilinishini ta’minlash lozim. Balandligi 15 m dan ortiq
binolarda xonalardan tashqari bu eshiklar ochilmagan yoki qalin oynadan bo‘lishi kerak.
Texnik qavatlarda evakuatsiya chiqish joylari 1,8 m dan kam bo‘lishi mumkin emas. Bu chiqish
joylarini texnik yerto‘lalarda, binodan chiqish joylaridan alohida bo‘lishi va bevosita tashqariga olib chiqishi
lozim.
Ushbu talablarga muvofiq evakuatsiya chiqish joyi hisoblanadi, agar ular olib chiqsa:
a) yerto‘la va sokol qavatlardan bevosita tashqariga olib chiqsa;
b) birinchi qavat xonasidan bevosita tashqariga yoki zina katagi, koridor, vestibyul orqali olib chiqsa;
v) birinchi qavatdan tashqari istalgan qavatning xonasidan koridor, zina katagiga olib boruvchi yoki
to‘g‘ridan-to‘g‘ri zina katagiga olib chiqsa. Bunda zina katagida tashqariga chiqish joy bo‘lish kerak yoki
vestibyul orqali alohida koridoga tutash joyida to‘siqli eshik bo‘lishi lozim.
Me’yor talablariga asosan tambur orqali tashqariga chiqish joyini o‘rnatishga ruxsat etiladi. Evakuatsiya
yo‘llari va chiqish joylariga qo‘yiladigan talablar qurilish me’yorlari va qoidalari tomonidan belgilanadi.
Evakuatsiya yo‘llariga koridor, o‘tish joyi, foye, zina kataklari va vestibyullar kiradi. Lift va eskalatorlar
evakuatsiya yo‘llari hisoblanmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: