Fanidan O‘quv metodik majmua



Download 5,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/263
Sana01.07.2022
Hajmi5,08 Mb.
#726336
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   263
Bog'liq
MAJMUA

Nazorat savollari
1. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarga qanday holatlar kiradi? 
2. Baxtsiz hodisalar kim tomonidan tekshiriladi? 
3. Oqibati og‘ir va o‘lim bilan tugagan baxtsiz hodisalar qanday tartibda tekshiriladi? 
4. Baxsiz hodisalarni tekshirish uchun necha kun muhlat beriladi? 
5. Qanday baxtsiz hodisalar ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar deb hisoblanmaydi? 
6. Baxtsiz hodisalarni maxsus tekshirish uchun necha kun beriladi? 
7. Ish beruvchi baxtsiz hodisani tekshirish va rasmiylashtirishdan bosh tortsa jabrlanuvchi kimlarga 
murojaat qilishi kerak? 


40 
8. N-1shakldagi dalolatnoma necha yil saqlanishi kerak? 
 
 
 
 
5-ma’ruza: Ishlаb chiqаrish jarayonlari sаnitаriyasi va gigiyenasi. 
Rеjа: 
1. Ishlab chiqarishning sanitariyasi va gigiyenasi meyorlari, mazmuni 
2. Texnosferada havo muhitining ko‘rsatkichlari, ularning mehnat faoliyatiga ta’siri. 
3. Ishlab chiqarishda ob-havo sharoiti va ularni meyorlash. 
 
1.Ishlab chiqarishning sanitariyasi va gigiyenasi meyorlari, mazmuni. 
Ishlab chiqarishda ishchi organizmiga alohida texnologik jarayonlarning kasb kasalliklariga olib 
keluvchi zararli ta’sirlarini ogohlantiruvchi va sog‘lom mehnat gigiyenasi bilan ta’minlovchi sanitar texnik 
tadbirlar tizimi ishlab chiqarish sanitariyasi deyiladi. 
Ishlаb chiqаrish sаnitаriyasi
- ishchilаrgа zаrаrli ishlаb chiqаrish оmillаrini tа’sirini оldini оluvchi 
vоsitаlаr, sаnitаr-tехnik, gigiеnik vа tаshkil iy tаdbirlаr sistеmаsidir. Ishlаb chiqаrish sаnitаriyasidааsоsiy 
e’tibоr insоngа hаvо muhiti vа bеvоsitа tеgish оrqаli sаlbiy tа’sir etаdigаn ishlаb chiqаrishning zаrаrli 
оmillаrigа qаrаtilаdi. Hаvооrqаli ishchigа tа’sir etаdigаn zаrаrlаr, nоqulаy mikrоiqlim, changlаr, gаzlаr, 
shоvqinlаr, infrа vа ultratоvushlаr, ish jоylаrini yoki хоnаni yetarlicha bo’lmаgаn vа judа hаm yoritilgаnligi 
elеktrоmаgnit, infrаqizil, ultrabinаfshа, rаdiоаktiv vа bоshqа nurlаnishlаr ko’rinishlаridа bo’lishi mumkin. 
Insоngа zаrаrli оmillаr ulаrgа bеvоsitа tеkkаndа hаm sаlbiy tа’sir qilishi mumkin. Ulаrgа qаttiq yoki suyuq 
zаrаrli ,,mоddаli" uskunаlаr yoki jihоzlаrni misоl qilib kеltirish mumkin. 
Оchiq mаydоnlаrdа dаlаdа jаrаyonlаrni bаjаrishdа ishchilаr хаvfsizligi vа sоg’ligi mеtеоrоlоgik (hаvо 
hаrоrаtining yuqori yoki pаstligi, shаmоl, yomg’ir, qоr, quyosh rаdiаtsiyasi vа bоshqаlаr) shаrоitgа hаm 
bоg’liq bo’lаdi. 
Ishlаb chiqаrish sаnitаriyasining vаzifаsi esа ishlаb chiqаrish zаrаrlаrining ruхsаt etilgаn dаrаjаsi аsоsidа 
sоg’lоm vахаvfsiz mеhnаt shаrоitini yarаtishdir. Bunday tadbirlarga quyidagilar kiradi: 
- ishlab chiqarish muhitida meyoriy meteorologik (mikroiqlim) sharoitlar yaratish; 
- toksik moddalarning chang, bug‘ va gazlarining zararli ta’sirlarini yo‘qotish, yo‘qotishning iloji 
bo‘lmagan hollarda kamaytirish; 
- ishchi zonalarda va ishchi o‘rinlarida shovqin va titrashlarni yo‘qotish yoki kamaytirish; 
- ishchi zonalarda va ishchi o‘rinlarida ratsional yoritishni ta’minlash; 
- radioaktiv modda yoki izotoplar bilan bog‘liq nurlanish kasalliklari profilaktikasi; 
- sovuq yoki issiq harorat sharoitida ishlovchilar uchun maxsus mehnat rejimi; 
- zaruriy sanitar-maishiy xonalar va qulayliklar bilan ta’minlash; 
- maxsus kiyim, maxsus oyoq kiyimi va shaxsiy(individual) himoya vositalari bilan ta’minlash; 
- qo‘l mehnatini yengillashtirish maqsadida texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish, yangilash; 
- sanoat korxonalarini asrash qoidalari, texnologik jarayonlarni tashkil etish va jihozlarni o‘rnatish 
qoidalarini ishlab chiqish; 
- tashqi muhit fizik omillarining ruxsat etilgan parametrlarini belgilash. 
Ishlab chiqarish sanitariyasi, ishchi va xodimlar uchun maishiy xizmat xonalarini tashkil etishni 
belgilaydi. 
Gigiyenik me’yorlarni ilmiy asoslashning katta ahamiyati bor. Bunday ish qobilyatini saqlash va 
oshirish uchun qulay, ishlovchilarning salomatligiga zararli ta’sirining oldini olish imkonini beradigan tashqi 
muhit ko’rsatkichlarini ham aniqlash lozim. Bu, avvalo, yaxshi mikroiqlim sharoitlarini yaratish, ish joylarini 
maqbul ravishda yoritish va boshqalardan iborat. Ishlab chiqarish muhiti fizik va kimyoviy omillarning zarari 
hususida organizm uchun yo’l qo’yiladigan daraja va miqdorlar belgilanishi lozim.
Sanitariya-Gigiyenik me’yorlar Mehnat Kodeksi asosida tashkil etib, ishlab chiqarishga ilmiy 
asoslangan va jahon andozalariga javob beradigan ilg’or texnologiyalariga asoslangandir. Yuqori mehnat 
unumdorligiga imkon beradigan sharoitlarni ta’minlash uchun uskunalar, jihozlar, boshqarish pultlari va ish 


41 
joyini tuzilishi, mehnat va dam olish davrlarining davomiyligi, ish qobiliyatiga ta’sir qiladigan qator boshqa 
omillarga bo’lgan talablarni fiziologik jihatdan asoslash zarur. 
Mehnatni ilmiy asosda tashkil etishning asosiy yo’nalishlari quyida keltiriladi:
-
Gigiyenik yo’nalishda
: salomatlik va ish qobilyatiga ta’sir qiladigan ishlab chiqarish muhiti omillarini 
me’yorlash; ishlab chiqarish muhitidagi zararli omillarni kamaytirish va yo’qotish yo’llari bilan mehnat 
sharoitlarini sog’lomlashtirish. 
-
Fiziologik yo’nalishda
: ish joyi, asboblar, mashina va jihozlarni fiziologik talabalarga muvofiq holda 
bo’lishga erishish; mehnat va dam olish rejimlarini joriy etish; mehnatning jismoniy og’irligini kamaytirish, 
fiziologik jihatdan yetarlicha harakat faoliyatini ta’minlash; mehnatning aqliy va emotsional toliqtirishni 
kamaytirish. 

Psixologik yo’nalish
: pultlar va mashinalar, mexanizmlar tizimlarini boshqarish uchun boshqa 
vositalar ixtiro qilishda ruhiyat talablarini hisobga olish (muhandislik ruhiyati); kasb tanlashda va kasbiy 
talablarga muvofiq holda shaxsning ruhiy hususiyatlarini hisobga olish; jamoalarda qulay ruhiy kayfiyat 
yaratish, ishlovchilarning mehnatdan va uning natijalaridan yuqori manfaatdor bo’lishlarini ta’minlash 
bo’yicha tadbirlar ishlab chiqish va joriy qilish. 

Estetik yo’nalish
: intererlarni bezatishda, uskunalarni joylashtirishda, ranglar bilan bezatishda va 
boshqalarda ishlab chiqarish estetikasi talablariga rioya qilish; texnikaviy estetika talablarini bajarish, 
mashinalar, asboblar, jihozlar, pultlar singari boshqaruv vositalarini ixtiro qilish.
Qurilayotgan va loyiha qilinayotgan zavod, fabrika va boshqa ishlab chiqarish obyektlarida Gigiyenik-
sanitariya masalalari bo’yicha ma’lum talablar qo’yiladi. Mehnat gigienasi bo’yicha muhandis va ularning 
yordamchilarini joylardagi havoning tozaligi, mehnat fiziologiyasi talablarining bajarilishi, meteorologik 
sharoitlarga doir sanitariya me’yorlari, ish joylarining yoritilishi, ishlab chiqarishda shikastlanishlarning oldini 
olish bo’yicha choralar qo’llanishi ustidan nazorat qilib boradilar. Bu ma’lumotlar tahlili va ishchilarning 
salomatligi to’g’risidagi ma’lumotlar asosida sog’lomlashtirish tadbir-rejalari sanitariya nazoratining asosiy 
vazifasi hisoblanadi.
Aksariyat sog’lomlashtirish tadbirlari mehnat sharoitlarini yaxshilash va shu tariqa kasb kasalliklari 
paydo bo’lishining oldini olibgina qolmay, balki mehnat unumdorligini oshirishga ham imkon beradi. Gigiena 
mutaxassislar tomonidan joriy qilingan sog’lomlashtirish tadbirlarining iqtisodiy samaradorligi so’mlarda 
hisoblanadi.

Download 5,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish