T/r
|
Xo’jalik muomalalarining mazmuni
|
Schyotlarning bog’lanishi
|
Debet
|
Kredit
|
1
|
Operativ ijara bo’yicha foiz hisoblandi
|
Xarajatlarni
hisobga oluvchi
schyotlar
|
6910
|
2
|
Operativ ijara bo’yicha qarz to’landi
|
6910
|
5010-5530
|
3
|
Moliyaviy ijara bo’yicha foiz hisoblandi
|
9610
|
6920
|
4
|
Qarzlar bo’yicha foizlar hisoblandi
|
9610
|
6920
|
5
|
Qarzlar bo’yicha hisoblangan foizlar to’landi
|
6920
|
5110-5530
|
6
|
Royalti hisoblandi
|
9690
|
6930
|
7
|
Hisoblangan royalti to’landi
|
6930
|
5110-5530
|
8
|
Kafolatli xizmat bo’yicha qarz hisoblandi
|
9430
|
6940
|
9
|
Kafolatli xizmat bo’yicha haqiqiy xarajatlar hisobdan chiqarildi
|
6940
|
Xarajatlarni
hisobga oluvchi
schyotlar
|
10
|
Uzoq muddatli majburiyatlar joriy qismga o’tkazildi
|
7810-7920
|
6950
|
11
|
Uzoq muddatli majburiyatlarning joriy qismi bo’yicha to’langan summa
|
6950
|
5110-5530
|
12
|
Tan olingan da’volar (xatolar, yo’ldagi kamomad, mahsulot sifatining muvofiq kelmasligi va hokazolar) bo’yicha qarzlar hisoblandi
|
9430
|
6960
|
13
|
TMZlardagi arifmetik xatolardan kelib chiqqan da’volar bo’yicha qarzlar (hisob-kitob hujjatlaridagidan haqiqatda kam yetkazib berilganda) hisoblandi
|
1010-2990
|
6960
|
14
|
SHartnoma majburiyatlariga rioya qilmaganlik uchun jarimalar, penyalar, neustoykalar summalari bo’yicha qarzlar (tan olingan yoki arbitraj tomonidan e’tirof etilgan hajmda) hisoblandi
|
9430
|
6960
|
15
|
Asosiy ishlab chiqarish, yordamchi ishlab chiqarish, umumishlab chiqarish va boshqaruv ehtiyojlari, xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklarga taalluqli xarajatlarni amalga oshirganligi uchun hisobdor shaxslarga qarzlar hisoblandi
|
2010, 2310, 2510, 2710, 9420
|
6970
|
16
|
YAroqsiz mahsulot bilan bog’liq bo’lgan turli xarajatlar (qaytarib olib kelish va hokazo) to’lovi uchun hisobdor shaxslarga qarzlar hisoblandi
|
2610
|
6970
|
17
|
Sotib olingan tovarlar uchun hisobdor shaxslarga bo’lgan qarzlar hisoblandi
|
2910-2990
|
6970
|
18
|
Mahsulotni sotish bilan bog’liq bo’lgan (transport va boshqa) xarajatlarni amalga oshirganligi uchun hisobdor shaxslarga bo’lgan qarzlar hisoblandi
|
9410
|
6970
|
19
|
Tabiiy ofatlarning oldini olish yoki bartaraf qilish bilan bog’liq bo’lgan turli xarajatlarning to’lovi uchun hisobdor shaxslarga bo’lgan qarzlar hisoblandi
|
9720
|
6970
|
20
|
Kapital qo’yilmalarda turli korxonalar xizmatlar ko’rsatdi
|
0810-0890
|
6990
|
21
|
Turli korxona va shaxslardan turli TMZ sotib olindi va har xil xizmatlar qabul qilindi
|
1510
|
6990
|
22
|
Turli korxonalar asosiy, yordamchi, umumishlab chiqarish sexlari va xizmat ko’rsatish xo’jaliklariga xizmatlar ko’rsatishdi
|
2010, 2310, 2510, 2710
|
6990
|
23
|
YAroqsiz mahsulotni tuzatish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar bo’yicha iste’molchilarga bo’lgan qarz
|
2610
|
6990
|
24
|
Boshqa shaxslardan tovarlar kelib tushdi
|
2910-2990
|
6990
|
25
|
Asosiy vositalarni hisobdan chiqarishda ko’rsatgan xizmatlari uchun boshqa korxonalarga bo’lgan qarz
|
9210
|
6990
|
26
|
Boshqa shaxslardan pul ekvivalentlari kelib tushdi
|
5610
|
6990
|
27
|
Boshqa shaxslardan o’tkazmalar kelib tushdi
|
5710
|
6990
|
28
|
Boshqa shaxslardan qimmatli qog’ozlar sotib olindi
|
0610, 5810
|
6990
|
29
|
Turli korxonalarning ijtimoiy soha ob’yektlarini saqlash bo’yicha ko’rsatgan xizmatlari hisoblandi
|
2710
|
6990
|
30
|
Sotib olingan aksiyalarni saqlaganligi uchun depozitariyga bo’lgan qarz hisoblandi
|
9690
|
6990
|
9-MAVZU: KAPITAL, MAQSADLI TUSHUMLAR VA REZERVLARNING HISOBI
Xususiy kapital, uning tarkibi va hisobining vazifalari.
Kapitalni tashkil qilish manbalari.
Ustav kapitali va uni shakllantirish manbai.
Ustav kapitali hisobi.
Qo‘shilgan kapital va uning hisobi.
Rezerv kapitali va uning hisobi.
Maqsadli tushumlar hisobi.
Kelgusi xarajatlar va to‘lovlar rezervlarini hisobi.
Taqsimlanmagan foyda va qoplanmagan zararlar hisobi.
Tayanch iboralar: xususiy kapital, ustav kapitali, oddiy aksiya, imtiyozli aksiyalar, pay va ulushlar, ta’sischilar, AJ, MCHJ, qo‘shilgan kapital, emission daromad, aktivlarni qayta baholash, rezerv kapitali, grandlar, subsidiyalar, taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar).
Xususiy kapital, uning tarkibi va hisobining vazifalari.
Har bir xo‘jalik sub’ekti o‘zining moliyaviy resurslarini tashkil qilishi va undan foydalanishi mumkin. Bu mablag‘larning manbai esa foyda, amortizatsiya ajratmasi, qimmatli qog‘ozlarni sotishdan tushgan mablag‘lar, aksiya egalarining badallari va ta’sischilarning ulushlari, kreditlar, ajratilgan grantlar, maqsadli moliyalashtirish mablag‘lari va shunga o‘xshash yo‘nalishdagi mablag‘lardir.
Sub’ektning xususiy kapitali qonunga muvofiq yoki ta’sis hujjatlari asosida yaratilgan jamg‘armalar va zaxiralar qo‘shilgan holda, ularning harakati va holati o‘rganiladi va nazorat qilinadi.
Xususiy capital ustav fondidan (ustav kapitalidan), qo‘shilgan, zaxira kapitalidan va taqsimlanmagan foydadan tarkib topadi.25
Xususiy kapital xo‘jalik sub’ektining aktivi va majburiyatlari o‘rtasidagi farqni o‘zida mujassamlashtiradi. Xususiy kapital, ishlab chiqarish va mulk egasiga to‘lash, qo‘shimcha investitsiya va boshqa faoliyatlarning natijalariga bog‘liq holda ko‘payishi yoki kamayishi mumkin. Xususiy kapital uch qismdan tashkil topadi:
Ustav kapitali;
Qo‘shilgan kapital;
Rezerv kapitali.
Barcha mulk shakllaridagi korxonalarda kapital, rezervlar va taqsimlanmagan foyda bo‘yicha buxgalteriya hisobining vazifalari quyidagilardan iborat:
Ustav kapitalini shakllanishi va undan foydalanishni nazorat qilish;
Korxona muassislari, kapitalning shakllanish bosqichlari va aksiyalar turlari bo‘yicha axborot to‘plash;
Ustav kapitalining holati va harakati xususida hisobot tuzish bo‘yicha ma’lumotlar olishni ta’minlash;
Qo‘shilgan kapital hamda rezerv kapitalining shakllanishi bilan bog‘liq muomalalarni o‘z vaqtida hisobda aks ettirish.
Korxona sof foydasining shakllanishi va uning taqsimlanishini o‘z vaqtida hisobga olish hamda nazorat qilish.
Korxonalar o‘z moliyaviy va moddiy resurslarini mustaqil shakllantirishi talab etiladi. Bunday resurslar, odatda, xo‘jalik sub’ektlari ta’sischilari tomonidan o‘z xususiy mulklarini ustav kapitaliga ulush sifatida qo‘shish bilan amalga oshiriladi. Ushbu moliyaviy resurslarning asosiy manbalari bo‘lib foyda, amortizatsiya ajratmalari, aksiya va obligatsiyalarni sotishdan olingan daromadlar, yuridik va jismoniy shaxslarning pay va boshqa badallari hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |