Fani bo’yicha O’quv-uslubiy majmua



Download 14,49 Mb.
bet132/417
Sana08.04.2022
Hajmi14,49 Mb.
#538122
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   417
Bog'liq
2 5303010564346220036

Qo‘shma korxona O‘zbekiston hamda xorij korxonalari hissalari asosida tashkil topadi. Qo‘shma korxonaning ustav kapitaliga hissa tariqasida tabiat resurslaridan, intellektual mulkdan foydalanish huquqi, nou-xau, moddiy va pul vositalari, shu jumladan, chet el valyutasi berilishi mumkin.



    1. Ustav kapitali va uni shakllantirish manbai.

Ustav fondi (ustav kapitali) ta’sis hujjatlarida belgilangan hissalarning (pulda ifodalangan holdagi) yig‘indisini aks ettiradi. Ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissalar shaklida kiritiladigan moddiy va nomoddiy aktivlar ta’sischilar (ishtirokchilar) o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra baholanadi, qonunda nazarda tutilgan hollarda esa, baholovchi tashkilot tomonidan baholanishi kerak.26
Ustav kapitali - huquqlar va imtiyozlar olish uchun korxona muassislari tomonidan ta’sis hujjatlariga muvofiq qo‘shilgan (to‘langan) hamda korxonaning xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moddiy boyliklar, pul mablag‘lari va xarajatlar majmuidir.
Ustav kapitalini tashkil qilish amaldagi qonunlar va ta’sis hujjatlari asosida amalga oshiriladi.
Ustav kapitaliga hissa shaklida qo‘shiladigan moddiy va nomoddiy aktivlar ta’sischilar kelishuviga yoki yuridik shaxs ijroiya organining qaroriga ko‘ra baholanadi va hisobga olinadi.
Ustav kapitali o‘zida xo‘jalik sub’ektini tashkil qilish vaqtida uning ta’sis hujjatlarida belgilangan miqdorda faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash uchun ta’sischilarning ulushlari yig‘indisini ifodalaydi.
Tashkil etilayotgan xo‘jalik sub’ektining ustav kapitali uning muassislari (ishtirokchilari) tomonidan kiritilgan mablag‘lar hisobiga jamlanadi. U muassislarning umumiy mol-mulki va ayni vaqtdagi yuridik shaxs sifatida sub’ektning mol-mulki ham hisoblanadi. Demak, bu ustav kapitali bir tomondan korxona o‘z mablag‘lari manbai bo‘lsa, ikkinchi tomondan esa, har bir muassisning mol-mulkidir.
Ustav kapitalining shakllantirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari hamda korxona va tashkilotlarning tashkiliy - huquqiy shakllariga muvofiq ta’sis hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Mulkchilikning turli shakllardagi korxonalarda ustav kapitalining miqdori quyidagicha belgilanadi:

  • aksiyadorlik jamiyatlarida - ustav kapitali nominali bo‘yicha aksiyalar jami qiymatiga muvofiq;

  • mulkka jamoa egaligi bo‘lgan korxonalarda - barcha xodimlar ulushlari summasiga muvofiq;

  • davlat korxonalarida - ustav kapitali davlat xo‘jaligini amalga oshirish uchun korxonaga biriktirib qo‘yilgan mol-mulk summasiga muvofiq;

  • mas’uliyati cheklangan jamiyat(shirkat)larda - ta’sis xujjatlariga binoan mulkka egalik hissalari summasiga muvofiq;

  • davlatga qarashli korxonalarda - ustav fondi miqdori uning xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish uchun davlat tomonidan biriktirilgan mol-mulk summasiga muvofiq keladi. Bu miqdor ta’sis hujjatlarida korxonani tashkil qilish va uning balansiga mol-mulkni o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruqda qayd etilgan miqdorga mos kelishi kerak.

Davlat korxonasining ustav kapitali - davlat tomonidan korxonaning doimiy tasarrufiga tekinga berilgan moddiy va pul mablag‘lari summasidir. Ustav kapitali hisobiga asosiy va aylanma mablag‘lar shakllanadi.
Korxonaga asosiy vosita mavjud ishlab chiqarish hajmiga va ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish ob’ektlariga qarab, aylanma mablag‘lar esa normativlar asosida beriladi. Normativ yuqori tashkilot tomonidan belgilanadi, ammo ularni taqsimlashni korxonaning o‘zi mustaqil amalga oshiradi.
Amaldagi tartibga ko‘ra korxona ustav kapitali miqdori uning ta’sis hujjatlarida qayd etilgan miqdoriga muvofiq bo‘lishi kerak. Davlat korxonasi uchun yuqori turgan tashkilotning korxonani tashkil etish va uning balansiga ustav kapitalini o‘tkazish to‘g‘risidagi buyrug‘i ta’sis hujjati hisoblanadi.
Ba’zi hollarda davlat korxonasining ustav kapitali hajmi o‘zgarishi mumkin.
Ustav kapitali miqdorini faqatgina yuqori tashkilot o‘zgartirishi mumkin.
Aksiyadorlik jamiyati ustav kapitali uning aksiyadorlari sotib oladigan aksiyalarining nominal qiymatidan iborat bo‘ladi. Bunda chiqariladigan jami aksiyalarning nominal qiymati bir xil bo‘lishi mumkin.
Aksiyadorlik jamiyatining ustav kapitali miqdori ko‘payishi yoki kamayishi mumkin. Ustav kapitalini ko‘paytirish qo‘shimcha aksiyalarni joylashtirish yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin. Jamiyat tomonidan qo‘shimcha aksiyalar faqat jamiyat ustavida belgilangan e’lon qilingan aksiyalar miqdori doirasida joylashtirilishi mumkin.
Aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalini kamaytirish favqulodda hollarda yuz beradi va uni ko‘paytirishdagi singari tartibda amalga oshiriladi. Ustav kapitali miqdorining kamayishi aksiyalar umumiy sonining qisqarishi bilan bog‘liq bo‘ladi, shu jumladan, jamiyatning o‘zi haqini keyinchalik to‘lash bilan aksiyalarni sotib olishi ham shu hisobga kiradi.
Amaldagi qonunlarga binoan aksiyadorlik jamiyati ustav kapitaliga hissa tariqasida pul bilan baholanadigan va ta’sischilar tomonidan jamiyat aksiyalari haqini to‘lash uchun kiritiladigan moddiy boylik, mulkiy yoki o‘zga huquqlarni to‘lashlari mumkin. Jamiyat ta’sis etilag‘tganda uning aksiyalari pulini to‘lash shakllari jamiyatni tashkil etish to‘g‘risidagi shartnoma yoki jamiyat ustavida, qo‘shimcha aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar pulini to‘lash ularni joylashtirish to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatiladi.
Aksiyador ta’sis yig‘ilishi belgilangan muddatlarda, ammo jamiyat ro‘yxatdan o‘tgandan keyin bir yildan kechikmay aksiyalarning to‘liq pulini to‘lashi kerak.
Aksiyalarni sotib olish muddati o‘tganidan keyin aksiyadorlar jamiyati ularni o‘z ixtiyoriga qarab sotishga haqli.
Amaldagi qonunlarga muvofiq hissalarga bo‘lingan ustav kapitaliga ega bo‘lgan jamiyat ma’suliyati cheklangan jamiyat deb ataladi. Bunday jamiyat ustav kapitalidagi bo‘lingan hissalar miqdori ta’sis hujjatlarida belgilab qo‘yiladi, uning ishtirokchilari majburiyatlar bo‘yicha faqat o‘z mulki doirasida javob beradi. Ma’suliyati cheklangan jamiyatning ustav kapitali faqat muassislarning hissalari hisobiga tashkil topadi va uning ko‘payishi yoki kamayishi hammaning roziligi bilan hissa qo‘shuvchilarning ko‘payishi yoki kamayishi bilan yuz berishi mumkin.
Jamiyat ishtirokchisi o‘z hissasini jamiyat ro‘yxatga olingan sanadan keyin bir yil davomida to‘lashi lozim.
Qo‘shma korxona O‘zbekiston hamda xorij korxonalari hissalari asosida tashkil topadi. Qo‘shma korxonaning ustav kapitaliga hissa tariqasida tabiat resurslaridan, intellektual mulkdan foydalanish huquqi, nou-xau, moddiy va pul vositalari, shu jumladan, chet el valyutasi berilishi mumkin.
Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq korxona mulkdorlari (muassislari) o‘z ulushlarini korxona ro‘yxatga olingandan so‘ng bir yil davomida kiritishlari shartdir.
Aks holda, ustav kapitali miqdori joylashtirilmagan aksiyalar summasiga kamaytiriladi (agar korxona aksiyadorlik jamiyati maqomiga ega bo‘lsa).
Muassislarning badallari pul mablag‘lari, shuningdek, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va boshqa ko‘rinishdagi aktivlar hisobiga kiritilishi mumkin. Biroq bu erda kiritiladigan aktivlar turlari korxonaning Nizomida ko‘rsatilishi lozim. Masalan, korxonaning Nizomida ustav kapitali naqd pul bilan shakllantirilishi belgilangan (yozilgan) bo‘lsa, muassis asosiy vositalarni kirita olmaydi. Bu holat Nizomni buzgan deb baholanadi va kiri-tilgan mol-mulk esa soliq muassasalari tomonidan korxona tekinga olgan, qiymati soliqqa tortiladigan bazaga kiritilishi kerak bo‘lgan mulk sifatida qaraladi. Muassislardan asosiy vosita va nomoddiy aktivlar olinayotganda korxona keyingi oydan boshlab amortizatsiyani hisoblab yozishi kerak. Agar korxona mol-mulk solig‘ini to‘lovchisi hisoblansa, u holda imtiyozli ikki yil o‘tgandan so‘ng mazkur vositalarning qiymati mol-mulk solig‘i bo‘yicha bazani oshiradi. Ustav kapitalining miqdori tashkil etilayotgan xo‘jalik sub’ektlarida turlicha belgilangan, jumladan, aksiyadorlik jamiyatining ustav kapialining eng kam miqdori jamiyat davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanada O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi bo‘yicha 400 000 (ellik ming) AQSH dollariga teng bo‘lgan summadan kam bo‘lmasligi kerak. Mas’uliyati cheklangan jamiyatlarning ustav kapitali qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining 40 (qirq) barobaridan kam bo‘lmasligi kerak.




    1. Download 14,49 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   417




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish