9-bob. YAkuniy qoidalar
57. Auditorlik tashkilotlari tomonidan mazkur Qoidalar talablariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazorat O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
58. Auditorlik tashkiloti rahbari va mas’ul xodimi mazkur Qoidalarni buzganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo’ladilar.
59. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonun hujjatlari buzilganligi hollarini yashirishda, shuningdek mazkur Qoidalar talablarining buzilishida aybdor bo’lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Auditorlik tashkilotlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg’in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo’yicha ichki nazorat qoidalariga
1-ILOVA
Auditorlik tashkiloti mas’ul xodimi va ichki Qoidalarning amalga oshirilishi to’g’risidagi
MA’LUMOTLAR
_________________________________________
(auditorlik tashkiloti nomi)
|
1. Ismi, sharifi, otasining ismi, lavozimi, telefon.
|
2. Mas’ul shaxs etib tayinlanganligi to’g’risidagi buyruq sanasi va raqami
|
3. Auditorlik tashkiloti tomonidan o’tgan yil uchun buxgalteriya hisobini yuritish bo’yicha ko’rsatilgan xizmatlari to’g’risida ma’lumot
a) mijoz nomi;
b) xizmat ko’rsatish davrining muddati;
v) xizmat summasi;
g) xizmat ko’rsatishda auditorlik tashkilotining funksiyalari;
d) buxgalteriya hisobini yuritish bo’yicha xo’jalik operatsiyalarini amalga oshirishga ko’rsatiladigan xizmatlarni qonuniyligini va xizmat ko’rsatish ichki nazoratni ta’minlan uchun qo’llaniladigan asosiy choralar;
|
4. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg’in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo’yicha ichki nazoratni ta’minlash bo’yicha auditorlik tashkilotlarning tasdiqlangan hujjati nomi va sanasi;
|
5. Auditorlik tashkilotining mas’ul shaxs va xodimining doimiy ravishda qayta tayyorgarlikdan o’tkazishlarni amalga oshirish to’g’risidagi ma’lumot.
|
6. Maxsus vakolatli davlat organiga yuborilgan xabarlar soni.
|
Auditorlik tashkilotlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg’in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo’yicha ichki nazorat qoidalariga
2-ILOVA
Do'stlaringiz bilan baham: |