42
- atmosfera bosimining ortishi inson tanasini siqib, qon tomirlari yorilishiga, ya’ni, teridagi va og‘iz-
burun bo‘shliqlaridagi hamda quloqdagi kopillyar tomiralar yorilishiga olib kelib, qon ketishi ko’zatiladi;
- atmosfera bosimining kamayib ketishi inson tanasidagi qon bosimi kapillyar tomirlarni yorib, qon
ketishi ko’zatiladi;
- havo tarkibida zararli moddalarning ruxsat etilgan chegaraviy meyordan ortib ketishi pnevmoniyaning
turli ko‘rinishidagi kasalliklarga olib keladi. Shuning uchun ham ko‘rsatilgan barcha omillarga ishlab
chiqarish korxonalaridagi ish joylarida alohida e’tibor beriladi. Bularning barchasi bilan ishlab chiqarish
sanitariyasi shug‘ullanadi.
Texnosferadagi havo muhiti tashqaridagiga nisbatan alohida to‘siq devor yordamida ajratib
qo‘yilganligi sababli mikroiqlim deb ham yuritiladi.
Ishlab chiqarish sanitariyasi korxona binosidagi mikroiqlimni meyorlashtirish bilan ham shug‘ullanadi.
Ish joylaridagi mikroiqlim asosan xona ichidagi iqlim hisoblanib, uning asosiy parametrlari – harorat, bosim,
nisbiy namlik va havoning bir tomondan ikkinchi tomonga qiladigan harakati tezligi hisoblanadi. Bularning
meyorlari quyidagicha bo‘ladi:
Harorat: yengil, aqliy mehnat qilinadigan xonalarda 22-25
o
C, og‘ir jismoniy mehnat qilinadigan xonalar
uchun 19-22
o
C;
Havoning nisbiy namligi 60-40%;
Havoning harakat tezligi yengil ishlar uchun 0,3-0,5 m/sek; o‘rta og‘irlikdagi mehnat sharoitlari uchun
0,5-0,7 m/sek; og‘ir jismoniy mehnat xonalari uchun 0,7-1,2 m/sek;
Atmosfera bosimi 450-900 mm.sim.ust. (60-120 kPa)da ishlash imkoniyati bo‘ladi. Ko‘rsatilgan
meyordan ortgan yoki kamaygan holdagi atmosfera bosimi sharoitida ishlashga ruxsat berilmaydi.
Ish joyidagi mikroiqlim parametrlari ana shu ko‘rsatkichlardan yuqori, yoki aksincha past bo‘lishi
ishlab chiqarish sharoitlari meyorining buzilishiga olib keladi. Shuning uchun ham ish joyidagi mikroiqlim
parametrlarini meyorlashtirish ishlari amalga oshiriladi. Buning uchun quyidagi ishlar bajariladi:
harorat ortganda konditsioner ishlatiladi;
harorat pasaygan hollarda isitgichlar ishlatiladi, buni yirik inshootlar uchun kolorifer(issiq havo
haydovchi) ventilyatorlar yordamida amalga oshirilishi mumkin;
nisbiy namlik kamayganda xonaga ochiq idishlarda suv quyib-qo‘yiladi(yoki zamonaviy
konditsionerlar qo‘llaniladi);
nisbiy namlik ko‘payib ketganda xona havosi shamollatiladi, konditsionirlanadi;
xonadagi havoning harakati sezilmasa, xona derazalarini ochish bilan, zarur bo‘lgan hollar uchun
eshiklarni ham qo‘shib ochgan holda shabada hosil qilinadi yoki shamollatish qurilmalar(Issiq sharoitlarda
ishlash vaqtida ham ventilyator)lardan foydalaniladi.
Ishlab chiqarish sanitariyasi yoritish meyorlari, ishlab chiqarishdagi nurlanishlar, turli tebranishlar –
elektromagnit to‘lqinlar, shovqin, titrash meyorlari bilan ham shug‘ullanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: