11.Islom uyg'onish davrida fan
IX-XII asrlarda jahon sivilizatsiyasi tarixiy taraqqiyoti davomida birinchi bo’lib Sharq mo’’jizasi ro’y berdi. Huddi shu davrda qadimgi Sharq mintaqasiga mansub Misr, Mesopotamiya, Hindiston, Хitoy, Markaziy Osiyo hududlari insoniyat sivilizatsiyasining ilk sarchashmalari sifatida shakllandi.Bu jarayonda ko’p ming yillik tarixga ega bo’lgan, Sharqu g’arbni tutashtirgan, o’zaro madaniyat, dinu e’tiqod, urf-odat, udumu an’analar almashinuvini ta’minlagan Buyuk ipak yo’lining o’rni katta bo’ldi. Ko’xna Хitoy yurtidan boshlangan bu yo’l avvalo Sharq xalqlarini bir-biri bilan bog’lagan, ularning iqtisodiy, savdo-sotiq, madaniy-ma’naviy aloqalarini rivojlanishi, turmush tarzini boyishida sezilarli turtki bo’ldi. Sharq xalqlari, elatlarining tili, urf-odatlari, musiqasi, to’yu ma’rakalari, diniy rasm-rusumlaridagi o’xshashlik jihatlarining mavjudligi ham buni yaqqol isbot etadi.Shuningdek, VII asrdan boshlab arab dunyosida islom bayrog’i ostida vujudga kelgan xalifalik davlati qisqa tarixiy davr ichida ko’pgina hududlarni egallab ularda nisbatan yagona iqtisodiy va madaniy-ma’naviy makon yaratishga muvaffaq bo’ldi. Bunday hollar Sharq Uyg’onish jarayoniga va ayniqsa arab dunyosi bilan tutashgan Markaziy Osiyo hududlariga ham jiddiy ta’sir ko’rsatdi.IX-XII asrlar davomida xalifalik tasarrufidagi mamlakatlarda islomiy hamda dunyoviy madaniyatning yonma-yon rivojlanishiga keng yo’l ochildiki, bu hol oxir-oqibatda Sharq dunyosini ulkan o’zgarishlarga olib keldi.
Bu jarayonlarning kuchayishiga shu yurtlar hukmdorlarining o’z davrining donishmand, bilimdon, ilmparvar siymolari sifatida adolat, qonun ustuvorligiga amal qilib faoliyat yuritganligi ham ma’lum ma’noda turtki bergan. Buni xalifalik hukmdorlari sanalgan Хorun ar-Rashid, Ma’mun yoxud ona yurtimiz ma’rifatparvar hukmdorlari: Nasr, Ismoil Somoniylar, Mahmud G’aznaviy, Malikshox, Nizomulmulk, Jaloliddin Manguberdi, Amir Тemur, Mirzo Ulug’bek, Husayn Boyqaro, Bobur Mirzo va boshqalar timsolida aniq-ravshan ko’rishimiz mumkin. Sharq Uyg’onish davri o’z mazmun-mohiyatiga ko’ra quyidagi muhim omillar va hususiyatlari bilan yaqqol ajralib turadi:
13."Bayt-ul hikma" allomalari
Tarixdan ma‘lumki, 749 yilda Abu-l-Abbos Saffah (749-754) xalifa Marvon II ni taxtdan ag‘dargach, xalifalikni boshqarish abbosiylar sulolasi qo‘liga o‘tadiBag‘dod tez orada sharqda Markaziy Osiyogacha, g‘arbda Ispaniyaga qadar kengaygan yirik davlatning poytaxtiga aylandi. Arablar, odatda, o‘zlari bosib olgan mamlakatlarning boyliklarini o‘z manfaatlari yo‘lida ishlatish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solar edilar. Shu boisdan bu mamlakatlarning ham moddiy, ham ma‘naviy boyliklari asta-sekin Bag‘dodga oqib kela boshladi. Ayniqsa, al-Mansur, Horun arRashid, alMa‘mun kabi Abbosiy xalifalar qadimiy qo‘lyozma asarlar va yirik olimlarni o‘z saroylariga jalb etishga alohida e‘tibor qaratish bilan bir qatorda, bu borada mislsiz jonbozlik ham ko‘rsatdilar. Natijada Bag‘dod tez orada butun xalifalikda ilmiy faoliyat yuritish uchun katta imkoniyatlarga ega bo‘lgan qulay shaharga aylandi. Bu esa o‘z navbatida, olimlarning o‘sha yerda ijod qilish ishtiyoqini oshirib yubordi. Saroyda qulyozma asarlarni saqlash odati ummaviylar sulolasi davrida ham mavjud bo‘lsada, bu ish abbosiy xalifalardan alMansur davrida doimiy jarayonga aylandi, sifat va miqdor jihati ham tubdan o‘zgardi. Al-Mansur nodir qo‘lyozma asarlarni to‘plashdan tashqari, o‘zga yurtlardagi olimlarni ham o‘z saroyiga jalb eta boshladi. Uning saroyida Gundishopur maktabidan taklif etilgan turli diniy e‘tiqodda bo‘lgan ko‘pgina olimlar, tabiblar, kimyogarlar, geograflar va muhandislar xizmat qilgan. Ular orasida Bag‘dod shahrining qurilishida ishtirok etgan astrologlar - eronlik anNavbaxt (vaf. 777 y.) va basralik yahudiy Menassiyalar (vaf tax. 815 y.) ham bor edi. Musulmonlar orasida «Mashallax» nomi bilan tanilgan Menassiya, al-Mansur, Horun ar-Rashid, al-Amin va al-Ma‘munlar davrida eng mashhur astrologlardan biri edi. Al-Mansur saroyida Gundishopur maktabidan Bag‘dodga taklif etilgan qator tabiblar ham faoliyat ko‘rsatgan. Ular ichida Baxtyashu oilasiga mansub biqanchaxristian tabiblari bo‘lib, ularning eng yirik namoyandasi bo‘lmish Jibril ibn Baxtyashu, xalifa alMansur uchun tabobatga oid ko‘pgina asarlarni yunon tilidan arab tiliga tarjima qiladi. Jibril ibn Baxtyashuning o‘zi va bu oilaning undan ortiq,
14. AB NASR FAROBIY
Ал Фаробий Абу Наср ибн Муҳаммад — файласуф, энциклопедиячи-олим, астроном, математик, ўрта асрлар Шарқ медики, шарқ арастучиларининг асосий вакилларидан бири бўлган. Иккинчи устоз (Арастудан кейин) номига эга бўлган. Асосий асарлари: “Донишмандлик геммалари”, “Ҳимматли шаҳар аҳолисининг нуқтаи назари ҳақида рисола”, Илмлар таснифи рисоласи, “Катта мусиқа китоби”.
Ал Фаробий 870 йил (бошқа маълумотларга кўра 872 йил) Сирдарёдаги Арис дарёси чуқурлигида жойлашган (замонавий Қозоғистон чегараси) Восиж шаҳрининг Фароба тумани атрофида дунёга келган. У имтиёзли табақага тегишли туркийлар оиласидан. Тўлиқ исми Абу-Наср Муҳаммад Ибн Муҳаммад Ибн Тархон Ибн Узлағ ал-Фаробий ат-Туркий.
Дунёни билишга интилиб, ал Фаробий она ерини тарк этади. Бир маълумотга кўра, у ўспиринлик даврида, бошқа маълумотларга кўра қирқ ёшларида кетган. Ал Фаробий Боғдод, Хоррун, Қохира, Дамашқ, Алеппо ва Араб халифатининг бошқа шаҳарларида бўлган.
Ҳаётининг кўп йилларини у араб халифатининг сиёсат ва маданият маркази ҳисобланмиш Боғдодда ўтказган. Бу ерда у “Байт ул ҳикмат” арбоблари ишларини, юнон муаллифларининг таржималарини ўрганиб, ўз билимларини пухта бойитади, таниқли олимлар билан танишиб, вақти келганда, ўзининг юқори ахлоқи ва тафаккури билан улар орасида етакчи ўринни эгаллайди. Айнан шу ерда унга “Муаллим Ассана”, яъни Иккинчи устоз (Арастудан кейин иккинчи, дея назарда тутилган) мақоми берилган.
Ҳақиқатдан ҳам, уларни кўп нарса бирлаштиради: илмий қизиқишлари кенглиги ва кўп қирралиги, борлиқ ва унда инсоннинг ўрнини фалсафий тушунишга интилиш, “барча маъқуллаган фикр”га, халқнинг кундалик донолигига яқинлашиш кабилар. Фаробий аввалроқ юнон ўтмишдоши ишлаб чиққан мантиқ фанига мустақил равишда ҳисса қўшган. Ўзига хос ва дадил фалсафий дунёқарашлари жамият фикрига қатъиян қарши, юнон фалсафаси ва илмини бутунлай қабул қилишга ноқобил бўлган. Даврнинг баъзи хурофотларига тўғридан-тўғри таъналари эса кўп одамларнинг унга нисбатан бидъатликда ва диндан четлашганликда айблашларига сабаб бўлган. Аслида, унинг фикрлашида бутунлай мустақиллик намоён этилган бўлиб, кейин ҳам ўз эътиқодида қатъий турган.
Ал Фаробий Боғдодга келишидан аввал турк ва бошқа тилларда сўзлашган, лекин араб тилида эмас, бироқ, умрининг охирига келиб етмушга яқин тилни билган. Боғдодда яшаб, ал Фаробий турли илмлар, энг аввало мантиқ билан шуғуллана бошлаган. Бу вақтда Боғдоддаги энг таниқли мутафаккир Абу Бишр Матт бен Йунис бўлган. Ўқувчилари сафидан ал Фаробий ҳам ўрин эгаллаб, Абу Бишр Маттнинг сўзларига кўра, у Арастунинг мантиққа доир асарларига изоҳлар ёзган. Ал Фаробий Арасту меросини ўрганишга чуқурлашиб кетди ва ғояларни қабул қилиш, буюк юнон олими қолдирган масала ва муаммолар ечимида енгилликка эришди.
Ал Фаробийнинг кўп қиррали илмий тадқиқотлар натижаси ўрнида “Фанлар таснифи ҳақида” рисоласини айтиш мумкин. Унда ўз даврининг барча илмлари қатъий тартибда саналиб, ҳар бир фан таърифи ўрганиб чиқилган.
Do'stlaringiz bilan baham: |