Fan: Tilshunoslik nazaryasi Mavzu: Leksema va uning ma’nolari ustida ishlash
Leksema – jamiyat azolari uchun tayyor umumiy majburiy bo’lgan shakl va mazmuning barqaror birikuvidan tashkil topgan voqelikdagi narsa, belgi, xususiyat va munosabatlarni shakllantiruvchi nutq va lug’atda grammatik morfemalarni o’ziga biriktira oladigan morfema turi→leksemadir.
Tilning mazmun planida so’zning asosiy ma’nosi semema termini bilan ataladi, ifoda planida esa leksema deb yuritiladi.
Masalan: bormoq, yurmoq, chopmoq, kelmoq, qadam bosmoq so’zlari turli leksemalar bo’lib, “harakat qilmoq”ni ko’rsatuvchi bir sememaga birlashadi. Ammo bu so’zlarning har biri alohida semasiga ega. Semalar bir so’zning ma’nosini boshqa so’zlardan farqlash uchun xizmat qiladi.
Semalar predmet va hodisalarga tegishli bo’lgan ichki va tashqi belgilar yordamida aniqlanadi va ular nutq jarayonida oydinlashadi.
LEKSEMA VA SO’Z. An’anaviy leksikologiya til va nutq hodisalarini, birliklarini farqlanmaganligi sababli bevosita kuzatishda berilgan matn yoki lug’atlarda qayd etilgan. So’zlar bilan, ular orasidagi shakl va ma’no munosabatlari kabi masalalar bilan shug’ullanib keldi.Sistem tilshunoslik nuqtai nazaridan bevosita kuzatishda berilgan matn va lug’atlarda qayd etilgan so’zlar nutq birliklari hisoblanadi.Til birliklari bevosita kuzatishda berilmagan bo’lib, ular jamiyat a’zolari uchun tayyor, umumiy va majburiy bo’lishi lozim. Bu ta’rifdagi “tayyor” tushunchasi sistem leksikologiyaning o’rganish obektini, manbaini belgilashda bosh mezon vazifasini o’taydi Leksemalarning qurilishi. Qurilishiga ko’ra leksemalar 5turga bo’linadi.
Qurilishiga ko’ra leksema
Sodda leksema
Soddalashgan leksema
Qo’shma leksema
Murakkab leksema
Juft leksema
Sodda leksemalar→tarixan bo’linmasdir. Ular bitta morfemadan iborat bo’lim, an’anaviy tilshunoslikning – “o’zak”, “tub” deb ataladigan birikmalarga moyil keladi O’zga tildan olingan atamalarning tuzilishi qanchalik murakkab bo’lmasin, ularning so’z yasovchilari o’zbek tili tizimiga o’zlashgan bo’lmasa ular tub leksema deyiladi.
Qo’shma leksemalar→tarixan ikki va undan ortiq o’zak (lug’aviy morfema)larning shakliy va mazmuniy butunlikka aylanish natijasida yuzaga keladi. Mn: belbog’, oqsoch, oqsoqol, belkurak.
Qo’shma leksemalar ayniqsa atoqlilashgan va atamalashgan leksemalar tarkibida ko’p bo’ladi.
Mn: Yangiqo’rg’on, Miyonbozor, Eskijuva va h.k
Juft leksemalar→ qo’shma leksemalarning bir turidir . Juft leksemalar o’zaklardan biri tilda mustaqil leksema sifatida ko’p qo’llandi. Ikkinchisi esa qo’llanilmaydi yoki juda kam qo’llaniladi.
Mn: bola-chaqa, idish-tovoq, yetim-yesir, o’rta-miyona, maza-matra, qarz-havola va h.k
Ushbu so’zlarning ikkinchi qismi birinchi qismiga umuman aloqasi bo’lmagan so’zlar hisoblanib, ba’zi hollarda birinchi qism va ikkinchi qism orasida mazmumiy o’xshashlik bo’lishi mumkin.
Murakkab leksemalarga→ faqat atamashgan so’zlarva so’z birikmalaridan yasalgan leksemalar kiradi. Murakkab leksemalar (atamalar, terminlar) deyarli har bir fan sohasida juda ko’plab topiladi.
Mn: ona tili fani asosida olsak: bosh bo’lak, gap bo’laklari, ikkinchi darajali bo’laklar, aniq nisbat , bosh kelishik .
Bularning bari murakkab leksema yani atamalar va terminlar.
Leksemaning xususiyati. Leksemaning eng asosiy xususiyati tayyorligi, shakl va mazmun jihatdan butunligi soddalashgan (yaxlitlashgan, atamalashgan, atoqlilashgan va h.k)
Leksema mazmunining o’z qismlari mazmuning yig’indisidan iborat emasligi va shu sababli leksemalarning tarkibiy qismlariga bo’linmasligidir. Shuningdek, leksemalar jamiyatning barcha a’zolari uchun tayyor, umumiy va majburiy hisoblanadi. Jamiyat a’zosi leksemani yasamaydi, balki uni tayyor holda qabul qiladi.
Reja: 1. Leksema 2. Leksema va so’z 3. Leksemaning xususiyati
Do'stlaringiz bilan baham: |