Fanidan O‘quv metodik majmua



Download 5,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/263
Sana01.07.2022
Hajmi5,08 Mb.
#726336
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   263
Bog'liq
MAJMUA

Nаzоrаt sаvоllаri 
1. Yong’in dеgаndа nimа tushunilаdi? 
2. Yong’inning dаvоmiyligi nimаlаrgа bоg’liq? 
3. Yong’inning хаvfli vа zаrаrli оmillаri nimа? 
4. Yong’inni o’chirish mоddаlаrigа nimаlаr kirаdi? 
5. Yong’inni o’chiruvchi mоddаlаrning klаssifikаtsiyasini аyting? 
6. Yong’inni оldini оlish tаdbirlаrini аyting? 
7. Ishlаb chiqаrishdа ishlаtilаdigаn mоddiylаr yonish хususiyati bo’yichа nеchа turgа bo’linаdi vа ulаr 
qaysilаr? 
13-ma’ruza: Yong’in xavfsizligi asoslari 
Reja: 
1. Yong‘inga qarshi texnik vositalar. 
2. Yong‘inni o‘chirish usullari va vositalari, turlari, xususiyatlari va ularga qo‘yiladigan talablar.
3. Yong‘in ofatida inshootlardagi fuqarolarni evakuatsiya qilish tartibi, yong‘inga qarshi to‘siqlar, 
xususiyatlari, yong‘in darakchilari va aloqa tizimi.


93 
4. Portlash hodisasi, uning xususiyatlari, unga qarshi chora-tadbirlar.
 
1. Yong‘inga qarshi texnik vositalar. 
Yong’inga qarshi himoya sistemasi
– bu yon’inning xavfli 
omillarini insonga ta’sirini bartaraf etishga va yong’in vaqtida material zararlar miqdorini cheklashga 
qaratilgan tashkiliy tadbirlar va texnik vositalar majmuidir.
O’t o’chiruvchi moddalar va ularning xususiyatlari. 
Eng keng tarqalgan 
o’t o’chirish moddalariga
suv, suv bug’i, uglekislota, namlagichlar, Кimyoviy va havo-mexanik ko’piklar, galoid tarkibli 
uglevodorodlar, kukun tarkibli aralashmalar, uglerod ikki oksidi, brometil birikmalar, inert gazlar va boshqa 
mexanik vositalar (qum, tuproq, brezent va h.k) kiradi.
O’t o’chirish moddalari quyidagicha tasniflanadi
:
Yon’inni o’chirish usuliga ko’ra
– sovutuvchi (suv 
va qattiq uglekislota); suyultiriluvchi, ya’ni yon’in zonasidagi kislorod miqdorini kamaytirish (ma’lum 
miqdordagi uglekislota gazi, yupqa zarrali suv, suv bug’i yoki inert gaz aralashmasi); izolyatsiyalovchi 
(yonish zonasi, atrof muhit bilan ko’pik yoki kukun pardasi hosil qilish orqali izolyatsiyalanadi); ingibir 
xususiyatli (tarkibi brometil, dibromtetraftor etan va brom metildan iborat galoid tarkibli uglevodorodlar, 
tarkibi 3,5-4 ND freondan iborat moddalar va b.);
Elektr o’tkazuvchanligi bo’yicha
– elektr o’tkazuvchi (suv, suv bug’i va ko’pik); elektr o’tkazmaydigan 
(gazlar va kukunlar);
Zaharliligi bo’yicha
– zaharsiz (suv, kupik va kukunlar), kam zaharli (uglekislota va azot) va zaharli 
(3,5-brometil, freon tarkibli). 
Suv
o’t o’chirishda aloxida yoki turli xil Кimyoviy moddalar bilan aralashma holatida foydalaniladi. 
Suvning o’t o’chirish xususiyati yonuvchi moddani yonish haroratidan past haroratgacha sovutishga 
asoslangan. Suvning hajmi bug’lanish davrida 1700 va undan oshiq martagacha ortadi va bug’ yonish 
zonasidan kislorodni siqib chiqaradi.
Uglekislota
(is gazi) va uglerod ikki oksidi rangsiz va havodan 1,5 marta og’ir gaz. U yon’in muhitida 
parda hosil qilib yon’in zonasiga kislorod kirishini to’xtatadi. Undan sig’imlardagi yengil yonuvchi va 
yonuvchi suyuqliklar yon’inini, elektr jihozlari yon’inlarini va muzeylar, arxivlar kabi suvdan va ko’pikdan 
foydalanish maqsadga muvofiq bo’lmagan binolardagi yon’inlarni o’chirishda foydalaniladi. 
Namlash vositalarining
fizik xususiyati yonuvchi materiallarni namlanish, xo’llanish xususiyatini 
oshirishga asoslangan. Ularga sovun, sintetik aralashmalar, amilsulfat alkilsulfonat va boshqa aralashmalar 
kiradi. Bu aralashmalar yon’in muhitida og’ir bug’ va gaz hosil qilib, yonish zonasiga kislorod kirishini 
to’xtatadi, haroratni susaytiradi va yon’inni o’chiradi. 
Ko’piklar
kam issiqlik o’tkazuvchanlik, yetarli darajada qo’zg’aluvchanlik, issiqlikni qaytarish samarasi 
katta, tutun zichligini kamaytirish xususiyatiga va kam mexanik mustahkamlikga ega bo’lgan o’t o’chiruvchi 
moddalar hisoblanadi. Ular tayyorlanish usuliga ko’ra Кimyoviy, havo-mexanik va yuqori karrali ko’piklarga 
bo’linadi. 
Кimyoviy ko’piklar alohida saqlanuvchi aralashmalar (ishqorli va kislotali)ni yon’in zonasiga uzatish 
yoki ko’pik hosil qiluvchi kukunlar aralashtirish orqali PG-50, PG-100 ko’pik generatorlari yordamida hosil 
qilinadi. Ko’pik kukunlari – oltingugurt ammoniy va natriy bikorbonat aralashmasi bo’lib, 1 kg kukun va 10 
litr suvdan 40-60 litr ko’pik olish imkonini beradi. Neft mahsulotlari yon’inlarini PO-1, PGP kukunlari, spirt 
va atseton yon’inlarini GGPS kukuniga 2% sovun aralashtirilib tayyorlangan ko’piklar yordamida o’chirish 
mumkin. Havo-mexanik ko’piklar havo-ko’pik stvollari yordamida suv, injekterlangan havo va ko’pik hosil 
qiluvchilar asosida olinadi. 
Suvning bosimi va ko’pik hosil qiluvchilar xususiyatiga ko’ra ko’piklar o’rta va yuqori karrali bo’lishi 
mumkin. Ko’pik karraligi deganda hosil bo’lgan ko’pik hajmini, uni hosil qilishga sarflangan barcha suyuqlik 
miqdoriga nisbati tushuniladi. 5 dan 100 karralikgacha ega ko’piklar kam va o’rta; 100 dan katta karralikga 
ega ko’piklar yuqori karrali ko’piklar deyiladi. 
Inert gazlar
(azot, argon, geliy, tutun va chiqindi gazlar) asosan yon’indan saqlanish maqsadida neft 
mahsulotlari sig’imlarini payvandlashdan oldin to’ldirib ishlov berishda ishlatiladi. 
Mexanik vositalar
(brezent, voylok, qum, tuproq va b.) yon’inni boshlanish davrida, ya’ni uchqunlanish 
fazasida uchirish maqsadida foydalaniladi 
Sanoat korxonalari binolarini yong'indan muhofaza qilish uchun ishlatiladigan asosiy texnik qurilmalar 


94 
QMQ 2.01.02 92 asosida aniqlanadi. 

Download 5,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish