, Hind, Tibet, Xitoy tabobati va foydalanilgan dorivor o’simliklar «Yajur Veda» (Hayot haqidagi fan) dorivor o‘simliklar haqida yozilgan ko‘hna Hind kitobidir. Bu kitob davr o‘tishi bilan qayta ishlanib to‘ldirib borilgan. Shifokor Sushruta qayta yozgan bu kitobda 700 xildagi dorivor o‘simliklar bayon etiladi. Ular hozir ham o‘z qimmatini yo‘qotmagan. Hind tibbiyoti Tibet, Xitoy, Yaponiya, keyinchalik Mo‘g‘iliston va Buryatiyaga yoyila boshlaydi. Bu mamlakatlardagi mahalliy dorivor o‘simliklar soni Hindistondan keltirilgan o‘simliklar hisobiga ortib borgan. Tibet tibbiyoti Hind tibbiyoti asosida rivojlangan. Mashhur «Judshi» («Shifobaxsh doridarmonlar mohiyati») kitobi ham Hindiston «Yajur Veda»si asosida yozilgan. Xitoy yozuvi paydo bo‘lgandan so‘ng yarim afsonaviy xon Sheyennun (miloddan 3000 yil avval) tomonidan o‘simliklar haqida «Bensao» nomli kitob yozildi. Bu kitob keyinchalik Xitoyda yozilgan boshqa kitoblarga asos bo‘ldi. Li Shichjenning (XVI asr) giyohlar to‘g‘risidagi kitobida dorivor o‘simliklar mahsulotlarining 1852 xili tasvirlanadi. Bu kitobda yozilgan Xitoy dorivor o‘simliklarining bir qismi, masalan: zanjabil, dolchin, muskus, rovoch, kamfara va boshqalar, keyinchalik Yevropa mamlakatlarida ham keng qo‘llanila boshladi. O’rta Osiyoda dorivor o’simliklardan foydalanish tarixi - Ko’xna Sharq insoniyat tibbiy qarashlarining qadimiy o’chog’i xisoblanadi. Turkiy va forsiy tillarda so’zlashuvchi xalqlarning og’zaki ijodi va "Avеsto" dagi dalillar buni aniq tasdiqlaydi.
- Avеsto — (Aves — e'tiqod, ishonch ma'nosida) — miloddan oldin birinchi ming yillikning birinchi yarmida Zardusht payg’ambar tomonidan yozilgan bo’lib, O’rta Osiyo xalqlari xayoti to’grisidagi birinchi yozma bayonlar kеltirilgan qutlug’ kitobdir.
- Tarixiy dalillarga ko’ra O’zbеkiston xalqlari tabobat bilan shug’ullanishlari ibtidoiy tuzum oxiri va quldorlik jamiyatining boshlanish davriga to’g’ri kеladi.
- Bu davrga kеlib, qon kеtishini to’xtatish, yarani bеrkitib davolash, yallig’lanishlarni ochib davolash, chiqqan a'zolarni joyiga solish, dorivor o’tlarni qo’llash, ya'ni ularning o’riq qoldiruvchi, narkotik, ich yumshatuvchi, ich qotiruvchi xususiyatlarini bilib foydalanganlar. Ularni chaynab yoki suvda bo’ktirib istе'mol qilishgan.
- Sharqshunos Baxromiyning ta'kidlashicha, "Avеsto”da mingdan ziyod dorivor o’simliklar, giyoxlar ro’yxati kеltirilgan, ulardan dori olish va tayyorlash yo’llari ko’rsatilgan. Dorilar ko’pincha shira, barg, gul, mеva, don, buta, giyox ildizi va shirasidan, za'faron, koski, kunjut, ko’knori, xazaraspand, zira, xurmo, sabzi, bеxi, asal, zaytun moyi, savsan, zirk, bargizub, do’lana kabi giyox va o’simliklardan tayyorlangan. “Avеsto”dagi tibbiy dalillar ota-bobolarimizning tabobatga doir qarashlari rum, yunon va arab tabobatlaridan ko’xnaroq va uzoqroq tarixga ega ekanligini ko’rsatdi. Undagi tibbiy ma'lumot ko’proq “Vеndidodi”ning turli boblarida uchraydi.
- “Avеsto”dagi muhit tozaligini saqlash, kasalliklarning oldini olish vositalari xaqidagi muloxazalar, stеrilizatsiya va mikroblarga qarshi kurashish usullari hozir xam o’z axamiyatini yo’qotmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |