Fani bo’yicha O’quv-uslubiy majmua


-bob. SHubhali operatsiyalar mezonlari va alomatlari, hamda ularni aniqlash tartibi



Download 14,49 Mb.
bet384/417
Sana08.04.2022
Hajmi14,49 Mb.
#538122
1   ...   380   381   382   383   384   385   386   387   ...   417
Bog'liq
2 5303010564346220036

5-bob. SHubhali operatsiyalar mezonlari va alomatlari, hamda ularni aniqlash tartibi
35. Quyidagi mezon va alomatlar mavjud bo’lganda operatsiya shubhali deb topiladi:
operatsiyani amalga oshirish uchun taqdim qilingan hujjatlarning haqiqiyligiga (ishonchliligiga) gumon tug’ilishi va (yoki) operatsiya to’g’risidagi, shu jumladan operatsiya bajaruvchi tomonlarning biri haqidagi ma’lumotlar mavjud bo’lgan ma’lumotlarga muvofiq kelmasligi;
operatsiya aniq iqtisodiy mohiyatga ega emasligi va mijoz faoliyatining tavsifi va faoliyat turiga muvofiq kelmasligi;
mijoz tomonidan zarurat tufayli so’ralayotgan, shu jumladan ishonch bildiruvchi (agar mijoz ishonchli vakil sifatida ish yuritayotgan bo’lsa) haqidagi ma’lumotlarni taqdim etishning sababsiz rad etilishi;
hisobga olinmagan moliya-xo’jalik operatsiyalari mavjud bo’lganda va hisob-kitob hujjatlari belgilangan muddatlardan oldin yo’q qilinganda;
mijozga nisbatan mazkur Qoidalarda ko’rsatilgan choralar asosli qo’llanilayotganda, mijoz tashabbusi bilan darhol amaliy ish munosabatlarining to’xtatilishi;
identifikatsiyalashni yakunlashning imkoni bo’lmasligi yoki lozim darajada tekshirish natijalariga ko’ra, mijoz bilan amaliy ish munosabatlarini o’rnatish maqsadga muvofiq emasligini ko’rsatib turadigan ma’lumotlarning olinishi;
mijoz xizmat ko’rsatishning foydaliroq shartlariga nisbatan e’tiborsiz bo’lishi, shuningdek mijoz tomonidan ayni turdagi xizmatlar ko’rsatishdagi oddiy to’lovdan farq qiladigan yuqori mukofotning taklif qilinishi;
pul mablag’lari O’zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga offshor hududlarda doimiy yashovchi yoki ro’yxatga olingan shaxslarning foydasiga o’tkazilishi;
operatsiyaning ishtirokchilaridan biri jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg’in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatda doimiy yashayotgan, turgan yoki ro’yxatga olingan shaxs bo’lsa;
qonun hujjatlari bilan belgilangan nazorat jarayonidan qochishga qaratilgan degan xulosani chiqarishga asos bo’ladigan operatsiyalar yoki bitimlarning bir necha bor amalga oshirilganligi aniqlanganda;
operatsiyani amalga oshirishda foydalanilgan pul mablag’lari yoki boshqa mol-mulklar jinoiy yo’l bilan topilgan degan har qanday shubhaning mavjud bo’lishi.
36. Identifikatsiyalash jarayonida olingan ma’lumotlar, shuningdek mijozga berilgan tavakkalchilik darajasi operatsiyani monitoring qilishga asos bo’lib hisoblanadi.
37. Mijozni identifikatsiyalash va ular operatsiyalarining joriy tekshiruvi lavozim majburiyatlariga muvofiq auditorlik tashkilotining xodimi tomonidan o’tkaziladi, u shubhali operatsiyalar alomatlari mavjud operatsiyalarni aniqlagan taqdirda bunday operatsiyalar haqida bevosita mas’ul xodimiga zudlik bilan xabar berishi lozim.
38. Mijoz operatsiyalarining keyingi tekshiruvi mas’ul xodim tomonidan joriy tekshiruv jarayonida aniqlanmaydigan shubhali operatsiyalarni aniqlash maqsadida, mijozning o’tgan davr mobaynida bajargan operatsiyalarini tahlil qilish orqali amalga oshiriladi.
Asosli shubhalar mavjud bo’lgan taqdirda mas’ul xodim mijoz operatsiyasini shubhali deb hisoblash to’g’risida yozma qaror qabul qiladi.
39. Operatsiyani shubhali deb tan olish har bir aniq holatda ushbu Qoidalar bilan o’rnatilgan shubhalilik mezonlaridan foydalangan holda o’tkaziladigan kompleks tahlil asosida, shuningdek mijozning turidan, operatsiya maqsadlari va hajmidan aniqlanadigan tavakkalchilikdan kelib chiqgan holda va shubhali operatsiyani to’g’ri aniqlash uchun ahamiyatli bo’lgan boshqa holatlar asosida amalga oshiriladi.
40. Mijoz operatsiyasi shubhali deb tan olingandan so’ng mas’ul xodim quyidagi choralarni ko’rishi kerak:
mijozning operatsiyalari ustidan monitoringni kuchaytirish;
mijoz to’g’risida qo’shimcha ma’lumot olish;
mijozning tavakkalchilik darajasini qayta ko’rib chiqish;
operatsiya haqidagi ma’lumotlarni maxsus jurnalga qayd etish;
shubhali operatsiya to’g’risida maxsus vakolatli davlat organiga xabar berilishini ta’minlash;
qonun hujjatlariga va mijoz bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq u bilan munosabatlarni to’xtatish bo’yicha auditorlik tashkilotining rahbariga taklif kiritish.
41. SHubhali operatsiya haqidagi xabar auditorlik tashkiloti tomonidan shubhali operatsiya aniqlangan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 12 oktyabrdagi 272-son qarori bilan tasdiqlangan Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog’liq axborotni taqdim etish tartibi to’g’risidagi nizom talablariga muvofiq maxsus vakolatli davlat organiga beriladi.
42. Auditorlik tashkilotlari tegishli operatsiyaga nisbatan shubhali ekanligini tasdiqlovchi yoki olib tashlovchi har qanday ma’lumotni darhol maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilishi zarur.
6-bob. Terrorchilik faoliyati yoki ommaviy qirg’in qurolini tarqatishda qatnashayotgan yoki qatnashishda gumon qilinayotgan shaxslar, Ro’yxatiga kiritilgan shaxslar ishtirokidagi operatsiyalar aniqlanganda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar
43. Buxgalteriya hisobini yuritish bo’yicha professional xizmatlarni ko’rsatuvchi auditorlik tashkilotlari mijoz, mijozning benefitsiar mulkdori va operatsiya ishtirokchilarining identifikatsiya ma’lumotlarini Ro’yxat bilan solishtirishlari shart.
Agar mijoz bilan amaliy ish munosabatlarni o’rnatish davrida yoki pul mablag’lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog’liq operatsiyalarni amalga oshirishda auditorlik tashkiloti xodimlari tomonidan mijoz, mijozning benefitsiar mulkdori yoki operatsiya ishtirokchilaridan birining barcha identifikatsiya ma’lumotlari Ro’yxatga kiritilgan shaxsning ma’lumotlari bilan to’liq mos kelganligi aniqlangan taqdirda, ular bu haqda zudlik bilan va mijozni xabardor qilmasdan mas’ul xodimga xabar berishlari kerak.
O’z navbatida mas’ul xodim operatsiya ishtirokchilaridan biri va amalga oshirilayotgan operatsiyaning identifikatsiya ma’lumotlarini maxsus jurnalga kiritishi, shuningdek maxsus vakolatli davlat organiga xabar yuborishi lozim.
44. Pul mablag’lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog’liq operatsiyalar kechiktirilmasdan va oldindan xabar qilinmasdan maxsus vakolatli davlat organiga xabar berilishi lozim, agarda:
mijoz yoki operatsiya ishtirokchilaridan birining barcha identifikatsiya ma’lumotlari Ro’yxatga kiritilgan shaxsning ma’lumotlari bilan to’liq mos kelsa;
mijoz Ro’yxatga kiritilgan shaxs nomidan yoki uning topshirig’iga binoan faoliyat ko’rsatayotgan bo’lsa;
operatsiyani amalga oshirishda foydalanayotgan pul mablag’lari yoki boshqa mol-mulk to’liq yoki qisman Ro’yxatga kiritilgan shaxsga tegishli bo’lsa;
mijoz Ro’yxatga kiritilgan jismoniy yoki yuridik shaxsning mulkida yoki nazorat ostida bo’lsa.
45. Operatsiyani to’xtatish va tiklashni Terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg’in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar ro’yxatiga kiritilgan shaxslarning operatsiyalarini to’xtatib qo’yilgan, pul mablag’larini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay to’xtatib qo’yish, ishga solmay to’xtatib qo’yilgan mol-mulkidan foydalanishga ruxsat berish va operatsiyalarini tiklash tartibi to’g’risidagi nizomda (ro’yxat raqami 2833, 2016 yil 11 oktyabr’) belgilangan tartibda amalga oshiradi.

Download 14,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   380   381   382   383   384   385   386   387   ...   417




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish