1-Masala. Maqsad – korxona majburiyatlarini va asosiy vositalar hisobini o’rganish.
Masalani bajarish uchun ma’lumotlar. Korxona yetkazib beruvchidan buxgalteriya bo’limida foydalanilishi rejalashtirilayotgan ikkita kompyuter stolini xarid qiladi. Bitta stolning qiymati – 252 AQSh dollariga, shu jumladan QQS - 42 AQSh dollariga teng. Shartnomaga ko’ra to’lov kunidagi O’zR MB kursi bo’yicha so’mda to’lov amalga oshiriladi.
O’zR MB tomonidan belgilangan AQSh dollari kursi: oldindan to’lov (15%) sanasida – 1 AQSh dollari uchun 1 740 so’mni;
AV kelib tushgan sanada - 1 AQSh dollariga nisbatan 1 745 so’mni;
Yakuniy hisob-kitob kilgan sanada - 1 AQSh dollari uchun 1 750 so’mni tashkil qildi.
Vazifa: Kompyuter stolining boshlang’ich qiymatini aniqlang;