Fan nomi: Atrofimizdagi olam Sinf: 2 “_____” Sana: ____________
Mavzu: Atrofimizdagi olam.
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: o'quvchilarning ona tabiatni, uning tabiiy boyliklarini asrab-avaylash va muhofaza qilish borasidagi bilimlarini kengaytirish;;
b) tarbiyaviy: 0‘quvchilarga yer, suv, tabiat boyliklaridan oqilona foydalanishni o‘rgatish, ekologik madaniyatni shakllantirish, mehnatga munosabatini ijobiylashtirish, yaratuvchanlik tuyg'ularini o'stirish;;
d) rivojlantiruvchi: ona tabiatni, atrof-muhitni asrash o‘z sog'lig'ini muhofaza qiiish ekanini bolalar ongiga singdirish, faollikka yo'naltirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi.
Darsning uslubi: suhbat, test, «Tarmoq!ash», savol- javob, guruhlarda ishlash.
Didaktik mashqlar: „Muzyorar“, ,,0‘rnini iop!“ mashqlari,
Dars jihozi: kompyuter, slaydiar, tarqatma materiallar, turli hayvon va jonivoriarning shakllari, rasmlar.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism:
0‘quvchilar bilan salomlashilgach, navbatchi axboroti orqali davomat aniqlanadi. 0‘quvchilarning darsga hozirligi tekshiriladi. Ular «Quyosh» va «Yulduzlar» guruhlariga bo'linadi.
II. Uyga vazifani so'rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
O'tilgan mavzu yuzasidan qisqa savol-javob uyushtiriladi.
III. Yangi mavzu bayoni.
Dars ikki o‘quvchi ijrosidagi avvaldan tayyorlab qo'yilgan sahna ko'rinishi bilan boshlanadi.
Bola maktabdan qaytayotib, yo‘l bo'yidagi terak niholini sindiradi va ot qilib minadi. Yana bir ko‘chatdan xivich yasab, «ot»ni choptirib ketadi. Shunda singan terak niholidan ovoz chiqadi.
Terak niholi: — Gapimga quloq sol, Akromjon! Meni sindirib yaxshi ish qilmading. Men senga toza havo chiqarib beraman. Havodagi changlarni yutib, seni kasal bo'lishdan asrayman. Qolaversa, o‘sib-ulg‘aysam, mendan imoratlar solishing, turli jihozlar yasashing mumkin.
(Akromjon o'ylanib qoladi. Shu paytyo'tdan o'tayotgan otaxon ham terakning gaplarini ta’kidlab, bolani qilgan ishidan uyaltiradi).
Bola: — Meni kechiring, bobo. Endi bunday ish qilmayman. Sen ham meni kechiraqol, Terakjon!
Terak niholi: — Mayli, kechirdim.
(Shundan so‘ng o'qituvchi tabiat haqidagi kirish so'zini boshlaydi).
0‘qituvchi: — Aziz o'quvchiiar, olimlarning hisob- kitoblariga qaraganda, 1 tup terak butun yoz davomida 75 kilogramm changni yutib qoiar ekan. Endi tasawur qilaylik, tevarak-atrofimizda o'sayotgan yuzlab teraklar havodagi changlarni o‘zida tutib qolib, bizga kislorod yetkazib beradi. Ya’ni bizni xastaliklardan asraydi. Nafaqat teraklar, balki barcha daraxtlar, yashil o'simliklar bizga havoni tozalab, kislorod ishlab chiqaradi. Shunday ekan, biz nima qilishimiz kerak?
0‘quvchilar: — Ularni asrashimiz, ko'paytirishimiz kerak!
O'qituvchi: — Barakalla! Biz daraxtlarni avaylasak, ularni ko‘paytirsak, o'zimizni, o‘z sog‘lig‘imizni asragan bo'lamiz.
Kompyuter monitorida o'quvchilarga tanish bolgan turli o'simlik va daraxtlarning suratlaridan iborat slayd ko‘rsatiladi. So‘ng suhbat davom ettiriladi.
0‘qituvchi: — Tabiat nima?
Har bir o‘quvchi parta ustiga qo'yilgan test savolidagi to‘g‘ri javobni belgilaydi.
O'qituvchi javoblarni yig'ib oladi. So'ngra tabiat haqidagi umumiy fikrlarni aytadi:
— Ko'zimizga ko'rinib turgan jamiki narsalar tabiatdir. Yer, suv, havo, quyosh, tog'lar, insonlar, o'simliklar, hayvonlar, qushlar, hasharotlar va hokazo. Ularning barchasi ko'zga ko'rinmas uzviy zanjir orqali bir-biriga bog'lanib turadi. (Mavzu bayoni turli rasmlar, qo‘l mehnati mahsuli bo'lgan qushlar, jonivoriarning shakllarini ko'rsatish orqali to’ldiriladi).
Xattaxtaga ikkita bo'sh plakat ilib qo'yiladi. 0‘qituvchi ularning biriga «Oziq-ovqat», ikkinchisiga «Kiyim-kechak» deb yozib qo'yadi. Guruhlardagi o‘quvchilar navbat bilan plakatga insonga oziq- ovqat yoki kiyim-kechak beruvchi tabiat boyliklariga oid so'zlarni yozadi.
« Quyosh» guruhi quyidagilarga ta’rif beradi: Oziq-ovqat bilan ta’minlovchilarga o'simliklar, mevali daraxtlar, hayvonlar (qoramol, qo‘y, echki, of va hokazo), parrandalar, qushlar kiradi.
«Yulduzlar» guruhi quyidagilarga ta’rif beradi: Kiyim-kechak bilan ta’minlovchilarga o'simliklar (paxta tolasi), hayvonlar (qo‘y, echki juni, bo‘ri, tulki, quyon terilari), ipak qurtlari kiradi.
0‘qituvchi javoblarni to'ldiradi va umumlashtiradi.
0‘qituvchi: — Bugungi darsimizda ona tabiatni muhofaza qilish, bu sohada olib borilayotgan ishlar, hozirgi kundagi ekologik vaziyat, uning insoniyatga ta’siri haqida suhbatlashamiz.
Saxiy tabiat insonlardan o‘z ne’matlarini ayamaydi. Biroq biz unga qanday javob beryapmiz?! Tabiatga ehtiyotsizlik, beparvolik, «Tabiatdan in’om kutib o'tirmaymiz, baiki tortib olamiz!» qabilidagi munosabatlar oqibatida ekologiya halokat yoqasiga kelib qoldi.
Ma’lumki, «ekologiya» lotincha so‘z bo'lib, «ekos» — uy-joy, «logos» fan demakdir. Tevarak-atrof zaharli moddalar bilan yildan yilga ifloslanib borar ekan, insoniyat ekologik bilimga muhtojdir. Inson tabiat boyliklarini tezroq qazib olib, o‘z ehtiyojlarini ko'proq qondirish uchun texnika vositalaridan foydalanib, ona Yer qo'ynida yotgan juda ko‘p moddalarni atrof-muhitga sochib yubordi. Bundan tashqari, ko'proq hosil yetishtirish uchun kimyoviy moddalardan foydalanildi va ko‘p zaharli moddalar tuproqqa, atrof-muhitga tarqaldi. Atrof-muhit va tirik organizmlar zaharli moddalar bilan zararlanib boraverdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |