3 Investitsion faoliyat va unga ta`sir etuvchi omillar
Xalqaro tajribalar shuni ko`rsatadiki, investitsiya muhitini baholashning ob`ektivlik darajasini oshirish uchun zamonaviy iqtisod fani tomonidan ishlab chiqilgan bir qator muhim uslubiy qoidalarni hisobga olish zarur. Ular quyidagilarni ko`zda tutadi:
Barcha turdagi investitsiyalar uchun ma`lum investitsiya muhiti zarur. Amalda kapital (sanoat, savdo, qarz, aksionerlik) investitsiya kabi turlicha bo`ladi, investorlar esa, ustma-ust tushmaydigan maqsadlarni ko`zlaydi. Qarz kapitali qisqa vaqt ichida maksimum foyda olishga qaratilgan bo`lib, moliyaviy investitsiyalar orqali, sanoat kapitali uzoq muddat davomida korxona faoliyatiga barqaror ta`sir o`tkazishga intilib, real, bevosita investitsiya orqali harakat qiladi;
Investitsion faoliyat manfaatlar muvozanatiga asoslangan bo`lishi kerak, chunki investitsiyalarni qabul qiluvchi ham, yetkazib beruvchi ham turlicha maqsadlarni ko`zlaydi:ularning birinchisi minimum mablag`lar asosida maksimum maqsadlarni ko`zlasa, ikkinchisi-maksimum foyda olish va mahalliy bozorlarni mumkin qadar tezroq egallashga intiladi;
Investitsion faoliyat, bir tomondan, uzoq vaqt barqaror, ikkinchi tomondan, yetarli darajada uddaburon tadbirkor, mamlakatda shakllanayotgan ijtimoiy ishlab chiqarish omillariga (ilmiy texnikaviy, tadbirkorlik, boshqaruv, texnologik) nisbatan yuz berayotgan o`zgarishlarni hisobga ola biladigan bo`lishi darkor;
Investitsiyalar inson kapitali rivoji, barcha faoliyat sohalaridagi ishchi va xizmatchilarning malakasi yuksalishi bilan aniq bog`langan bo`lishi lozim;
Investitsion faoliyat xo`jalikning iqtisodiy barqarorligi va ishlab chiqarish tizimlari xavfsizligiga raxna solmasligi kerak;
Investorlarning va investitsiyalanayotgan ijtimoiy-iqtisodiy tizim manfaatlari muvozanatini ta`minlash maqsadida, jalb qilinayotgan investitsiyalarning samaradorligi va investitsiya muhiti qulayligini majmuiy baholash talab etiladi. Shu sababdan nafaqat jalb qilingan investitsiyalar hajmi, balki ular joriy etishning ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik va boshqa oqibatlarini ham hisobga olish darkor.
Investitsion muhitga ta`sir etuvchi omillar 2 xil bo`ladi:
Ijobiy omillar-investitsion muhitning yaxshilanishga ta`sir etuvchi holatlar yig`indisi hisoblanadi. Ularga:
Iqtisodiy holat
jtimoiy-iqtisodiy beqarorlik
Tadbirkorlikning rivojlanish darajasi
Faoliyat ko`rsatishga qulay qonun va qoidalar
Madaniyat va ma`naviyat
Investorlarning qiziqishi
Salbiy omillar-investitsion muhitning yaxshilanishi aks ta`sir etuvchi holatlar yig`indisi hisoblanadi.
Iqtisodiy siyosiy beqarorlik
Soliq tizimining to`g`ri yo`lga qo`yilmaganligi
Infrastrukturaning rivojlanmaganligi
Sug`urta qilish mexanizmidagi kamchiliklar
Investitsion loyihalar uchun ma`lumot yo`ligi
Qimmatli qog`ozlar bozorining rivojlanmaganligi
Qulay investitsiya muhiti investorning u yoki bu davlat iqtisodiyotiga mablag` sarflashi maqsadida shart-sharoitlarning qulayligini, ya`ni siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlarning yaratilganligini o`z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |