“ILK QADAM” davlat dasturi asosida fevral oyi mavzusi yuzasidan mashg’ulot ishlanma.
Mavzu: Dunyo mamlakatlari
Maqsad: bolalarni qo’shni va dunyo mamalakatrari bilan tanishtirish. Ularni madaniyati biz bilan o’xshash jihatlarini solishtirish, insonlar o’rtasidagi do’stona munosabatlarni tarbiyalash, mehr-oqibat, qardoshlik kabi his-tuyg’ularni bolalar qalbiga chuqur singdirish. Birodarlik, hamfikirlik, hurfikrlikni bolalar ongiga targ’ib qilish. Bolalarda ijodkorlikni rivojlantirish. Dunyo mamlakatlari haqidagi tasavvurlarini kengaytirish.
Kerakli jihozlar: dunyo mamlakatlari rasmlari, tarqatma kartochkalar, lego konstruktorlar, oq qog’oz va bo’yoqlar, rangli qog’ozlar, yelim, qaychi.
Faoliyatning borishi:
Tarbiyachi: salom aziz bolajonlar. Biz sizlar bilan bugungi faoliyatimizda qo’shni va dunyo mamlakatlariga sayohat qilamiz. Aytingchi bolalar qaysi dunyo mamlakatlarini bilasizlar?
Bolalar: - amerika, xitoy, yaponiya, parij, London
Tarbiyachi: - barakalla bolalar. Ularni ko’rishni istaysizlarmi? Men hozir sizlarga ularni ko’rsataman.
Shunday deb tarbiyachi qo’lidagi dunyo mamlakatlarining suratlarini birin ketin nomlarini aytib ko’rsatib chiqadi.
DUNYO MAMLAKATLARI
QOZOG’ISTON
AMERIKA
TOJIKISTON
FRANSYA. PARIJ
Tarbiyachi: demak, ko’rib chiqganlarimiz dunyo va qo’shni mamlakatlar ekan bolajonlar. U yerlardaham huddi sizga o’xshagan bolalar bor va ular maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sizlar kabi biz haqimizda ana shunday tanishib bormoqdalar. Hozir biz sizlar bilan faoliyatimizni markazlarga yo’nalgan holda davom ettiramiz.
Bolalar markazlarga bo’linib oladilar va tarbiyachi rahbarligi ostida faoliyatni davom ettiradilar.
Syujetli-ro’lli o’yinlar markazida “Mehmonlarni kutamiz” mavzusida o’yin.
Maqsad: bolalarda mehmondo’stlik kabi oliy sifatlarni tarkib toptirish hamda muomala madaniyatini o’rgatish.
Kerakli jihozlar: Bolalar uchun mo’ljallangan oshxona to’plami, mevalar, sabzavotlar, dasturxon, gular bilan guldon, bolalar mebellari, oshxona, bolalarbob gaz plitasi va oshxona buyumlari.
Faoliyatning borishi:
Bolalarga ro’llar taqsimlab beriladi va qo’shni mamlakatdan kelgan mehmonlarni o’zbekona tarzda kutib mehmon qilish taklif qilinadi. Tarbiyachi faqat boshqarib turadi bolalar o’zlari ijodiy yondoshgan holda obrazlarga kirishadilar va menmon kutib olib ularga lutf karam ko’rsatadilar. Faoliyat davomida bolalarga sher, maqol va tez aytishlar aytish taklif qilinadi.
Til va nutq markazida. Suratlar asosida shaharlarning diqqatga sazovor joylari haqida hikoya qilib berish.
Maqsad: o’z shaxrini ilyustratsiyalar orqali tanishish, shaharnig diqqatga sazovor joylarini, qo’shni mamlakat poytaxtlari nomlarini bilish. Suratlar asosida erkin hikoya qila olish ko’nikmalarini shakllantirish.
Kerakli jihozlar: qo’shni mamlakatlarning diqqatga sazovor joylari aks etgan illyustratsiyalar.
Faoliyatning borishi: bolalarga shaharlarni diqqatga sazovor rasmlari beriladi vabolalar ularga qarab erkin hikoyalar tuzib berishlari kerak bo’ladi. Faoliyat mobaynida tarbiyachi tomonidan qo’shni mamlakatlar poytaxtlari nomlari bolalar lug’at boyligiga qo’shib boriladi.
Qurish-yasash va matematika markazi. Qog’ozdan origami usulda samalyot yasash.
Maqsad: bolalarda buklash orqali samalyotni yasashni o’rgatamiz.
Kerakli jihozlar: A4 formatidagi oq va rangli qog’ozlar.
Faoliyatning borishi: faoliyat davomida bolalarga tarbiyachi tomonidan samalyotni etapma-etap buklash orqali samalyot shaklini chiqarish o’rgatiladi. Faoliyat davomida samalyot haqida sher, toppishmoqlar aytib beriladi.
Uchganda yengil qushim,
Qo’nganda og’ir qushim. (Samalyot)
Mana bolajonlar shuning bilan bugungi faoliyatimiz o’z nihoyasiga yetdi sizlar bilan bugun dunyo mamlakatlari va madaniyati bilan tanishib chiqdik. kelasi faoliyatlarda yana bu mavzuni davom ettiramiz. Hammangizga ishtirokingiz uchun rahmat.
Do'stlaringiz bilan baham: |