Fani bo’yicha O’quv-uslubiy majmua



Download 14,49 Mb.
bet380/417
Sana08.04.2022
Hajmi14,49 Mb.
#538122
1   ...   376   377   378   379   380   381   382   383   ...   417
Bog'liq
2 5303010564346220036

ichki nazorat tizimi — mazkur Qoidalar va ichki qoidalar bilan belgilangan maqsadlarga erishish va vazifalarni bajarishga qaratilgan mas’ul xodim va auditorlik tashkilotning xatti-harakatlari yig’indisi;
maxsus vakolatli davlat organi — O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti;
operatsiya ishtirokchilari — mijozlar (shu jumladan, ta’sischilar, aksionerlar va boshqa ishtirokchilar) va ularning vakillari hamda mijozning operatsiyada ishtirok etuvchi hamkorlari.
3. Quyidagilar ichki nazoratning maqsadi hisoblanadi:
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg’in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qaratilgan pul mablag’lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog’liq operatsiyalarni samarali aniqlash va oldini olish;
auditorlik tashkilotlarini jinoiy faoliyatga qasddan yoki qasddan bo’lmagan holda jalb etilishiga yo’l qo’ymaslik;
tavakkalchiliklarni aniqlash, baholash, hujjatlarda qayd qilish va kamaytirish;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishga oid qonun hujjatlari talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash.
4. Quyidagilar ichki nazoratning asosiy vazifalari hisoblanadi:
o’z tavakkalchiliklarini aniqlash, baholash, hujjatlashtirish va kamaytirishga doir tegishli choralarni ko’rish;
mijozlarni lozim darajada tekshirish bo’yicha chora-tadbirlarini va identifikatsiyalash jarayonlarini amalga oshirish, shu jumladan mijozlar va ularning benefitsiar mulkdorlari haqidagi ma’lumotlarni muntazam yangilash va verifikatsiyalash;
benefitsiar mulkdorlarni identifikatsiyalash, ularning shaxsini o’rganish bo’yicha imkon qadar choralar ko’rish;
yuqori mansabdor shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalarni chuqur monitoring qilish;
mazkur Qoidalar va ichki qoidalarda belgilangan tartibda shubhali operatsiyalarni aniqlash;
ichki nazoratni amalga oshirish davomida aniqlangan shubhali operatsiyalar to’g’risidagi axborotni (hujjatlarni) maxsus vakolatli davlat organiga o’z vaqtida taqdim etish;
Ro’yxat bilan solishtirish orqali operatsiya ishtirokchilari orasida terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg’in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslarni aniqlash;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg’in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog’liq ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash;
operatsiyalar to’g’risidagi axborotni, shuningdek identifikatsiyalash ma’lumotlarini va mijozlarni lozim darajada tekshirishga doir materiallarning qonun hujjatlarida belgilangan muddatlar davomida saqlanishini ta’minlash;
auditorlik tashkiloti rahbariyatini tegishli qarorlar qabul qilish uchun zarur bo’lgan ishonchli axborot va materiallar bilan tezkor va muntazam ravishda ta’minlab borish;
shubhali operatsiyalarni amalga oshirish yoki amalga oshirishga urinishlar, shubhali operatsiyalarni amalga oshirgan operatsiya ishtirokchilar to’g’risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq bunday axborotni davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o’zaro almashib borish;
so’rovlar bo’yicha mijozlar bazasidan Ro’yxat bilan solishtirish orqali terrorchilik faoliyatini moliyalashtirishga yoki ommaviy qirg’in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga aloqador shaxslarni aniqlash.

Download 14,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   376   377   378   379   380   381   382   383   ...   417




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish