Fan tasnifi va fan Etikasi Reja Kirish Fan falsafasi va metodologiyasini predmeti


Fan falsafasi va metodologiyasini predmeti



Download 38,1 Kb.
bet2/9
Sana23.02.2023
Hajmi38,1 Kb.
#913986
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Fan tasnifi va fan Etikasi

Fan falsafasi va metodologiyasini predmeti

Fan inson faoliyatini shunday bir jabhasidirki, unda insonni taraqqiy etishiga qaratilgan ma’naviy-ilmiy, nazariy, uslubiy qadriyatlar yaratildi. Fan yaratiladigan ma’naviy qadriyatlar insonni bilishga, ijtimoiy va texnologik o’zgarishga, olam tasviri va dunyoqarashini shakillantirishga qaratilgan ehtiyojlarini qondirdi.
Mana shunday muhim ijtimoiy vazifani bajargani bois: fanni xususiyati, taraqqiy etish qonuniyatlarini, ijtimoiy taraqqiyotga ko’rsatayotgan ta’sirini o’rganish ehtiyoji va talabi kuchayadi.
Gnoseologik ehtiyoj orbitasiga kirib kelgan fan bilish obyektiga aylanadi.
Fanni obyekti sifatida olib qarashni anatologik asosi bu uni jamiyatda ijtimoiy institut sifatida mavjul bo’lishdir. Tadqiqot obyekti bo’lgan fan ko’p jihatlarga – obyektiv subyektiv, ijtimoiy, ma’naviy, gnoseologik xususiyatlariga ega. Shu bois fanni o’rgatishga qaratilgan yondoshuvlar ham xilma-xil bo’ladi, predmet sifatida o’nlab fan tarmoqlarida tomonidan o’rganiladi. Bunda fan tarixi, fan sosiologiyasi, falsafasi va metodologiyasi, fan etikasi va boshqa fan tarmoqlarini ko’rsatish mumkin.
Fanni fan o’rganar ekan, demak fan o’zini-o’zi o’rganishi mumkin, o’rganadi ham.
Fanni o’rganishni shakllari va darajalari ko’p xildir:
Nazariy, uslubiy, tarixiy, falsafiy, madaniy, sosiologik, psixologik va boshqalar.
Fan falsafiy tahlil predmeti sifatida o’ziga xos tomonlariga, xususiyatlariga ega.
Falsafiy tahlil fanni mohiyati, uni borligi, taraqqiyti qonunlari, inson muammosi bilan aloqadorligini tadqiqot qilishga qaratilgan.
Fanni falsafiy tahlil faktlarga, boshqa fanni o’rganuvchi yo’nalishlarini natijalariga tayanadi.
Lekin eng muxim fan falsafasi va metodologiyasi fanni falsafiy muammolarini inson va jamiyat bilan bog’lab tadqiqot qiladi.
Fanning metodologik va falsafiy muammolari.
Xarakteri va tasnifi.
Falsafa, olam, inson, insonni olamga bo’lgan munosabati va ularni masalalari bilan qiziqadi. Fan muammosi bilan falsafa qiziqar ekan, uni mohiyatini, inson faoliyati tizimidagi o’rni, olamni bilish va o’rganishdan fanning miqiyosi va xususiyati, inson muammolarini hal qilishda fanni o’rni va xissasi, fanni ma’naviyatini boshqa sohalari bilan aloqasi va o’zaro ta’siri fanni genezisi va taraqqiyoti muammolarini tadqiqot qiladi.
Fanni bu xislatlarini fanni o’rganuvchi boshqa bilim tarmoqlari chuqur tadqiqot qila olmaydi.
Fanni o’rganuvchi maxsus fanlar uni juz’iy xususiyatlarini ma’lum tarixiy intervalda namoyon bo’ladigan xislatlarini konkret ilmiy usullarga tayanib o’rganadi, fan tarmoqlarini evolyusiyasini, taraqqiyotini ichki va tashqi omillarini, harakatlantiruvchi kuchlarini ma’lum sivilizasiya va madaniyat darajasida tahlil qiladilar.
Falsafa esa fanni borligi va mohiyatini insonni olamga bo’lgan munosabati va inson muammosi nuqtai nazarda tutib* tadqiqot qiladi.
Fan metodologiyasi va metodologiya tushunchalari.
Metodologiya borliqni bilish va o’zlashtirish usullari haqidagi falsafiy ta’limotdir.
Fan metodologiyasi ilmiy bilishda qilinadigan usullar, tamoyillar va yondashuvlarni mohiyatini, turlari va ko’rinishlarini, bilish jarayonini darajalari va bosqichlarini, fanlarda sodir bo’layotgan uslubiy o’zgarishlarni, paradigmalarni almashinuvini o’rganadi.
Bu nima uchun kerak?
Shu tadqiqotlar tufayli ham o’zini o’zi o’rganadi, o’zini holatiga baho beradi, mohiyatini tahlil qiladi, shu jumladan diagnoz qo’yib boradi.
Bu ishni metodologiya ko’rinishidagi nazariy tafakkur bajaradi. Estetik ong, diniy, huquqiy ong va boshqalar fanga baho berishlari mumkin, lekin bu baholar uni mohiyati va istiqbolini ochib bera olmaydi.
Ekkleziast mnogo znaniy prinosit mnogi pecheri
(ko’p bilim g’am-g’ussani ko’paytiradi)
fan metodologiyasi ser shahobchali va ko’p bosqichli nazariy faoliyat sohasi bo’lib, u - konkret tadqiqot olib borish metodologiyasi.
- alohida fan tarmog’i, metodologiyasi, - ayrim ilmiy bilish sohasi
(tabiiy, texnik va ijtimoiy - gumanitar fanlar) metodologiyasi,
- umumiy fan metodologiyasi jabhalaridan iboratdir.
Miqyosi va predmeti jihatidan turli bosqichda turgan metodologik tadqiqot sohalarini birlashtiruvchi umumiy tomon bu ilmiy bilish uslublari, qoidalari va tamoyillarini aniqlash, ilmiy faoliyatning yo’nalishi va amalga oshirish vositalarini tahlil qilishdir.
Juz’iy metodologik tekshirish sohasidan fan metodologiyasi muammolari darajasiga ko’tarilganda falsafiy refleksiya va dunyoqarashning roli, ta’siri kuchayadi.
Bu esa metodologiya va dunyoqarashning o’zaro munosabati muammosini keltirib chiqaradi.
Albatta, bular, o’rtasidagi aloqadorlik bor, buni ko’pchilik olimlar va faylasuflar tan oladilar. Lekin gap, nazipiy* - g’oyaviy va falsafiy qadriyatlar qayta ko’rib chiqilayotgan bir davrda, bunday aloqadorlikning me’yori va xususiyatini aniqlashdir.
Sho’rolar zamonida fan metodologiyasi dunyoqarashga bo’ysunishi kerak, metodologiya dunyoqarashning bir qismi degan fikr uqtirilgan. Ilmiy – falsafiy, ma’orif va ma’rifat tizimlari orqali bu fikr afkori omma ongiga singdirildi.
Natijada fan metodologiyasi bilim tarmog’i sifatida dialektiv, materializm tamoyillariga bo’ysundirildi, uning predmeti va vazifalari maksistik dunyoqarash tushunchalari bilan chegaralandi.
Bu hol fan metodologiyasining ijodiy imkoniyatlarini ma’lum jihatdan cheklab qo’ydi, aqidaparastlik xislatini kuchaytirib yubordi.
To’g’ri, fan metodologiyasi bilan dunyoqarash o’rtasidagi aloqadorlikni inkor qilib bo’lmaydi.
Falsafiy dunyoqarash metodologik tafakkurga umumiy yo’nalish beradi, uning qoida va tamoyillarini tahlil qilish uchun zarur bo’lgan tushunchalarni shakllantiradi.
Ayni paytda metodologik tamoyillar dunyoqarashning elementlari bo’lgan falsafiy tasavvurlarning sintezini amalga oshirishda, ilmiy bilish sohasida qo’lga kiritilgan yutuqlarni umumlashtirishda, ularning falsafiy ahamiyati va jihatlarini ochib berishda muhim rol’ o’ynaydilar.
Fan metodologiyasi va dunyoqarash o’rtasidagi munosabat har doim mutanosib xarakterga ega bo’lavermaydi.
"Aslida metodologiya va dunyoqarash o’rtasidagi munosabat, - deb yozadi M.N. Abdullayeva ularni bir-biriga nisbatan ta’siri murakkab va ziddiyatli jarayondir.
Qayd qilingan ziddiyatning ko’rinishlaridan biri bu fan metodologiyasida sodir bo’layotgan o’zgarishlar bilan fan va amaliyot talablariga javob bermay qolgan, aqidaparastlik xislati saqlangan dunyoqarash o’rtasidagi qarama-qarshilikdir.
Bunday holatning aksi ham bo’lishi mumkin. Ya’ni, dogmatik andaza shaklini olgan nazariy tafakkur tamoyillari dunyoqarashining o’zini aqidaparastlik mazmuniga ega bo’lgan nazariy g’oyaviy xosilaga aylantirishi mumkin.
Fan falsafasi metodologiyasi: yo’nalish va nazariy bilish tarmog’i sifatida
Fan falsafasi va metodologiyasi - falsafiy tadqiqotlar yo’nalishiga kiradi. Maqomi jihatidan fan falsafasi va metodologiyasi falsafiy bilim tarmog’i, falsafiy fandir.
Bu fan asrni oxiri XX asr boshlarida metodologik tadqiqotlarni salohiyat va miqyosi oshib borishi sharoitida shakllanadi.
Bu esa o’z navbatida ijtimoiy hayotda fanni roli va ta’sirini kuchayib borganligini aksidir.
Fan falsafasi va metodologiyasi tadqiqotlar yo’nalishi sifatida F. Bekonni, R.Dekartni ijodlari davridan boshlab shakllana bordi.
Yangi zamonda fan va falsafa o’rtasidagi farqni, anglash metodologik muammolarni o’rtaga tashlashni kuchaytirdi.
Nazariy bilim tarmog’i sifatida fan falsafasi va metodologiyasi hozirgi zamin fanida sodir bo’layotgan fan va o’zgarishlarni tahlil qiladi, yangi paydo bo’layotgan fan va texnologiya sohalarini falsafiy va uslubiy umumlashtirishga yordam beradi.
Ya’ni fan, nazariy tafakkurda o’zini o’zi tadqiqot qilish ehtiyoji nihoyatda kuchayib ketdi.
Yana bir omil yoki sabab: asrga qadam tashlayotgan ko’pchilik fanlarni paradigmalari o’zgarmoqda.
Ko’p ijtimoiy - gumanitar fanlar, shu jumladan bizdagi falsafada bir paradigma bormoqda, boshqasi, yangisi istiqlol ruhi bilan oziqlanayotgan paradigma shakllanmoqda.
Tabiiyki, paradigmalar almashayotgan davrda fan falsafasi va metodologiyasini roli nihoyatda ortib boradi.
Fan falsafasi va metodologiyasini dolzarb muammolari
1. Ijtimoiy - gumanitar fanlar paradigmasi (ijtimoiy - iqtisodiy o’zgarishlar ta’sirida) yangilanmoqda.
Masalan: falsafa, tarix, iqtisodiy nazariya va boshqalar. Fan falsafasi va metodologiyasi mana shu jarayonni lozim qilishga yordam berishi lozim.
2. Fan falsafasi va metodologiyasi yo’nalishini o’zi ham, uni tushunchalari va tamoyillari yangilanishi lozim.
3. Bizda bu yo’nalishni o’ziga xos xususiyatlari bor milliy istiqlol g’oyasiga tayanish, bu g’oyasidan oziqa omili.
4. G’arb va Sharq fan falsafasi va metodologiyasi ishlab chiqqan g’oyalarni o’zlashtirish, shu asosda o’zimizni original konsepsiyalarimizni, yondashuvlarimizni yaratish.
Yana bir muxim muammo - o’zini predmeti. Paradigmasi va mazmunini o’zgartirayotgan ijtimoiy gumanitar fanlarga nazariy va uslubiy zamin sifatida xizmat qila oladigan yangi tasavvurlar, g’oyalar va tamoyillarga ishlab chiqish.
Buning uchun faylasuflar milliy g’oya va milliy istiqlol mafkurasini ishlab chiqish faoliyatida bevosita qatnashishlari lozim. Xususan, tariximizga, Islom Karimov aytganlaridek Bartol’dni (*** asrni II yarmida faoliyat ko’rsatgan, ko’zga ko’ringan rus tarixchisi) ko’zi bilan emas, milliy g’oya nuqtai nazarda turib qaytadan tahlil qilib chiqishimiz lozim. Bu ishni metodologik tomonini bevosita faylasuflar bajarishi kerak.


Download 38,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish