Hukumat strukturalaridagi rasmiyatchilik. Hukumat o`z investitsiya siyosatini qanday baholashi muhim emas. Bunda kata tajribaga ega bo`lgan tadbirkorlar bergan baho muhimdir. Investorlar rasmiyatchilik, qog`ozbozlik avj olgan muhitga kamdan-kam o`z mablag`larine sarflaydilar. Hukumat uchun eng muhimi, rasmiyatchilik sabab bo`lib amalga oshirilishi to`xtab qolgan loyihalarni ekspertizadan o`tkazish, yo`l qo`yilgan xatoliklarni tuzatishdi.
Mahalliy ishlibilarmonlik muhiti. Bu tushuncha juda keng bo`lib, unga:advokat, maslahatchilarning ko`pligi, malakali ish yurituvchi hodimlar, buxgalterlar, arxitektorlar va konstruktorlarning mavjudligi kiradi. Bundan tashqari, qo`shma korxona ochishda mahalliy hamkorlikning tajribasi, aloqalari, mehnatsevarligi va ishonchliligi ham hisobga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |