Majburiyatlar hisobi
Qo’shilgan qiymat solig’i.
Misol. Korxona qoldiq qiymati 6000 ming so’m bo’lgan uskunani 8000 ming so’mga sotdi. QQSni hisoblab chiqaring.
Misol. Korxona o’z mahsulotini sotish maqsadida mol yetkazib beruvchi korxona bilan xaridorlarni qidirib topish haqida shartnomani tuzdi. SHartnoma bo’yicha ko’rsatilgan vositachilik xizmati uchun pul mukofoti 1440 ming so’mni tashkil qiladi. QQSni hisoblab chiqaring.
Misol. QQS to’lovchisi bo’lgan korxona o’z faoliyatini amalga oshirish uchun import bo’yicha kontrakt qiymati 25 ming $ bo’lgan materiallarni olib kirgan. Bojxoga yuk deklaratsiyasini rasmiylashtirish kunidagi kurs1 $. uchun 2368 so’m. Bojxonada bu yuk 28 ming $ga baholandi. Boj to’lovi 15%ni tashkil qiladi. Bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojxona yig’imi bojxona qiymatidan 0,4 %ga teng. Tovarni sertifikatsiyalash uchun 45 ming so’m to’landi (QQS ichida).
Hisoblansin:
Bojxonada import uchun QQSni qanday summasi to’lanishi kerak?
Materiallar omborga qaysi summada kirim qilinishi zarur?
QQSning qaysi summasi hisobga olinishi mumkin?
Masala. Hisobot davri uchun QQS bo’yicha soliq solinadigan oborot 600 000 so’mni tashkil etdi. QQSdan ozod qilingan oborot – 100 000 so’mni tashkil etdi. Mol yetkazib beruvchilarga jo’natilgan tovarlar, ko’rsatilgan hizmat uchun to’langan QQS 40 000so’mni tashkil qildi.
A) hisobga olinadigan QQS; B) xarajatlarga o’tkaziladigan QQS; V) budjetga to’lanadigan QQSni hisoblang.
Aktsiz solig’i.
“A” korxona Toshkent shahrida joylashgan, etil spirti ishlab chiqaradi. 2015 yil noyabr oyida quyidagi xaridor korxonalarga 1 litrini 4500 so’mdan (bilvosita soliqlar hisobga olinmagan) realizatsiya qildi:
2600 litr “N” konditer korxonasiga konditer mahsulotlarini ishlab chiqrish uchun;
4500 litr “D” farmatsevtika zavodiga spirtda tayyorlandigan dori vositalari uchun;
5600 litr “E” MCHJga vino zavodiga albkogol ma’hsulotlarini ishlab chiqarish uchun.
“N” konditer va “D” farmatsevtika zavodi maxsus iste’molchi hisoblanadi, u korxonalarga oylik me’yor 2000 litr konditer va 3500 litr farmatsevtika zavodi uchun.
2015 yil noyabr oyida “E” MCHJ Qozog’iston Respublikasidan 3400 litr spirtni import qildi. Import qilingan etil spirtidan mahsulot tayyorlanib eksport qilingan. Yukning bojxona qiymati 17 000 000 so’m bo’lgan. Rasmiylashtirilgan vaqti 2015 yil 21 noyabr.
2015 yil dekabr oyida “E” MCHJ vino zavodi tomonidan maxaldliy xom-ashyodan 12 000 dona butilka (hajmi 0,5 l, quvvati 40 gradus) ichki bozor sotilgan. Qozog’istondan import qilingan xom-ashyodan 7000 butilka boshqa alkogol mahsuloti ishlab chiqarilgan bo’lib, (hajmi 0,5 l, quvvati 45 gradus) eksport uchun sotilgan.
O’zb.da ishlab chiqarilgan aktsiz osti mahsuloti uchun aktsiz solig’i stavkalari:
Etil spirti 2636 so’m/dal
Aroq (quvvati 40 gradus) 21800 so’m/dal
Boshqa alkogol mahsuloti uchun (quvvati 45 gradus)-35921 Co’m/dal
Quvvat spirt hajmini bildiradi.
1 dal 10 litrga teng
Olib kiriladigan aktsiz osti mahsulotlari uchun
Etil spirti 7 dol/l
2015 yil 21 noyabr holatiga MB kurs 1966,36 so’m.
Spirt uchun bojxona boji 10 foiz
QQS 20 foiz
Bojxona qiymati – bojxona qiymatidan 0,2 foiz, biroq 25 AQSH dollaridan kam emas.
Rossiya va Qozog’iston erkin savdo zonasi.
Talab etiladi
“A” korxonasining 2015 yil noyabr oyida realizatsiya qilingan spirt uchun hisoblangan aktsiz solig’i
Do'stlaringiz bilan baham: |