1.O’quv materiallari
1.1. Ma’ruza materiallari bo’yicha o’quv materiallari. Fanning maqsad va vazifalari
1-mavzu Fanning predmeti, tadqiqot doirasi, maqsadi, vazifalari, tasnifi.
Reja:
Ilm-fan tushunchasi
Fanning klassifikatsiyasi
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:
«Fan» tushunchasi, fan klassifikatsiya, fan tarixi, Dekandol, zamonaviy fan, ijtimoiy institutlar.
1-savol bayoni:
Hozirgi zamon tarixini va fan negizini tushunish uchun yirik bazaviy mutaxassislik tajribasiga ega bo’lgan soha egalarini tayyorlashga bog’liqdir. Prezidentimiz I. Karimov aytganlaridek, «Ilm-fan – jamiyatni olg’a yurituvchi kuch» bo’lib hisoblanadi. «Ilm-fan» o’zi nima? «Ilm-fan» - bu ko’p qirrali, shu bilan birga, bir butun ma’lumotki, uning tarkibi alohida-alohida gumanitar va aniq fanlarning o’zaro jipsligidan iboratdir.
Fanimizning maqsadini quyidagi ko’rinishga ega ekanligini anglashimiz zarur:
fan rivojini tarixiy xarakterini va ilmiy bilimlar majmuasini ko’rsatish;
ilmiy tadqiqotlarni o’zgarishi va dunyoning rivojlanishini o’rganishda ilmiy inqiloblarning ahamiyatini ko’rsatish;
zamonaviy, dunyoviy va Vatan tarixiga oid fanlar rivojini ko’rsatish.
Fan - yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiqaruvchi sohadir.
«Fan» - tadqiqot faoliyati sohasi bo’lib, tabiat, jamiyat va tafakkur haqidagi yangi bilimlar hosil qilishga qaratilgandir.
Fan - ijtimoiy mehnat taqsimotining natijasidir.
Ilm-fan - bu insoniyat madaniyatidagi eng qadimgi komponentlardandir. Bu ko’p qirrali boy inson bilimlari dunyosi bo’lib, insonga yashashga va dunyoning barcha ma’naviy va moddiy boyliklaridan foydalanishga imkon beradi.
Fan tushunchasi – talabalarga fan tushunchasi mohiyatini etkazish ancha mushkul. Fan ko’p tarmoqli tabiiy va gumanitar fanlarga bo’lib o’rganiladi. Har ikkala tarmoq o’zaro uzviy holda ilmiy – texnika inqilobi jarayonida ishtirok etadi.
Fan – dunyo haqidagi ob’ektiv bilimlar sistemasi: ijtimoiy ong shakllaridan biridir. Tarixiy taraqqiyot jarayonida, ayniqsa ilmiy texnika inqilobi davrida fan jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchlariga aylana boradi.
Fan – tabiat, jamiyat va tafakkur haqidagi yangi bilimlar xosil qilishdan to ularni tadbiq qilishgacha bo’lgan faoliyatni o’z ichiga oladi.
Insoniyat – atrof muhit, olam sirlarini va rivojlanish mexanizmlarini o’rganib, ulardan jamiyatning ravnaqi uchun foydalanish ilm-fanni maqsadini tashkil etadi. Fan keng ma’noda voqelikni nazariy jixatdan yorituvchi ilmiy mexanizmdir.
Fan bilan san’at, din, axloq o’rtasida muayyan munosabat mavjud. Fan ob’ektiv voqelikni o’rganadi va baholaydi, mushohada qiladi. San’at bilan axloq “fan”ga ijobiy yondoshuvchi tarmoqdir. 1
Do'stlaringiz bilan baham: |