Inson va tabiat bir-biri bilan chambarchas bog`liq. Ibtidoiy odamlar o`z go`shasi atrofida o`suvchi egulik va kasalliklarga davo bo`luvchi o`simliklarni qidirib topishga harakat qilishgan. Arxeologik qazilmalardan ham shu narsa ma`lumki, qadimgi dunyo xalqlari o`simliklardan oziq-ovqat, dorivor va manzarali o`simliklar sifatida foydalanishgan. Eron, Hindiston, Yaponiya, Markaziy va Janubiy Amerika xalqlari qadim vaqtlardan beri yirik va ochiq gulli yovvoyi o`simliklardan, shuningdek dorivor xususiyatga ega bo`lgan o`simliklardan o`z ehtiyojlariga yarasha foydalanishgan. Bu o`simliklar bilan ular o`zlari yashagan joylarni bezashgan va ular tibbiyot sohasida ishlatishgan. Gullar kishilarga estetik zavq berishdan tashqari, ular shahar va qishloqlarni tutun, gaz va hakazolardan saqlashda juda katta ahamiyatga molikdir Ko`pgina o`simliklar fitontsitlik (o`simlikdan chiqadigan, bakteriyalarni yo`qotadigan uchuvchan moddalar) xususiyatga ega. Bog` va xiyobonlar shahar havosini tozalovchi o`ziga xos xususiyatga ega hisoblanadi. Daraxt va butalar harorat tebranish ko`lamini ma`lum darajada me`yorlaydi, issiq kunlarda havo namligini ko`paytiradi, meliorativ va suv saqlash xususiyatiga ega bo`ladi. Yashil o`simliklar turli xil ishlab chiqarish jarayonida yuz beradigan ayrim holatlarga va ko`cha shovqinlariga qarshi kurashda ayniqsa, katta ahamiyat kasb etadi Qadimgi yunon tabobati va uning namoyondalari Yunonlar o‘zlarida yetishtiriladigan dorivor o‘simliklardan tashqari Misr, Eron va Sharqiy Osiyo mamlakatlaridan keltirilgan dorivor mahsulotlardan ham foydalanganlar. Mashhur shifokor Gippokrat, Aristotel va uning shogirdi Teofrast, farmakognoziya asoschisi Dioskorid va boshqa olimlarning shuhrati dunyoga ketgan. Gippokrat (m.a. 460–377yillar) kasallarni parhez bilan davolagan, uning yozgan kitoblarida esa dorivor o‘simliklarning 236 hili tasvirlanadi. O‘z davrining atoqli shifokori Dioskorid (milodning birinchi asrida yashagan) «Materia medika» nomli mashhur kitobida juda ko‘p dorivor o‘simliklarni rasmlari bilan tasvirlab bergan. Ko‘hna Rimda Galen va katta Pliniy farmakognoziya sohasida katta ishlar qilganlar. Galen (milodning 130yillarida tug‘ilgan), shifokor bo‘lib, farmatsiya va tibbiyot sohasida bir qancha kitoblar yozgan. U o‘z kitoblarida 304 ta dorivor o‘simlik, 80 ta hayvon va 60 ta mineral moddalardan olinadigan dorilarni tasvirlaydi. Galen birinchi marta o‘simlik va hayvon organlaridan ajratib olingan dori turlari bilan kasallarni davolashni taklif etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |