Fani bo’yicha O’quv-uslubiy majmua



Download 14,49 Mb.
bet101/417
Sana08.04.2022
Hajmi14,49 Mb.
#538122
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   417
Bog'liq
2 5303010564346220036

To’lov talabnomasi hisob-kitob hujjati bo’lib, mol yetkazib beruvchi (yuk jo’natuvchi) va vositalarni boshqa oluvchilarning to’lovchiga muayyan summani bank orqali to’lash to’g’risidagi talabini o’z ichiga oladi.
To’lov talabnomalari bilan hisob-kitob qilish zarurati O’zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan, yuzaga kelgan moliyaviy vaziyatdan va to’lovlarni ta’minlash zaruratidan kelib chiqib belgilanadi.
To’lov talabnomalari bilan hisob-kitob qilishda vositalarni oluvchi unga xizmat ko’rsatuvchi bankka inkasso uchun to’lovchidan muayyan summani bank orqali to’lash talab qilingan hisob-kitob hujjatini taqdim etadi.
To’lovchilarning akseptli yoki akseptsiz talabli hisob-kitoblari korxonalar o’rtasida yuklab jo’natilgan (berilgan) tovarlar, bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar uchun, boshqa to’lovlar bo’yicha esa – amaldagi qonunlar yoki shartnomada ko’zda tutilgan hollarda qo’llanadi, talabnomada mazkur to’lov shaklini belgilagan tegishli me’yoriy hujjat, shartnoma bandiga, albatta, havola qilinishi kerak.
Olingan aksept belgilangan hisob-kitoblarda talabnoma aksept muddati tugagan kunning ertasiga to’lanadi.
To’lovchi unga xizmat ko’rsatadigan bank muassasasiga mazkur bank muassasasi talabnomani olgan kundan so’ng 3 kun davomida, talabnoma kelib tushgan kunni hisobga olmaganda, akseptdan voz kechishi to’g’risida aytish huquqiga egadir.
Zarurat tug’ilganda korxonaning so’roviga binoan bank muassasasi rahbari talabnoma aksepti muddatini 10 kunga qadar uzaytirishi mumkin.
Bank tomonidan 10 kun mobaynida rozilik (aksept) olinmagan taqdirda bunday talabnomalar bank muassasasiga qaytarilib, hujjat akseptlanmagani ko’rsatiladi.
Akseptdan voz kechishlarni qabul qilish huquqi berilgan mansabdor shaxslar doirasi bank rahbari tomonidan belgilanadi. Agar akseptdan voz kechish umuman asoslab berilmagan bo’lsa, uni bank ijro etish uchun qabul qilmaydi.
To’lov talabnomasi 0401001 – sonli blanklarda tuziladi. Agar talabnoma spetsifikatsiya bilan muvofiqlashtirilmagan bo’lsa, unga tovar transport hujjatlari yoki ular o’rnini bosuvchi hujjatlar ilova qilinishi kerak. Bank boshqa ilovalarni qabul qilmaydi, amaldagi qoidalarda ko’zda tutilgan hollar bundan mustasno.
Talabnomalarda mol yetkazib beruvchi, albatta:

  • shartnoma sanasi va raqamini ko’rsatadi;

  • tovarlarni yuklab jo’natish (berish) sanasi hamda tovar- transport yoki qabul qilish-topshirish hujjatlari va transport turi, tovarlar aloqa korxonasi orqali jo’natmalar sifatida yuborilganda - pochta kvitansiyalarining raqamlari ko’rsatilishi kerak.

Talabnomalar tovar yuklab jo’natilgan (xizmat ko’rsatilgan)dan so’ng shartnomada tilga olingan muddatdan kechiktirmay inkassoga topshiriladi.
Talabnomalar ikki nusxada tuziladigan reyestrga (0401014) kiritiladi.
Reyestr shakli mol yetkazib beruvchilarning xohishiga binoan mol yetkazib beruvchi bankining roziligi bilan o’zgartirilishi va rekvizitlar bilan to’ldirilishi mumkin.
Korxona buxgalteriyasida hisob-kitob schyotidagi pullar harakati bank ko’chirmalari bo’yicha «Hisob-kitob schyoti» nomli 5110–aktiv schyotda hisobga olinadi. Ushbu schyot bo’yicha kredit oborotlari 2-jurnal-orderda yoziladi, debet bo’yicha oborotlar esa turli jurnal-orderlarda aks ettiriladi. 2-jurnal-orderga 2-qaydnoma yuritiladi, unda 5110-«Hisob-kitob schyoti» schyot debetiga kiritilgan summalar hisobga olinadi.
Hisob-kitob schyotiga yozilgan va undan o’chirilgan summalarni hisobda aks ettirishdan oldin bank ko’chirmasi buxgalter tomonidan sinchiklab tekshiriladi va shundan so’ng bevosita hisob-kitob varag’idan ko’chirmada schyotlar korrespondensiyalari tuziladi.
Bunda banklardagi korxonalarning hisob-kitob schyotlari passiv ekanini e’tiborda tutish zarur, binobarin, bank buxgalteriyasida pulning hisob-kitob schyotiga kelib tushishi schyotning krediti bo’yicha, hisobdan o’chirish esa uning debetida aks ettiriladi.


Download 14,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   417




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish