I. Auditorlik xizmatlari bozori faoliyatining tashkiliy va normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish
|
1.
|
Auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirishning auditorlik xizmatlari bozori barqaror faoliyat yuritishi va uning natijalariga talabning oshishini ta’minlaydigan ustuvor yo’nalishlarini belgilash.
|
1. Auditorlik faoliyatini tartibga solish sohasidagi xorijiy mamlakatlar qonunchiligi va ilg’or tajribasini o’rganish.
2. «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida»gi qonun loyihasini ishlab chiqish va unda quyidagilarga qaratilgan to’g’ridan-to’g’ri amal qiladigan normalarni nazarda tutish:
auditorlik faoliyatini litsenziyalash jarayonini soddalashtirish;
xalqaro amaliyotni hisobga olgan holda auditorlarni sertifikatlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish;
auditorlik tashkilotlari ishi sifatining tashqi nazoratini amalga oshirish bo’yicha zamonaviy va samarali monitoring tizimini rivojlantirish;
xalqaro audit standartlarini qo’llash;
har yili auditorlik tekshiruvidan o’tishi shart bo’lgan ijtimoiy ahamiyatga ega korxonalarni aniqlash.
|
2018 yil dekabr’
|
Moliya vazirligi (V. Pak),
Adliya vazirligi (N. Jo’rayev),
Iqtisodiyot vazirligi (M. Mirzayev),
SSP (I. Jasimov),
auditorlarning respublika
jamoat birlashmalari
|
2.
|
Qonun hujjatlarida belgilangan talablarga javob bermaydigan auditorlik tashkilotlari faoliyatini amalga oshirishga yo’l qo’ymaslik.
|
1. Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi va Moliya vazirligi o’rtasida ro’yxatdan o’tgan auditorlik tashkilotlari to’g’risida axborot almashinuvini tashkil etish.
2. Quyidagilarni nazarda tutadigan mexanizmni joriy etish:
auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega auditorlik tashkilotlari reyestri ma’lumotlarini davlat xizmatlari markazlarida ro’yxatga olingan auditorlik tashkilotlari to’g’risidagi axborot bilan taqqoslash;
Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligiga auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo’lmagan auditorlik tashkilotlarini qonun hujjatlariga muvofiq qayta ro’yxatdan o’tkazish choralarini ko’rish uchun ular to’g’risida ma’lumotlarni yo’llash;
belgilangan talablarga javob bermaydigan auditorlik tashkilotlari litsenziyalarining amal qilishini belgilangan tartibda tugatish.
|
2018 yil noyabr’
2019 yil
1 yanvardan
|
Moliya vazirligi (V. Pak),
Adliya vazirligi huzuridagi
Davlat xizmatlari agentligi
(X. To’raxo’jayev)
|
3.
|
Xalqaro audit standartlariga muvofiq auditorlik faoliyatining normativ-huquqiy ta’minotini takomillashtirish.
|
1. Xorijiy mamlakatlarda xalqaro audit standartlarini (XAS) joriy etish amaliyotini o’rganish.
2. XASni tan olishni nazarda tutadigan respublikada xalqaro audit standartlarini qo’llash tartibi to’g’risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish hamda Moliya vazirligi va auditorlarning respublika jamoat birlashmalari veb-saytlarida rasman e’lon qilish.
3. XASni davlat tiliga tarjima qilishni va ularni Moliya vazirligi va auditorlarning respublika jamoat birlashmalari veb-saytlarida rasman e’lon qilishni tashkil etish.
4. Xalqaro auditorlik tarmoqlari va xalqaro uyushmalar a’zosi hisoblangan auditorlik tashkilotlari to’g’risida ma’lumotlarni Moliya vazirligi veb-saytida joylashtirish.
5. Auditni rivojlantirishning dolzarb masalalari bo’yicha amaliy seminarlar va davra suhbatlarini tashkil etish va o’tkazish.
|
2019 yil
mart
2019 yil iyul’
2020 yil
1 yanvargacha
har yarim yillikda
doimiy ravishda
|
Moliya vazirligi (V. Pak),
auditorlarning respublika
jamoat birlashmalari
|
4.
|
Auditorlik tashkilotlari faoliyatining shaffofligini ta’minlash va ularni davlat organlari bilan o’zaro hamkorligi sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish.
|
1.«Auditorlik tashkilotining shaxsiy kabineti» va «Auditorlar jamoat birlashmasining shaxsiy kabineti» veb-servisini yaratishni nazarda tutadigan «Audit» dasturiy majmuasini ishlab chiqish va joriy etish.
2.Quyidagilarni nazarda tutadigan kompleks choralarni amalga oshirish:
a) majburiy auditorlik tekshiruvidan o’tgan xo’jalik yurituvchi sub’yektlar to’g’risida quyidagi axborotni har yili 1 iyulga qadar Davlat soliq qo’mitasi veb-saytida joylashtirish:
xo’jalik yurituvchi sub’yektning identifikatsiya ma’lumotlari (soliq to’lovchining nomi va identifikatsiya raqami);
auditorlik tashkilotining identifikatsiya ma’lumotlari (nomi, auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaning sanasi va raqami);
auditorlik xulosasining nusxasi;
b) majburiy auditorlik tekshiruvini o’tkazmagan xo’jalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan o’z vaqtida chora ko’rish;
v) quyidagilar bo’yicha ma’lumotlar bazasini shakllantirish:
majburiy auditorlik tekshiruvidan o’tishi shart bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’yektlar;
majburiy auditorlik tekshiruvidan o’tishdan bo’yin tovlagan xo’jalik yurituvchi sub’yektlar va ularning mansabdor shaxslariga qo’llanilgan moliyaviy sanksiyalar.
|
2019 yil
15 martgacha
har yili
|
Moliya vazirligi (V. Pak),
Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini
rivojlantirish vazirligi (O. Umarov)
DSQ (B. Musayev),
Moliya vazirligi (V. Pak)
|
5.
|
Xo’jalik yurituvchi sub’yektlar majburiy auditorlik tekshiruvidan o’tishi ustidan nazoratni kuchaytirish.
|
Majburiy auditorlik tekshiruvidan o’tishdan bo’yin tovlayotgan sub’yektlarni aniqlash va aybdor shaxslarga nisbatan belgilangan javobgarlik choralarini qo’llash bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.
|
doimiy ravishda
|
DSQ (B. Musayev),
Moliya vazirligi (V. Pak)
|
6.
|
Auditorlik xizmatlari bozorida sog’lom raqobat muhitini yaratish hamda auditorlik faoliyatini faol rivojlantirish uchun teng sharoitlar yaratish.
|
Ustav kapitalida davlat aksiyalari (ulushlari) to’plami 50 foizdan ortiq bo’lgan korxonalarda auditorlik tekshiruvini o’tkazish uchun auditorlik tashkilotini tanlash tartibini bekor qilish.
|
2019 yil yanvar’
|
Davlat raqobat qo’mitasi (N. SHaripov),
Moliya vazirligi (V. Pak)
|
|