Fani bo’yicha O’quv-uslubiy majmua


-bob. Auditorlik tashkiloti ishi sifatining nazorati



Download 14,49 Mb.
bet366/417
Sana08.04.2022
Hajmi14,49 Mb.
#538122
1   ...   362   363   364   365   366   367   368   369   ...   417
Bog'liq
2 5303010564346220036

7-bob. Auditorlik tashkiloti ishi sifatining nazorati
21. Litsenziyalovchi organ tomonidan Auditorlarning respublika jamoat birlashmalari bilan birgalikda har uch yilda kamida bir marta auditorlik tashkilotlari ishining sifatini tashqi nazoratdan o’tkazadi.
Majburiy auditorlik tekshiruvlarini o’tkazuvchi auditorlik tashkilotlari ishi sifatining tashqi nazorati natijalari litsenziyalovchi organning veb-saytida e’lon qilinadi.
22. Litsenziyalovchi organ jismoniy va yuridik shaxslarning qonun hujjatlarining buzilishi faktlari to’g’risidagi murojaatlariga yoki auditorlik tashkiloti faoliyatini risk-tahlil natijalariga asosan auditorlik tashkilotlari tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishini tekshirish tashabbusi bilan chiqishga haqli.
8-bob. Litsenziyaning amal qilishini to’xtatib turish, tugatish, tiklash va litsenziyani bekor qilish tartibi
23. Auditorlik tashkilotlari ishi sifatini tashqi nazoratdan o’tkazishda qonun hujjatlarini buzish yoki litsenziya talablari va shartlarining buzilganligi aniqlanganda, shuningdek, litsenziyalovchi organning aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish to’g’risidagi qarori auditorlik tashkiloti tomonidan bajarilmagan taqdirda litsenziyaning amal qilishini to’xtatib turish mumkin.
Litsenziyalovchi organ litsenziyaning amal qilishini o’n ish kunidan ortiq bo’lmagan muddatga to’xtatib turishga yoxud o’n ish kunidan ortiq muddatga to’xtatib turish, yoki tugatish to’g’risida sudga murojaat qilishga haqlidir.
Sudning litsenziyaning amal qilishini to’xtatib turish to’g’risidagi qarori auditorlik tashkilotiga va litsenziyalovchi organga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi.
Litsenziyalovchi organ yoki sud litsenziyaning amal qilishini to’xtatib turishga sabab bo’lgan holatlarni bartaraf etish uchun auditorlik tashkilotiga muddat belgilaydi. Bunda litsenziyaning amal qilishini to’xtatib turishga sabab bo’lgan holatlarni bartaraf etish uchun sud qarorida belgilangan muddat olti oydan ortiq bo’lishi mumkin emas.
24. Litsenziyaning amal qilishi to’xtatib turilgan davrda auditorlik tashkiloti tomonidan faoliyatni amalga oshirish qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka olib keladi.
25. Litsenziyaning amal qilishini to’xtatib turishga sabab bo’lgan holatlar auditorlik tashkiloti tomonidan bartaraf etilganda litsenziyaning amal qilishini to’xtatib turish to’g’risida qaror qabul qilgan litsenziyalovchi organ yoki sud ko’rsatib o’tilgan holatlarning bartaraf etilganligi to’g’risidagi tasdiqnoma olingan kundan boshlab uch kun muddatda litsenziyaning amal qilishini tiklash to’g’risida qaror qabul qilishi shart.
26. Agar auditorlik tashkiloti ko’rsatib o’tilgan holatlarni belgilangan muddatda bartaraf etmagan bo’lsa, litsenziyalovchi organ litsenziyaning amal qilishini tugatish to’g’risida sudga murojaat qilishga haqli.
27. Litsenziyaning amal qilishi quyidagi holatlarda ham tugatiladi:
auditorlik tashkiloti litsenziyaning amal qilishini tugatish to’g’risida ariza bilan murojaat qilganda;
auditorlik tashkiloti tugatilganda;
auditorlik tashkilotining faoliyati qayta tashkil etish natijasida tugatilganda, bundan u qayta o’zgartirilgan, shuningdek, yangidan vujudga kelgan auditorlik tashkiloti davlat ro’yxatidan o’tkazish sanasida qo’shib yuborilayotgan auditorlik tashkilotlarida litsenziya mavjud bo’lgan holatlar mustasno;
auditorlik tashkiloti tomonidan litsenziya bitimida nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlari muntazam ravishda yoki bir marta qo’pol tarzda buzilganda;
litsenziyaning amal qilishini to’xtatib turishga sabab bo’lgan holatlar auditorlik tashkiloti tomonidan litsenziyalovchi organ yoki sud belgilagan muddatda bartaraf etilmaganda;
litsenziyalovchi organning litsenziya berish to’g’risidagi qarorining noqonuniyligi aniqlanganda.
Litsenziyaning amal qilishini ushbu bandning beshinchi — yettinchi xatboshilarida nazarda tutilgan holatlarda tugatish sud qaroriga ko’ra, boshqa holatlarda esa — litsenziyalovchi organning qaroriga ko’ra amalga oshiriladi.
Sudning litsenziyaning amal qilishini tugatish to’g’risidagi qarori auditorlik tashkilotiga va litsenziyalovchi organga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi.
Litsenziya uning amal qilishini tugatish to’g’risidagi qaror auditorlik tashkiloti tomonidan olingan kundan boshlab o’n kun mobaynida litsenziyalovchi organga qaytariladi va yo’q qilinadi.
Litsenziyaning amal qilishi uni tugatish to’g’risidagi qaror qabul qilingan sanadan boshlab tugatiladi.
28. Litsenziyaning amal qilishini tugatish uchun asos bo’lib hisoblanadigan litsenziya talablari va shartlarini bir marta qo’pol ravishda buzishga quyidagilar kiradi:
auditorlik faoliyati bilan bog’liq bo’lmagan boshqa faoliyat turlarini amalga oshirish;
auditorlik faoliyatini amalga oshirishda mustaqillikni ta’minlamaslik;
qasddan soxta auditorlik xulosasini tuzish;
auditorlik tekshiruvini o’tkazishda olingan maxfiy axborotni auditorlik tekshiruvi buyurtmachisining ruxsatisiz oshkor qilish, bundan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar mustasno;
auditorlik tekshiruvlarini o’tkazishda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan cheklovlarga rioya qilmaslik;
auditorlik faoliyatini amalga oshirishda auditorlik tashkiloti mas’uliyatini sug’urta qilish polisining mavjud emasligi.
29. Litsenziya quyidagi holatlarda bekor qilinadi:
auditorlik tashkiloti litsenziyani bekor qilish to’g’risida ariza bilan murojaat qilganda;
litsenziyaning qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi aniqlanganda;
agar auditorlik tashkiloti litsenziya berish haqidagi qaror qabul qilinganligi to’g’risida xabarnoma yuborilgan (topshirilgan) paytdan boshlab uch oy davomida litsenziyalovchi organga davlat boji to’langanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmagan bo’lsa, yoxud litsenziya bitimini imzolamagan bo’lsa.
Ushbu bandning uchinchi xatboshida nazarda tutilgan holatlarda litsenziyani bekor qilish sud tartibida, boshqa holatlarda esa litsenziyalovchi organning qaroriga ko’ra amalga oshiriladi.
30. Sudning litsenziyani bekor qilish to’g’risidagi qarori auditorlik tashkilotiga va litsenziyalovchi organga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi.
Litsenziyaning bekor qilinishi to’g’risidagi qaror auditorlik tashkiloti tomonidan olingan kundan boshlab litsenziya o’n kun davomida litsenziyalovchi organga qaytarilishi va yo’q qilinishi kerak. Litsenziyani bekor qilish to’g’risida qaror qabul qilingan taqdirda, litsenziya u berilgan sanadan e’tiboran bekor qilingan hisoblanadi.
Litsenziya bekor qilingan taqdirda to’langan davlat boji qaytarilmaydi.
31. Litsenziyaning amal qilishini to’xtatib turish, qayta tiklash, tugatish, shuningdek, litsenziyani bekor qilish to’g’risidagi qarorlar ommaviy axborot vositalarida, shuningdek, litsenziyalovchi organning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Download 14,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   362   363   364   365   366   367   368   369   ...   417




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish