Moliyaviy investitsiyalar-kapitalni har xil aktivlarga qo`yilishini anglatadi. Investorlar, aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa xil qimmatli qog`ozlar sotib olib, boshqa korxonalarning faoliyatida ishtirok etish huquqiga ega bo`ladilar. Ular yana muddatli depozitga qo`yilgan bank qo`yilmalari, kreditlashning har xil formalari, erkin konvertatsiyalanadigan valyutani sotib olish ham kiradi.
Moddiy investitsiyalar- material ob`ektlar yaratilishini taqozo qiladi. Ularga ko`chmas mulklar (binolar, inshootlar, yer uchastkalari)ga, transport infratuzilmalariga;ishlab chiqarish uskunlari (stanoklar, mashinalar, potok liniyalar, texnologik komplekslar va h.k) ga aylanma mablag`lar (xom ashyo, materiallar, butlovchi qism va mexanizmlar)ga qo`yilgan qo`yilmalar kiradi. Boshqarish, moliyalashtirish va strategik nazariyasida bularni real yoki kapital hosil qiluvchi investitsiyalar deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |