Asosiy qism
O’tgan mavzu : Futbol sport turi haqida o’quvchilarga savollar berish.
Yangi mavzu : Futbol. To’pni olib yurish va tеpish usullari.
Nazriy ma’lumot:
Yugurishda futbolchi doimiy ravishda o’zgarishlarga tayyor turishi lozim bo’ladi – tezlik va yo’nalishning o’zgarishi, qadamlarning o’zgarishi, kutilmaganda tezlik olishni bilish va kerak paytda to’xtash. Yugurish talablariga, shuningdek,to’pni aniq olib yurish ham kiritiladi. Chunki harakatlanish chog’ida to’pni o’zida ishonchli olib yurish , nazorat qilish lozimdir. TO’PNI TEPISH.
To’p oyoqning turli tomonlari bilan tepiladi; yon tomoni, do’ngining o’rtasi , oyoq uchi yoki poshna bilan . Kam xollarda son yoki poshna bilan tepiladi.
Kuchli aniq zarba berish uchun oyoq harakatining keng amplitudasi va maksimal tepish kuchi bo’lishi lozim.Zarbadan oldin tana og’iligi to’lig’cha tayanch oyoqqa tushadi. Zarbadan so’ng oyoq oldinga xarakatlanishni davom ettiradi, go’yoki to’pni kuzatayotgandek.
|