Fani bo’yicha O’quv-uslubiy majmua


-bob. Litsenziya olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar



Download 14,49 Mb.
bet363/417
Sana08.04.2022
Hajmi14,49 Mb.
#538122
1   ...   359   360   361   362   363   364   365   366   ...   417
Bog'liq
2 5303010564346220036

2-bob. Litsenziya olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar
4. Belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkazilgan auditorlik tashkiloti litsenziya olish uchun litsenziyalovchi organga mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya olishga arizani (keyingi o’rinlarda litsenziya olish uchun ariza deb ataladi) mehnat daftarchalari (nusxasi olinib, asli qaytariladi) va asosiy ish joyi bo’yicha shtatdagi auditorlarning ushbu Nizomda nazarda tutilgan shtatdagi auditorlarning eng kam soniga to’g’ri keladigan miqdorda ishga qabul qilinganligi to’g’risidagi buyruqlarning ish joyidan tasdiqlangan nusxalarini ilova qilgan holda taqdim etadi.
Davlat ro’yxatidan o’tgan sanadan boshlab uch oy mobaynida litsenziyalovchi organga litsenziya olish uchun ariza taqdim etmagan tijorat tashkiloti o’z nomida «auditorlik tashkiloti» so’zlaridan foydalanishga haqli emas.
Auditorlik tashkilotidan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yo’l qo’yilmaydi.
Litsenziyalovchi organ litsenziya berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud bo’lgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda o’zaro axborot hamkorligi yo’li bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno.
Litsenziyalovchi organ O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda litsenziyaga ega bo’lgan auditorlik tashkilotlari reyestri ma’lumotlarini belgilangan tartibda ro’yxatga olingan auditorlik tashkilotlari to’g’risidagi axborot bilan taqqoslashni har chorakda amalga oshiradi.
3-bob. Litsenziya olish uchun arizani ko’rib chiqish tartibi
5. Litsenziya olish uchun ariza barcha zarur hujjatlar bilan birga litsenziyalovchi organ tomonidan ko’rib chiqiladi.
Auditorlik tashkilotining hujjatlarini ko’rib chiqish va litsenziya berish yoki berishni rad etish to’g’risida qaror qabul qilish muddati litsenziya olish uchun ariza va zarur hujjatlar kelib tushgan kundan boshlab o’n besh kalendar’ kunni tashkil etadi.
6. Litsenziya olish uchun arizani litsenziyalovchi organ tomonidan ko’rib chiqishi uchun eng kam oylik ish haqining (litsenziyalovchi organga litsenziya olish uchun ariza taqdim etilgan kundagi) bir baravari miqdorida yig’im undiriladi.
Litsenziya olish uchun arizani ko’rib chiqqanlik uchun yig’im summasi litsenziyalovchi organning maxsus hisob raqamiga undiriladi.
Auditorlik tashkiloti litsenziya olish uchun bergan arizasini qaytarib olgan holatlarda yig’im qaytarib berilmaydi.

Download 14,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   359   360   361   362   363   364   365   366   ...   417




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish