Yong‘in to‘g‘risida avtomatik xabar beruvchi uskunalar (datchiklar) turlari: a- MDPI-0,28 issiqlik datchiki; b- DSP-0,38 issiqlik datchiki; v-datchik KI-1 (tutunga va temperatura
oshishiga ta’sirlanadi); g-datchik SI-1 (alanganing yorug‘likiga ta’sirlanadi).
Maksimal tipdagi ATIM xabarchisi xonadagi belgilangan harorat chegara miqdoridan ortib ketganda
ishga tushadi. Bu xabar¬chilar 60 va 80 °C haroratga moslangan bo'lishi mumkin, harorat shunuqtaga
chiqqandan keyin 2 minut davomida ishga tushadi.
Muhofazalashi mumkin bo'lgan maydon 15
m 2 . Differensial tipdagi TEDS xabarchisi harorat keskin
ortishi hisobiga ishlaydi. TEDS o'rnatilgan xona harorati 7
sek. ichida keskin ko'tarilib ketsa, u ishga tushadi.
Sunday xabarchining muhofaza qilish maydoni 30 m
2
.
Maksimal differensial tipdagi xabarchilar tashqi muhit harorati ko'tarilishi hisobiga ishlaydi. Bunday
xabarchilaming ishga tushish vaqti 50 sek, muhofaza maydoni 25
m 2 atrofida. Issiqlik xabarchilarining ishlash
uslublari va tuzilishlari har xil bo'lishi mumkin. Issiqlik ta'sirida ishlaydigan xabarchilarning bitta umumiy
kamchiligi bor. Ular alanga yoki issiqlik ajralgandan keyin 1—2 minut o'tgach ishga tushadi. Yong'in vaqtida
mana shu 1—2 minut nihoyatda qimmatga tushishi mumkin.
Shuning uchun ham sanoat korxonalarida kam vaqt ichida ishga tushadigan xabarchilar o'rnatish
maqsadga muvofiq. Bunday xabarchilar yong'in chiqishi bilan yoki birinchi chaqnash, tutun va uchqun
chiqqan zahoti ishga tushishi kerak. Bunday asboblarni fotoelementlar ionizatsiya kameralari, yarim
o'tkazgichlar va termoparalar yordamida amalga oshirish mumkin. Termoparaga asoslangan issiqlik
xabarchilari issiqlikni elektr energiyasiga aylanishi asosida ishlaydi. Agar biz elektr zanjirni har xil elektr
o'tkazuvchanlikka ega bo'lgan turli materialdan tayyorlasak va ularning ulangan yerlariga har xil issiqlik bilan
ta'sir ko'rsatsak, bu zanjirda ma'lum miqdorda elektr yurituvchi kuch (EYuK) hosil be'ladi. Bu elektr
yurituvchi kuchning miqdori zanjirda ishtirok etayotgan yarim o'tkazgichning xossasiga va haroratlar farqiga
bog'liq bo'ladi. Har xil yarim o'tkazgichlardan tashkil topgan elektr zanjiri termopara deb yuritiladi. Elektr
yuritish kuchi miqdorini oshirish uchun EYuK ni tashkil qiluvchi termoparalar soni oshiriladi (batareya
tuziladi).
TOL-10/100 stansiyasi sanoat obyektlaridan yong'in signalini qabul qilishga mo'ljallangan. Stansiya har
biri 10 tadan nurga ega bo'lgan to'qqizta liniya blokini umuman Stansiya blokiga birlashtirgan holda qabul
qilish qurilmasiga ega. Stansiya har bir nurga cheklanmagan miqdorda xabarchilar ulash imkoniyatini berish
bilan birga, xabar signalini qabul qiladi, yo'nalishlarning normal ish-layotganliginni tekshiradi va
nosozliklarni aniqlaydi, xabar signalini yong'inni o'chirish bo'limiga uzatadi, o't o'chirishning avtomatik
tizimlarini ishga tushiradi. RUOP-I radioizotop ustanovkasi yonib ketgan joylarni tutun bo'yicha aniqlab,
yorug'lik va ovoz signalarini beradi, yong'inga qarshi avtomatik tizimlarni ishga tushiradi.