Fan: Ta'limda innovatsion menejment



Download 40,55 Kb.
bet4/7
Sana09.07.2022
Hajmi40,55 Kb.
#759634
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ta\'limda innovatsion menejment

to‘g‘risida Nizomda: “Kasb-hunar kolleji manfaatdor vazirliklar va idoralar, ish beruvchilar, mehnat va aholi bandligi organlari bilan hamkorlikda pulli-kontrakt asosida:

a) o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga ega bo‘lmagan shaxslarni umumta’lim maktablarining 11-sinflari bitiruvchilari kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lishlari uchun o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi dasturlari bo‘yicha;


b) ikkinchi mutaxassislikni olishni xohlovchi o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotli shaxslarni o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi dasturlari bo‘yicha o‘qitishi mumkin (bo‘sh o‘quv maydonlari, zarur resurs ta’minoti va o‘qituvchi kadrlar mavjud bo‘lgan taqdirda)” deyilgan. Bu kasb-hunar kollejlariga mahalliy aholiga pullik o‘quv xizmatlarini ko‘rsatish huquqini beradi. Ko‘plab kasb-hunar kollejlari hozirning o‘zida bunday faoliyatni amalga oshirmoqda va yoshlar, katta yoshlilar, ishsizlar uchun pullik o‘quv kurslarini taklif qilmoqdalar, shuningdek mahalliy korxonalar xodimlarining malakalarini oshirmoqdalar




2. Innovatsiyalarni ta’lim xizmatlari bozoriga olib chiqish muammolari.

Ta’lim xizmatlari bozori amal qilish mexanizmi talab, taklif, narx va raqobatning o‘zaro munosabatda bo‘lishini taqozo etadi, buning natijasida kishilar ta’lim ishlab chiqarish jarayoniga jalb etiladi, ta’lim xizmatlarini iste’mol qilib, ushbu xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojni qondiradilar.


Ta’lim xizmatlari bozorining amal qilish mexanizmini quyidagicha tasavvur etish mumkin: ta’lim xizmatlari iste’molchilari, odatda mehnat bozorida talab bo‘lmagan kasbdagi kadrlariga o‘qish uchun haq to‘lashga moyil emaslar. Bu hol ta’lim muassasalarini bunday ixtisosliklar bo‘yicha kadr tayyorlashni qisqartirishga majbur etadi. Aksincha, agar mehnat bozorida maqbul holatni egallash imkonini beradigan ta’lim xizmatlariga talab katta bo‘lsa, ta’lim muassasalari ushbu kasblar bo‘yicha kadrlar tayyorlashni amalga oshirishadi.


Ta’lim xizmatlari bozoridagi talab deganda, biz xaridorlarning muayyan miqdor va sifatidagi ta’lim xizmatlariga to‘lov qobiliyatiga ega ehtiyojni tushuniladi. Ushbu bozordagi talab uni boshqa bozorlardagi talabdan farqlovchi o‘ziga xos xususiyatlarga ega.


Ta’lim xizmatlariga talab narx bilan bog‘liq bo‘lmagan va narx omillari ta’sirida shakllanadi.


Narx bilan bog‘liq bo‘lmagan omillarga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:


- iste’molchilarning ehtiyojini qondirish uchun ta’lim xizmatlarining biron – bir turini afzal ko‘rish, ta’limga talab mamlakatdagi ijtimoiy – iqtisodiy vaziyat, ijtimoiy, tarixiy va psixologik omillar, oila an’analari ta’sirida shakllanadi;





  • ta’lim xizmatlari iste’molchisining daromadi. Iste’molchi daromadining kamayishi ta’lim xizmatlarini iste’mol qilishni cheklashga olib keladi. Iste’molchi

tomonidan nufuzli ma’lumot olishni ustuvor maqsad qilib qo‘yilsa, u ta’lim xizmatlaridan foydalanish ehtiyojini qondirish uchun boshqa tovarlar va


xizmatlarga qilinadigan xarajatlar hajmini qisqartirishga majbur bo‘ladi; iste’molchilar kutgan narsalar.

Mavjud saviyadagi malaka bilan ishga joylashish bo‘yicha istiqbolda kutilgan narsa ta’lim xizmatlariga bo‘lgan joriy talabga ta’sir ko‘rsatishi mumkin; ta’lim xizmatlari bozoridagi xaridorlar soni. Ta’lim xizmatlari iste’molchilari o‘rtasidagi raqobat ularga bo‘lgan talabda o‘zgarish qilishi mumkin. Talabga ta’sir etuvchi, narxga bog‘liq bo‘lmagan qator omillar faqat ta’lim xizmatlari bozoriga xos bo‘ladi. Ular jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin:





  • muayyan mintaqada joylashgan oliy o‘quv yurtlari miqdori. Ushbu mintaqada oliy o‘quv yurtlari soni qancha ko‘p bo‘lsa va bozorda turdosh ixtisosliklar qanchalik ko‘p taklif etilsa, alohida olingan tashkilotda talab hajmi shuncha kam bo‘ladi.




  • ta’lim muassasasining nufuzi va maqomi. Ta’lim xizmatlari bozorida har bir iste’molchi oliy o‘quv yurtining maqomi va boshqa ta’lim muassasalari

o‘rtasidagi mavqei professor - o‘qituvchilar tarkibida miqdori, sifati tomonidan ustun darajada belgilanadigan malakali xizmatdan bahramand bo‘lishga intiladi. SHunday qilib, ta’lim muassasasini nufuzi qancha yuqori bo‘lsa, ta’lim xizmatlari iste’molchilarining unga bo‘lgan talabi mutanosib ravishda yuqori bo‘ladi.


Ta’lim xizmatlari bozoridagi taklif deganda, oliy o‘quv yurtlari tomonidan ma’lum davr mobaynida muayyan narxda ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan ma’lum sifatdagi ta’lim xizmatlari miqdorini tushunamiz. Ta’lim xizmatlari taklifi ta’lim muassasalarining o‘quv o‘rinlarini to‘ldirish ehtiyojini ko‘rsatadi.


Ta’lim xizmatlari taklifi dastlab, taklif qilinayotgan xizmatlar narxi bilan miqdori o‘rtasidagi bevosita aloqani aks ettiruvchi narx omillari ta’sirida shakllanadi va ta’lim xizmatlarini narxi qancha yuqori bo‘lsa, ular taklifining hajmi shuncha katta bo‘ladi.


Ta’lim xizmatlari taklifini belgilovchi narx va narxga bog‘liq bo‘lmagan omillarni ajratish mumkin.


Ta’lim xizmatlari bozoridagi taklifning xususiyati shundan iboratki, ushbu xizmat kimgadir to‘g‘ridan - to‘g‘ri yo‘naltirilmagan. O‘quv yurtlarining konkret


iste’molchilarga o‘z ta’lim xizmatlarini taklif qilish byudjetdan zarur moliyaviy mablag‘ olish uchun mutasaddi davlat boshqaruv organlariga yo‘naltirilgan taklif bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lib unga qo‘shilib ketadi.

Taklif sifatida aniq ta’lim xizmati emas, balki uning har bir xo‘jalik sub’ekti tomonidan qiymatiga qarab turlicha qabul qilinadigan obrazi ta’lim xizmatlarining xarakterli xususiyati sifatida mavjud bo‘ladi. Talab va taklif ma’lum ixtisoslik bo‘yicha ta’lim xizmatlari ortiqchaligi yoki tanqisligini vujudga keltirib, miqdor va sifat jihatdan aksariyat hollarda bir – biriga mos tushmaydi. O‘qish to‘g‘risidagi to‘lov- shartnomasi hujjatli rasmiylashtirilganidan keyingina ta’lim xizmatlari sotuvchilari va xaridorlarning manfaatlari bir – biriga mos kelishiga erishiladi.


Ta’lim xizmatlarining to‘lov - shartnomasi bitimi negizida ularning qiymati va iste’mol qiymatining puldagi ifodasi sifatida narx yotadi. Biron – bir ta’lim xizmatlari narxning muvozanati talab va taklifning bozor nisbati bilan belgilanadi. Sotuvchilarning ta’lim xizmatlari taklifi bilan xaridorlar talabi o‘rtasidagi farq narxdagi o‘zgarishni keltirib chiqaradi. Bu o‘zgarish pirovard natijada, bir – biriga qarama – qarshi ushbu ikki taklifni o‘zaro muvozanatga keltirish yo‘li bilan mantiqiy yakuniga etkazadi.


Ta’lim xizmatlarining eng past narxi uni ishlab chiqarishga qilingan xarajatdan kelib chiqib belgilanadi va ushbu xizmatning ishlab chiqaruvchisi – ta’lim muassasasi tomonidan belgilanadi.


Eng yuqori narx esa iste’molchilarning talablaridan kelib chiqib belgilanadi. Umuman, ta’lim bozorida narx shakllanishiga quyidagi omillar jiddiy ta’sir ko‘rsatadi: ta’lim muassasasining nufuzi, taklif etilayotgan ta’lim xizmatlari sifati, raqobatchilar tomonidan belgilanadigan ta’lim xizmatlari narxi, ushbu oliy o‘quv yurtida tayyorlangan kadrlarga mehnat bozorida bo‘lgan talab va h.k.


Ta’lim xizmatlari bozori mohiyatining nazariy tahlili uning birlashtirish, taqsimlash, axborot berish, rag‘batlantirish, tabaqalashtirish va ijtimoiy funksiyalarini ajratish imkonini beradi.


Ta’lim xizmatlari bozorini bozor iqtisodiyotining o‘ziga xos segmenti sifatidagi mohiyati uning ijobiy va salbiy jihatlarini ajratib ko‘rsatish imkonini yaratadi.

Ta’lim xizmatlari marketingi mohiyatini o‘rganishni uni tarkib toptiruvchi unsurlardan: ta’lim xizmatlari sub’ektlari va ob’ektlaridan boshlagan ma’qul.


Ta’lim xizmatlari marketingi sub’ektlari sirasiga, qoidaga ko‘ra: ta’lim muassasalari, xizmat iste’molchilari, bozorda ta’lim xizmatlarini ilgari surish faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar va tuzilmalar kiritiladi. Har turli iste’molchilar har xil talabga ega va turlicha tovarlar va xizmatlarni xarid qilishni istashadi. Shu munosabat bilan har qanday ta’lim muassasasi o‘zining marketing faoliyatini avvalo iste’molchilarning ana shunday maqsadli guruhlariga mo‘ljallab olib boradi.


Bozorni bo‘g‘inlashtirish (segmentatsiyalash) marketing faoliyatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi va qoidaga ko‘ra, cheklangan miqdordagi o‘z mablag‘lari va resurslarini o‘qitishning muayyan yo‘nalishlari bo‘yicha markazlashtirish, o‘z e’tiborini ehtiyojlarini eng ko‘p miqdorda qanoatlantirishi aniq bo‘lgan mijozlarning muayyan guruhiga qaratish imkonini beradi.





Download 40,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish