Fani bo’yicha O’quv-uslubiy majmua


T/r Xo’jalik muomalalarining mazmuni



Download 14,49 Mb.
bet147/417
Sana08.04.2022
Hajmi14,49 Mb.
#538122
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   417
Bog'liq
2 5303010564346220036

T/r

Xo’jalik muomalalarining mazmuni

Schyotlarning bog’lanishi

Debet

Kredit



1

Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi



9110

2810 - 2830

2

CHiqib ketayotgan hayvonlarning tannarxi



9110

1110, 1120

3

Sotilgan o’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlarning tannarxi



9110

2110

4

Sotilgan tovarlarning tannarxi



9120

2910-2990

5

Asosiy, yordamchi ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatuvchi xo’jalik sexlarining bajargan ishlari va ko’rsatgan xizmatlarining tannarxi



9130

2010, 2310, 2710

6

Tovar-moddiy zaxiralarni sotib olish (TMZni davriy hisobga olish uslulida)



9140

6010

7

Hisobot davrining oxirida inventarizatsiya natijalari bo’yicha TMZ schyotlari bo’yicha qoldiqlarga tuzatishlar qilindi:







a) asosiy moddiy zaxiralar:







zaxiralarning o’sishi;

1010-1090

9150

zaxiralarning kamayishi;

9150

1010-1090

b) tugallanmagan ishlab chiqarish:







o’sish;

2010

9150

kamayish;

9150

2010

v) tayyor mahsulot:







zaxiralarning o’sishi;

2810

9150

zaxiralarning kamayishi;

9150

2810

g) tovarlar:







zaxiralarning o’sishi;

2910-2990

9150

zaxiralarning kamayishi.



9150

2910-2990

8

Hisobot davrining oxirida 9140 “Davriy hisobda TMZ sotib olish/xarid qilish” schyotining yopilishi



9910

9140

9

Hisobot davri oxirida 9150 “Davriy hisobda TMZ bo’yicha tuzatishlar” schyotining yopilishi



9910
(9150)

9150
(9910)

10

Sotilgan mahsulot (ish, xizmat)larning tannarxini hisobga oluvchi schyotlar (9100)ning yopilishi



9910

9110, 9120, 9130




  1. Tannarxni me’yoriy, jarayonli, bo’linmali, buyurtmali, oddiy hisoblash usullari. Haqiqiy tannarxni hisoblash.

Mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish – mahsulot birligiga to’gri keluvchi umumiy xarajatlar miqdorini aniqlashdir.
Mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish tamoyillariga quyidagilar kiradi:
ishlab chiqarish jarayonida xarajatlar tasnifining ilmiy asoslanishi. Ushbu tamoyilni o'z faoliyatida amalga oshirish uchun har bir hisobchi buxgalteriya sohasidagi amaldagi me'yoriy hujjatlardan foydalanishi kerak. Bunday hujjatlarga korxonalarning barcha o'ziga xos sanoat xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan rejalashtirish, xarajatlarni hisobga olish va ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash bo'yicha tipik ko'rsatmalar va tavsiyalar kiradi;
xarajatlarni hisobi ob'ektini, kalkulyatsiya ob'ektini va kalkulyatsiya birliklarini to'g'ri aniqlashtirish zarur. Ko’p hollarda kalkuyatsiya ob'ekti va xarajatlar hisobi ob'ekti bir-biriga mos kelmaydi. Kalkulyatsiya ob'ekti korxonada sotiladigan barcha turdagi mahsulotlarni o'z ichiga oladi. Xarajatlar hisobi ob'ekti ko'pincha ularning paydo bo'lishi joylari, bir xil turdagi mahsulotlar va ularning guruhlarini o’z ichiga oladi;
Kalkulyatsiyaning tamoyillari, ob’ekti va usullari (davomi)
bilvosita xarajatlarni taqsimlash usulini tanlash. Har bir korxona ushbu tanlovni mustaqil ravishda amalga oshiradi va uni majburiy ravishda hisob siyosatida qayd etadi;
korxona xarajatlarini davrlar bo'yicha taqsimlash. Buxgalteriya hisobida barcha operatsiyalar ularni tugatish vaqtida aks ettirilishi kerak. Pul oqimlari bilan bog'lash muhim emas;
Kapital qo'yilmalar va joriy xarajatlar hisobini alohida yuritilishi. Ushbu tamoyil "Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida " nizom bilan asoslanadi;
Ishlab chiqarish harajatlarini hisobga olish va mahsulot tannarxini hisoblash usullarini mustaqil tanlash.
Jarayonli, buyurtmali tannarx hisoblash usullari
Tannarxni jarayonlar bo’yicha kalkulatsiya qilish tizimi seriyali yoki ommaviy tarzda bir xil yoki taxminan bir xil qo’llaniladi. Xarajatlarni jarayonlar bo’yicha kalkulatsiya qilishni har bir ishlab chiqarish bo’linmasi tomonidan ishlab chiqarish jarayonining alohida qismini bajarish va ishlov berishga qarab mahsulotni bitta muomaladan boshqasiga o’tishni ko’zda tutgan texnologiyaga ega subektlar ham qo’llaydilar. Oxirgi bo’linma ishlab chiqarishni tugatadi va mahsulotni tayyor mahsulot omboriga topshiradi. Xarajatlar mahsulotlarga ishlab chiqarish bo’linmalari bo’yicha ma’lum vaqt davri uchun nisbatsiz umumlashtiriladi. Mahsulot birligining tannarxi ishlab chiqarish tannarxini ma’lum davrda shu davrda ishlab chiqarilgan mahsulotning miqdoriga bo’lish yo’li bilan aniqlanadi.
Xarajatlarni hisobga olish mahsulot yoki buyurtmaning tannarxini kalkulatsiya qilishning buyurtmali usuli asosan ishlab chiqarish texnologiyasi uchun sarflangan xom-ashyo va materiallar, mehnat sarflari va boshqa umumiy ishlab chiqarilgan mahsulot, bajarilgan ish yoki ko’rsatilgan xizmatning turiga olib borish imkoniyati bo’lgan ishlab chiqarishda yoki subektlarda qo’llaniladi.
Ushbu hisob va kalkulatsiya tizimining usuli qo’llaniladigan ishlab chiqarish turlariga asosan qurilish obektlari, samolyot-kemasozlik, qog’oz, mebel sanoati, ilmiy-izlanish, konstruktorlik va ta’mirlash ishlari, auditorlik, konsalting xizmatlari va shunga o’xshash yakka buyurtma yoki kichik guruhlardagi tovarlarni ishlab chiqarish jarayonlari kiradi.
Buyurtmalar bo’yicha xarajatlarni umumlashtirilgan hisobi quyidagilar yordamida tashkil etiladi: nazorat schyotlari; alohida hisoblash va shartnoma bo’yicha tannarx kalkulatsiyasi.
Nazorat schyotlari - bu xarajatlar va ular bilan korrespondensiyada bo’ladigan schyotlarni moliyaviy hisobning odatdagi tartibida ochilishini ko’zda tutuvchi schyotlar tizimi hisoblanadi. Xarajatlarning analitik schyotlari xarajatlar to’plami kartochkalarida ko’rsatilgan - ularda to’g’ri xarajatlar umumlashtiriladi. Egri xarajatlarni esa taqsimlash hisoblari bo’yicha hisobot davri tugagandan so’ng kiritiladigan "buyurtmalar kartochkalari"da hisobga olib boriladi.
Alohida hisoblash - bu boshqaruv va moliyaviy hisobda schyotlarni alohida ochishni ko’zlovchi hisob tizimi bo’lib, bu holda xarajatlar schyotlariga moliyaviy muomalalar haqida yozuvlar qilinmaydi.
SHartnoma bo’yicha tannarx kalkulatsiyasi - ishlab chiqarilishi uzoq siklli bo’lgan yirik buyumlarni hisobga olish va kalkulatsiya qilish tizimi hisoblanadi.
Jarayonli, buyurtmali tannarx hisoblash usullari (davomi)
Hisobot sanasiga bo’lgan foyda quyidagi formula bilan hisoblanadi:

Foyda

=

Ko’zda tutilgan foydaning 2/3 qismi


x



Buyurtmachidan olingan summalar
Topshirilgan ishlarning qiymati





Ko’zda tutilgan foyda


=

Topshirilgan ishlarning qiymati

-

Topshirilgan ishlarning tannarxi

-



Ko’zda tutilmagan xarajatlarning zaxirasi

«Standart kost» va «Direkt kosting» usullari
Me’yor-standartlarni ishlab chiqish, ishlab chiqarishning boshlanishigacha standart kalkulatsiyalarni tuzish va to’plam sifatida tizimlashgan standartlardan chetga chiqishlarni ajratish bilan haqiqiy xarajatlarning hisobi "standart-kost" tizimi nomini oldi.
"Standart"- mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun kerak bo’lgan moddiy va mehnat xarajatlarining miqdori yoki mahsulot, xizmat, ish birligini ishlab chiqarish uchun oldindan hisoblab chiqilgan moddiy va mehnat xarajatlarini; "kost"- mahsulot birligini tayyorlash uchun ishlab chiqarish xarajatlarining pul ko’rinishini aks ettiradi.
Standart-kost tizimining ustunliklari quyidagilardan iborat:
ishlab chiqarish va buyumlarning realizatsiyasi bo’yicha kutiladigan xarajatlar haqidagi ma’lumot bilan ta’minlash;
mahsulot birligining oldindan hisoblab chiqilgan tannarxi asosida narxni o’rnatish;
me’yorlardan chetga chiqishlar va ularning vujudga kelish sabablarini ko’rsatib daromad va sarflar haqidagi hisobotni tuzish.
«Standart kost» va «Direkt kosting» usullari
Direkt-kosting tizimining mazmuni- korxona ishlab chiqarish xarajatlarini kalkulatsiya qilish uslubini ko’rib chiqishda 1936-yilda Djonatan Xarris tomonidan kiritilgan "direkt-kosting reja" mazmuniga asoslanadi.
Direkt-kosting tizimidagi amaliy izlanishlar xarajatlar bo’linishining shartliligini ko’rsatadi. Har Bir subektda qabul qilingan yo’l qo’yishlar natijalarni hisoblab chiqishda hisoblanishi kerak. Direkt-kosting tizimi bo’yicha tannarxni kalkulatsiya qilish ishlab chiqarishning turli hajmida doimiy sarflarning o’zgarmas qiymatini ko’zlaydi, shuning uchun boshqaruv hisobida asosiy e’tibor doimiy sarflarga qaratiladi. Subekt va tizimli bo’linmalarning rahbarlari bu xarajatlarni boshqarishning nazorat funksiyalarini kuchaytiradilar
«Standart kost» va «Direkt kosting» usullari
Direkt-kosting tizimi bir necha farqlovchi xususiyatlarga ega: birinchisi - ishlab chiqarish xarajatlarining o’zgaruvchan va doimiyga ajratish; ikkinchisi- mahsulot tannarxini cheklangan xarajatlar bo’yicha kalkulatsiya qilish; uchinchisi- foydalar haqidagi hisobotlarni tuzishning ko’p bosqichligi.
Birinchi bosqichda tayyor mahsulotni ishlab chiqarish hajmining to’g’ri (o’zgaruvchan) xarajatlar bilan aloqasi o’rnatiladi, alohida turdagi mahsulotni ishlab chiqarishning rentabelligi aks ettiriladi. Ikkinchi bosqichda bitta schyotda umumlashtirilgan egri (doimiy) sarflar bir turdagi mahsulot realizatsiyasidan olingan qo’yilma bilan taqqoslanadi. Natijada butun ishlab chiqarish va realizatsiyaning rentabelligini aks ettiradi. SHunday qilib, bu tizim realizatsiyaga qaratilgan. Realizatsiyaning hajmi qancha ko’p bo’lsa subekt shuncha ko’p daromad oladi. Tayyor mahsulot va tugallanmagan ishlab chiqarish faqat o’zgaruvchan (to’g’ri) xarajatlar bo’yicha baholanadi. Baholashning bunday tizimi subektlarda realizatsiyani ko’paytirishning yangi imkoniyatlarini izlashga qiziqish uyg’otadi.




  1. Download 14,49 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   417




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish