Fanidan O‘quv metodik majmua



Download 5,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/263
Sana01.07.2022
Hajmi5,08 Mb.
#726336
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   263
Bog'liq
MAJMUA

Signal vositalari
.
Yong'inga qarshi kurashning asosiy omillaridan biri uni o'z vaqtida aniqlash va 
yong'in kuchayib ketmasdan oldin unga qarshi kurash chora-tadbirlarini amalga oshirishdir. Bunda aloqa 
vositalari va signalizatsiyalardan foydalanish yaxshi natija beradi. Shuning uchun sanoat korxonalarida 
aloqaning eng ishonchli vositasi hisoblangan umumshahar telefon aloqasi to'g'ridan-to'g'ri o't o'chirish 
komandalari bilan bog'langan bo'ladi. Avtomat telefon stansiyalarida o't o'chirish komandasini 
01
telefon 
nomerini terib chaqiriladi. 
Sanoat korxonalarida yong'in bo'lganda odam ishtirokisiz, yong'in haqidagi xabarni dispetcher xizmatiga 
yoki to'g'ridan-to'g'ri o't o'chirish komandasiga yetkazish juda ma'quldir. Bunda yong'in haqidagi xabarda, 
yong'in bo'layotgan joy ko'rsatilganligidan o't o'chirish komandasi tez fursatda yetib boradi. Hozirgi vaqtda 
ishlatiladigan EPS yong'in signalizatori ishonchli hisoblanadi. 
Bu tizimlarning ba'zi birlari avtomatik o't o'chirish vositalar bilan ta'minlangan, shuning uchun bunda 
yong'in haqida signal berish bilan birga muhofazalanayotgan binodagi yong'inni o't o'chirish komandasi 
kelguncha o'chirish ham mumkin. 
EPS signal tizimi xabar beruvchi va xabar qabul qilish stansiyasi (kommutator), energiya manbai, ovoz 
hamda yorug'lik signali-zasiyalaridan tashkil topgan. Bu tizim ikki xil usulda o'rnatilishi mumkin. Nursimon 
usulda har bir xabar beruvchi tizim, qabul qilish stansiyasi bilan ayrim sim orqali to'g'ridan-to'g'ri ulangan. 
Har bir nur ikkita: borish va qaytish simlaridan tashkil topgan. Qabul qilish stansiyasi o'zining tuzilishi 
jihatidan telefon stansiyasiga o'xshaydi. Nursimon tizim puxta va ishonchli bo'lib, bir vaqtni o'zida hamma 
nurlardan axborot qabul qila oladi. Yagona kamchiligi unga nihoyatda ko'p miqdorda sim sarflanadi. 
Yuqorida keltirilgan yong'inga qarshi elektr signalining ahamiyatli tomoni shundaki, uning tarmoqlari 
orqali elektr toki muntazam o'tib turadi. Shuning uchun ham uning barcha qismlarining puxta ishlayotganligini 
doimo nazorat qilib turish mumkin. Bu esa, o'z navbatida, yong'in haqidagi xabarni o'z vaqtida yetib borishini 
ta'minlaydi. 
Yong'in haqidagi ma'lumotni xabar beruvchi qurilma qabul qilib oladi va unda issiqlik energiyasi elektr 
energiyasiga aylantirilganligi sababli qabul qilish stansiyasiga simlar orqali ma'lumot yuboriladi. Ba'zi bir 
tizimlarda bu ma'lumotlarni uzatish bilan cheklanmasdan, balki o't o'chirish vositalarini ishga tushirish ham 
avtomatik ravishda amalga oshiriladi. Xabar beruvchi qurilmalar ishlash tamoyiliga qarab qo'l bilan 
harakatlantiriladigan va avtomatik ravishda ishlaydigan turlarga bo'linadi. Qo'l bilan harakatlantiriladigan 
xabar beruvchi qurilmalar sanoat korxonalari sexlarida maxsus o'rnatilgan knopkalarni bosish bilan bajariladi. 
Avtomatik xabar berish qurilmalari (AXB) tashqi muhitning ba'zi bir parametrlarni, masalan, 
haroratning ko'tarilishi, tutun paydo bo'lishi va alanga ko'tarilishi natijasida hosil bo'ladigan o'zgarishlar 
asosida ma'lumotlarni qabul qiladi. Avtomatik xabar berish qurilmalari qaysi omilga qarab ma'lurnot 
berishidan kelib chiqqan holda qo'llaniladi. Issiqlik orqali xabar berish qurilmalari yong'indan paydo 
bo'ladigan issiqlikni qabul qiladi, tutun xabarchisi tutunga bog'langan bo'ladi, alangani yorug'lik xabarchisi 
qabul qiladi, aralashma xabarchilar tutun va alanga yoki tutun va issiqlik asosida qurilgan bo'lishi 
mumkin.(9.2-rasm). Avtomatik xabarchilar uning ishlash tamoyili nimaga asoslan-ganligi jihatidan bimetall, 
termoparalarga yoki yarim o'tkazgichlarga asoslangan bo'ladi. Issiqlik xabarchilari ishlash xossalariga qarab, 
maksimal, differensial va maksimal-differensial turlarga bo'linadi. 


95 
13.1-rasm. 

Download 5,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish