Fan tasnifi va fan Etikasi
Reja
Kirish
Fan falsafasi va metodologiyasini predmeti
Fan, bilim va ilmiy bilish
Fan falsafasining vujudga kelishi. Fan falsafasining predmeti
Xulosa
Adabiyotlar
Kirish
Har qanday noma’lum so‘z mazmunini uning etimologiyasidan, ya’ni u qachon, qanday va nima uchun yuzaga kelganini aniqlashdan boshlash o‘rinli bo‘ladi. «Falsafa» tushunchasi yunoncha phileo – sevaman va sophia – donolik so‘zlaridan kelib chiqqan bo‘lib, mazkur atamaning dastlabki ma’nosini donolikka muhabbat deb talqin qilish mumkin. Falsafa so‘zini ilk bor qadimgi yunon mutafakkiri Pifagor miloddan avvalgi VI asrda tayyor holda (afsonalar, rivoyatlar, an’analar orqali) avloddan avlodga o‘tuvchi bilim va inson o‘z aqliga tayanib, mushohada yuritish va borliqni tanqidiy tushunish yo‘li bilan olishi mumkin bo‘lgan bilimni farqlash maqsadida ishlatgan.
Ong paydo bo‘lishi ilmiy tasavvurlarga muvofiq, inson tarixiy rivojlanishining odam miyasi o‘sib borayotgan mehnat faolligi va verbal (nutq orqali) muloqot ta’sirida o‘ta rivojlanib, murakkab mavhumliklarni tushunadigan darajaga etgan davri bilan bog‘lanadi. Shunday qilib, inson tushunchalarga ta’rif berish, mulohazalar bildirish va mushohadalar yuritish yo‘li bilan sodda, lekin tom ma’noda aqliy ish olib bora boshladi.
Falsafa Hindiston, Xitoy, Markaziy Osiyo va qadimgi Yunonistonda taxminan bir vaqtda avvalo dunyoni oqilona anglash usuli sifatida vujudga keldi.
Odamlar dunyoqarashida nisbatan qisqa vaqt ichida tub o‘zgarishlar yuz berdi; unda bilim, tafakkur, tahliliy fikrlash tobora muhimroq rol o‘ynay boshladi, ular sirtdan olingan axborotni sezgilar va emotsiyalar darajasida idrok etishga asoslangan har xil e’tiqodlarni chetga chiqarib qo‘ydi. Faqat so‘zlariga ishonish kerak bo‘lgan ota, kohin, ruhoniy o‘rnini, savollar beruvchi va anglashga chorlovchi muallim faylasuf egalladi. U shubha urug‘ini sochib, qiziqish uyg‘otdi va: «Ishonma, balki o‘zing fikr qil!», deya da’vat etdi.
Ajdodlardan meros qolgan «donishmandlik» manbai sanaluvchilar, tayyor bilimlar va shak-shubhasiz haqiqatlarni e’tiqod sifatida qabul qilishga chorlovchilardan farqli o‘laroq, faylasuf savollarni ta’riflashni va avvalo sog‘lom fikr va o‘z aql-zakovatining kuchiga tayanib, ularga javob qidirishni o‘rgatatdi.
Qadimgi Yunoniston va Rim davridan buyon o'tgan ikki ming yildan ziyodroq vaqt mobaynida «Falsafa eidi yo'q bo'ldi, uni o'rganishning hech bir zarurati qolmadi» qabilidagi gaplar ko'p bo'lgan.
«Falsafa» atamasi «filosofiya» so'zining Sharq ijtimoiy tafakkuridagi shaklidir. Sharqning atoqli faylasufi, mashhur mutafakkir Abu Nasr Forobiy filosofiya so'zini «Hikmatni qadrlash» deb talqin etgan. Falsafa Sharq xalqlari ijtimoiy tafakkurida «donishmandlikni sevish» degan mazmun bilan birga, olam sirlarini bilish, hayot va insonni qadrlash, umr mazmuni haqidagi qarash va hikmatlarni e'zozlash ma'nosida ishlatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |