Fani bo’yicha O’quv-uslubiy majmua


Iqtisodiyotni modernizatsiyalashtirish sharoitida pul mablag’lari va tashkilotlar o’rtasida hisoblashishlar hisobining vazifalari



Download 14,49 Mb.
bet93/417
Sana08.04.2022
Hajmi14,49 Mb.
#538122
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   417
Bog'liq
2 5303010564346220036

Iqtisodiyotni modernizatsiyalashtirish sharoitida pul mablag’lari va tashkilotlar o’rtasida hisoblashishlar hisobining vazifalari.
Xo’jalik yurituvchi sub’yektlarda pul mablag’lari hisobini to’g’ri va aniq tashkil qilinishi hamda uni takomillashtirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi.
Xo’jalik yurituvchi sub’yektning buxgalteriyasi, odatda, barcha to’lov va hisob-kitob muomalalarini amalga oshiradi hamda ushbu muomalalarni qonunlarga muvofiq, o’z vaqtida va to’g’ri rasmiylashtirish ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Iqtisodiy kategoriyaga amal qiluvchi har bir mamlakat rivojlanishining asosiy vositalaridan biri pul bo’lib, bozor iqtisodiyotiga o’tish va unda ish yuritishda uning o’rni va ahamiyati yanada oshib boradi. Darhaqiqat, pul – «bozor tili» deb bejiz aytilmagan. Har bir iqtisodiy axborot, tovarlar va xizmatlar bahosi, to’lovlar, daromad va xarajatlar, moliyaviy talablar va majburiyatlar, iqtisodiy aloqalar makro va mikro darajada faqat pulda ifoda qilinadi.
O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida bozor munosabatlarining rivojlanishi jarayonida shartnomaviy asoslari mehnat vositalari va kreditlarini xarid qilish, mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni sotish bobida bitimlar tuzayotgan korxonalar o’rtasida munosabatlar kengayib bormoqda. Bundan tashqari, byudjet, banklar, sug’urta organlari, turli jamoat tashkilotlari, xayriya fondlari, bevosita xodimlar va hokazolar bilan to’lov muomalalari amalga oshirilmoqda.
Hisob-kitob schyotidan to’lovlar mol yetkazib beruvchilardan olingan material va asosiy vositalar uchun, byudjet va sug’urtaga bo’lgan qarzlarini to’lash uchun, ish haqi berish uchun kassaga pul mablag’lari olinishi va boshqa maqsadlar uchun amalga oshiriladi. Har bir to’lov korxona bilan, ya’ni hisob-kitob egasi bilan kelishgan holda amalga oshiriladi, lekin quyidagi hollarda bank korxonaning hisob-kitob schyotidan mablag’larni boshqa tashkilotlar hujjatlari asosida yechib oladi: moliya organlarining buyruqlari asosida, agar soliqlarning to’lash muddati o’tib ketgan bo’lsa; kreditdan foydalanganlik uchun foiz; bank xizmati uchun va hokazo.
Naqd pulsiz to’lovlarni amalga oshirishda tomonlarning mas’uliyati har bir ishtirokchi uchun belgilanadi. Masalan, mol yetkazib beruvchi uchun bu – shartnomaga va yuklab jo’natilgan mahsulotga muvofiq amalga oshirilgan pul ekvivalentini o’z vaqtida olish, xaridor uchun – mol yetkazib beruvchi tomonidan shartnoma shartlarining bajarilishi.
Korxonalar tomonidan byudjet va turli fondlar o’rtasidagi qarzlarni uzish pul to’lov vositasida amalga oshiriladi. Likvid aktivlar bo’lgan pul mablag’lari yordamida korxonalar mablag’larining pul shakllari ishlab chiqarish zahiralari, mehnat qurollari va hokazolarga aylantirilishi, pul tushumini va undan o’rin olgan sof daromadni olish amalga oshiriladi.
SHunday qilib, to’lov tizimi va to’lov muomalalari mablag’lar doiraviy oborotini ta’minlashning eng muhim omili bo’lib maydonga chiqadi, ularni o’z vaqtida tugallash esa ishlab chiqarishning uzluksiz jarayonini ta’minlashning zaruriy sharti bo’lib xizmat qiladi.
To’lovlar, asosan, naqd pullarni ishlatmasdan, korxonaning bankda ochgan hisob-kitob, valyuta yoki boshqa xil schyotlari orqali yoki naqd pullar bilan o’zaro hisob-kitoblar ko’rinishida amalga oshiriladi (naqd pulsiz yoki naqd pulli hisob-kitoblar).
Hisob-kitob muomalalarini bank orqali o’tkazish korxonalarning o’zlari belgilagan ish haqi fondlariga, xizmat safarlari va xo’jalik xarajatlari limitlariga rioya qilishlarini har tomonlama nazorat qilish, korxonaning davlat byudjeti bilan soliqlar, yig’imlar bo’yicha o’z vaqtida hisob-kitob qilishini, mol yetkazib beruvchilarning schyotlari va to’lov talabnomalariga o’z vaqtida haq to’lashni kuzatib borish, korxonaga turli maqsadlar uchun, muayyan ta’minot hisobidan ssudalar berish va mazkur ssudalarning belgilangan muddatda qaytarilishini kuzatish va hokazolar imkonini beradi.
Bank orqali naqd pulsiz o’tkazishlar yo’li bilan to’lovlar shakli yordamida nafaqat mol yetkazib beruvchilar bilan ulardan kelib tushgan moddiy boyliklar uchun yoki xaridorlar bilan ular sotgan mahsulotlar, bajargan ishlar va xizmatlar uchun hisob-kitoblar, balki shuningdek byudjet bilan soliqlar bo’yicha, turli xil debitor va kreditorlar, bosh (asosiy) kompaniya yoki birlashma bilan (ichki doiraviy, ichki xo’jalik hisob-kitoblar), kasaba uyushma tashkiloti bilan hisob-kitoblar hamda bir qancha boshqa to’lovlar amalga oshiriladi.
Pul mablag’larining nisbatan kichik summalaridan xodimlar bilan mehnatga haq to’lash bo’yicha, hisobot beruvchi shaxslar bilan xizmat safarlari xarajatlari, kassa orqali muomala qilinadigan naqd pullarga harid qilingan yoki sotilgan boyliklar (qimmatliklar) uchun naqd pulli hisob-kitoblar qilishda foydalaniladi. Pul mablag’lari barcha hisob-kitoblarda vositachi bo’lgani sababli, tabiiyki, respublika xalq xo’jaligida mablag’larning bir maromdagi doiraviy aylanishini, bozor iqtisodiyoti sohasida faoliyat yuritishni ta’minlash uchun barcha o’zaro to’lovlar va o’zaro hisob-kitoblar to’g’ri va o’z vaqtida bajarilishi zarur. O’z navbatida, pul mablag’lari, to’lov, hisob-kitob va kredit muomalalarini o’z vaqtida hamda samarali amalga oshirishga jiddiy ta’sir ko’rsatadi.
Buxgalteriya hisobi oldida pul mablag’lari, to’lovlar, hisob-kitoblar va kreditlarni hisobga olish borasida quyidagi asosiy vazifalar turadi:
- xo’jalik yurituvchi sub’yektning pul mablag’larini samarali boshqarish maqsadlari uchun kerakli axborot bilan ta’minlash;
- naqd pulsiz hisob-kitoblarni tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlar talablariga rioya etgan holda naqd pulsiz hisob-kitoblarni o’z vaqtida amalga oshirish;
- hisob registrlarida to’lov va hisob-kitob muomalalari pul mablag’larining mavjudligi hamda harakatini to’liq va tezkor aks ettirish;
- naqd pul mablag’laridan xo’jalik yurituvchi sub’yektda ishlab chiqilgan limitlar va smetalarga muvofiq foydalanishning amaldagi qoidalariga rioya qilish;
- pul mablag’lari va o’zaro hisob-kitoblar holatining inventarlanishini tashkil etish hamda belgilangan muddatlarda o’tkazish, debitorlik va kreditorlik qarzlarini uzish muddatlari o’tib ketishiga yo’l qo’ymaslik;
- kassada, banklardagi hisob-kitob, valyuta va boshqa schyotlarda pullar mavjudligi va to’liqligini nazorat qilish;
- pul resurslarining harakat oqimini bashorat qilish va pul mablag’larining harakat oqimini maqbul holga keltirishni tartibga solish bo’yicha tegishli boshqaruv qarorlarini tayyorlash.
Bosh buxgalter xo’jalik yurituvchi sub’yekt rahbari bilan birgalikda quyidagilarni ta’minlashi kerak: kelib tushayotgan barcha pul mablag’larining to’liq hisobi, shuningdek, boshqa xizmatlar rahbarlari bilan birgalikda debitorlik qarzlarini undirish va kreditorlik qarzlarini uzish, to’lov intizomiga rioya etish, pul mablag’lari, to’lovlar bo’yicha o’zaro hisob-kitoblar va majburiyatlar holatini belgilangan muddatlarda inventarlash, amaldagi qonunchilikka muvofiq undirish mumkin bo’lmagan, da’vo qo’zg’ash muddati o’tib ketgan qarzlarni buxgalteriya balanslaridan o’chirish.


Download 14,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   417




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish