Dialektika, avvalo, umumiy aloqadorlik va bogʼlanishlar haqidagi fandir. Chunki borliqdagi barcha narsa va hodisalarni umumiy aloqadorlikda va oʼzaro bogʼlanishda olib qarash borliq haqida dialektik fikr yuritishdir



Download 23,9 Kb.
Sana03.11.2022
Hajmi23,9 Kb.
#859542
Bog'liq
falsafa




O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim
vazirligi
Islom karimov nomidagi Toshkent Davlat texnika
Universiteti
Olmaliq filiali
Ijtimoiy-Gumanitar fanlar” kafedrasi
Falsafa” fanidan

Mustaqil ishi

Bajardi: 7b-20MT guruh talabasi
Jaylovov E.
Qabul qildi: Zokirov . SH


Olmaliq-2022
Dialektika rivojlanish haqidagi ta’limot

Reja





  1. Dialektika dastlabki davrlarda

  2. Gegelning taraqqiyot



Dialektika oʼz mohiyati jihatdan umumiy aloqadorlik, bogʼlanish, harakat, oʼzgarish toʼgʼrisidagi taʼlimot sifatida tabiat, jamiyat va inson tafakkuriga xos eng umumiy aloqadorlik va bogʼlanishlarni toʼgʼri ochib borish asosida kishilarga dunyoni oʼzlashtirish va oʼzgartirish yoʼllarini koʼrsatuvchi metodologik qurol boʼlib xizmat qiladi.
Dialektika, avvalo, umumiy aloqadorlik va bogʼlanishlar haqidagi fandir. Chunki borliqdagi barcha narsa va hodisalarni umumiy aloqadorlikda va oʼzaro bogʼlanishda olib qarash borliq haqida dialektik fikr yuritishdir. Haqiqatan ham, borliqdagi hamma narsalar, hodisa va jarayonlar oʼzaro bogʼliq boʼlib, ular umumiy aloqadorlikda bir-birlariga taʼsir va aks taʼsir qilib turadilar, bir-birlarini taqozo qiladilar. Xoh tabiat va jamiyatda, xoh inson hayoti va tafakkurida boʼlsin, hech bir hodisa yoki voqea, oʼzgarish yoki jarayon boshqa hodisa yoki voqealardan, boshqa oʼzgarish va jarayonlardan alohida, ulardan ajralgan, ularga bogʼliq, boʼlmagan, ular bilan aloqadorliksiz mavjud boʼlmaydi, aksincha, ular bilan doimo oʼzaro aloqadorlikda boʼladi.
Borliqning turli tomonlari, materiyaning turli koʼrinishlari, uning asosiy mavjudlik usullari, harakatning turli shakllari bir-birlari bilan oʼzaro umumiy aloqadorlikda boʼlib, bir-birlariga taʼsir va aks taʼsirida, lekin oʼzaro bogʼlanishda bir-birlari¬ni taqozo qilib turadi.
Dialektikaning oʼzaro aloqadorlik printsipi yalpi umumiy xarakterga egadir. Uning bu yalpi umumiyligi shundaki, birinchidan, bu aloqadorlik bir butun borliqqa, yaʼni tabiat, jamiyat, inson, inson tafakkuri va bilishga xosdir; ikkinchidan, bu aloqadorlik borliqning hamma koʼrinishlariga oid barcha narsa va ho¬disalarni, ularga xos hamma narsa va holatlarni, bir butun inson bilish jarayonini, xullas, bir butun moddiy va maʼnaviy olamning hamma bogʼlanishlarini oʼz ichiga oladi.

Harakat, taraqqiyot, umumiy bogʼlanish va aloqadorlik toʼgʼrisidagi falsafiy taʼlimotlar ham falsafa fani bilan birga paydo boʼlgan. Bu muammolar tahlili falsafada «dialektika» tushunchasi orqali ifodalangan. Bu tushuncha falsafa tarixida turli davrlarda turli maʼnolarni ifodalab kelgan. Dialektika dastlabki davrlarda oʼzaro bahs, munozara olib boruvchi mutafakkirlarning muhokamalaridagi qarama-qarshi, zid fikrlarning toʼqnashuvi va shular asosida haqiqatni aniqlash maʼnosini ifodalagan. Аntik davr mutafakkirlarining maʼlumotiga koʼra, munozarada ishtirok etuvchilar, oʼz muhokamalarida bir-birlariga muqobil savollarni berib, bu savollarga har tomonlama yondoshib, ulardagi bir tomonlamaliklarni bartaraf qilishga uringanlar. Bunda, ular, oʼz muhokamala¬rida har xil nuqtai nazarlarni hisobga olgan holda, ilmiy, nazariy, ahloqiy, siyosiy, huquqiy va shu kabi voqea-hodisalar toʼgʼrisida oʼz qarashlarini ishlab chiqqanlar. Ular shundan kelib chiqib, dialektika deganda oʼzaro bahslashuv sanʼatini, munozara asosida haqiqatga erishish usulini tushunganlar. Masalan, an¬tik davr mutafakkiri Suqrot dialektikani bahslarda yoʼl qoʼyiladigan qarama-qarshi fikrlar oʼrtasidagi ziddiyatlarni ochish orqali haqiqatga erishish sanʼati, deb tushungan.


Dialektikani bahs sanʼati sifatida tushunish hatto oʼrta asrlarda ham davom etgan. Buni oʼrta asrlar mutafakkiri Pьer Аbelyarning «Ha va yoʼq» nomli asari yaqqol tasdiqlaydi.
Dialektikaga munozara sanʼati sifatida qarash oʼr¬ta asrlarda yashagan Oʼrta Osiyo mutafakkirlariga ham xos boʼlib, hatto bu narsa Uygʼonish davrlarida ham davom etgan. Bu davr mutafakkirlarida ham dialektika savol-javob sanʼati sifatida oʼzgacha fikrlarni rad qilish usuli boʼlib xizmat qiladi. Bunga misol qilib G.Galileyning «Dunyoning ikki sistemasi toʼgʼrisidagi bahs» asarini koʼrsatish mumkin. Umuman, dialektika tushunchasining paydo boʼlishi, u oʼzining dastlabki davrlardagi tor maʼnoni ifodalashiga qaramasdan, oʼsha davrlardan to bizning kunlarimizgacha qoʼllanib kelingan sermazmun falsafiy suhbat usulining paydo boʼlishida muhim rol oʼynadi va insoniyat madaniyatining rivojlanishiga katta hissa boʼlib qoʼshildi.
Аsrlar davomida toʼplanib borgan dialektik munozara madaniyati murakkab muammolarni muhokama qilish, ulardagi turli qarama-qarshi nuqtai nazarlarni ochish, aniqlash va tushunish mahoratining qaror topishi inkor qilib boʼlmas ahamiyat kasb etdi. Bora-bora dialek¬tika qarama-qarshi nuqtai nazarlar, ular oʼrtasidagi ziddiyatlarni ochish usuli sifatida qaraladigan boʼldi.
Shunday qilib, sekin-asta inson ijodiy tafakkuri oʼz tabiati bilan dialektik ekanligi haqidagi tasavvur paydo boʼldi. Lekin maʼlum vaqt oʼtishi bilan dialek¬tika faqat kishilarning oʼzaro munozaralarigagina xos emasligi maʼlum boʼla bordi. Oqibatda, dialektika faqat inson fikrlash jarayonigagina xos boʼlmasdan, bal¬ki u tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalarga ham xos, deb qarala boshlandi. Аyniqsa, bu qarash borliq shakllari va turlari oʼrtasidagi bogʼlanish va aloqadorliklarning, ular doim oʼzgarib, rivojlanib, bir holatdan ikkinchi holatga oʼtib turishlarining aniqlanishi bilan yanada rivojlandi. Natijada, «dialekti¬ka» tushunchasi insonni, uni qurshab turgan dunyoni bilish, uni tushunish va izohlashning umumiy usuli maʼnosini ifodalay boshlaydi.
Vaqt oʼtishi bilan «dialektika» tushunchasi hamma narsalar: xoh katta, xoh kichik boʼlishiga qaramasdan, oʼzgarib, oʼzining oldingi xususiyatlarini oʼzgartirib, ilgari ega boʼlmagan yangi xususiyatlar hosil qilib borishlarini ham ifodalay boshlaydi. Shu asosda asta-sekin dunyoni dialektik tushunish, borliq va bilishga dialektik qarash qaror topa boshlaydi. Lekin dunyodagi barcha oʼzgarish, aloqadorlik va rivojlanishlarni falsafiy jihatdan tushunib yetish juda qiyinlik bilan kechdi. Sababi: insoniyat taraqqiyotining juda uzoq davrlarigacha kishilar kosmosni, oʼsimliklar, hayvonot dunyosini, hatto kishilarning oʼzlarini ham oʼzgarmas, doimo bir xilda turadi, deb bilishgan. Dunyoning oʼzgaruvchanligi, undagi narsa va hodisalarning bir-birlariga bogʼliqligi toʼgʼrisidagi tasavvurlarning paydo boʼlishi insoniyatning dunyoni bilishi jarayonida juda katta kashfiyot boʼlgan.
Dunyoning oʼzgaruvchanligi toʼgʼrisidagi dastlabki fikrlar ham qadimgi Xitoy, Hindiston hamda Yunonistonning falsafiy taʼlimotlarida ilgari suriladi. Qadimgi davr faylasuflari, garchi hali harakatning turli koʼrinishlari va xillari toʼgʼrisida ilmiy dalillarga ega boʼlishmasa ham, borliqning umumiy oʼzgaruvchi xarakteri haqida oʼz davrlari uchun yangi fikrlarni ilgari surishadi.
Kishilar dastlabki vaqtlardan boshlab oʼz tajribalarida narsa, hodisalardagi oʼzgaruvchan xususiyatlar bilan birga, ularda maʼlum barqaror, oʼzgarmas xususiyatlarning ham mavjudligini anglay boshlaganlar. Nihoyat, dunyo oʼzgaruvchanmi, yoki oʼzgarmasmi? degan savollar paydo boʼlib, bu savollarga mutafakkirlar tur¬li xil javob berganlar. Аmaliyot bergan koʼpdan-koʼp maʼlumotlarga va oʼz kundalik tajribalariga tayangan koʼpchilik mutafakkirlar dunyo oʼzgaruvchan, deyishgan. Lekin bunga qarama-qarshi boʼlgan, dunyo oʼzgarmas, barqaror, deyuvchi mutafakkirlar ham oʼzlarining muayyan asoslariga ega boʼlishgan. Natijada, dunyoning, undagi narsa va hodisalarning ham oʼzgaruvchan, ham barqaror oʼzgarmas xossalari haqidagi qarashlar kelib chiqadi. Haqiqatan ham, narsa va hodisalar maʼlum vaqt ichida har qancha oʼzgarsa ham, ayni vaqtda ularning maʼlum tomonlari oʼzgarmay qolaveradi. Xullas, bunday qarashlar toʼplana borib, narsa va hodisalarning qarama-qarshi tomonlari, ular oʼrtasidagi ziddiyatlar haqidagi qarashlar tufayli falsafada rivojlanish gʼoyasi kelib chiqadi.
Rivojlanish gʼoyasi inson ongida uzoq asrlar davomida shakllanib boradi. Dastlab kishilar rivojla¬nish toʼgʼrisida hech bir tasavvurga ega boʼlmagan. Lekin keyinchalik ular dunyodagi narsa va hodisalarda yuz beradigan turli xil oʼzgarishlarni anglay borib, dunyoning uzluksiz harakatda, oʼzgarish va rivojlanishda ekanligini tushuna boshlaganlar. Ular, shu bilan bir¬ga, tabiat va jamiyat voqea-hodisalarida juda koʼp davriy, takrorlanuvchi hodisalarni ham bila borganlar. Masalan, yil fasllari, kun bilan tunning oʼrin almashishi va shular kabi. Lekin dastlabki davrlarda mutafakkirlar rivojlanishni butunlay yangi narsaning, yangi bosqichning paydo boʼlishi, deb tushunish darajasiga koʼtarila olmaganlar.
Rivojlanishni butunlay yangi sifat oʼzgarishi, eskiga nisbatan jiddiy yangining paydo boʼlishi, deb tushunishda Uygʼonish davri Sharq va Oʼrta Osiyo mutafakkirlari, keyinchalik esa oʼrta asr xristian, diniy va tarix falsafasi mutafakkirlari bir qadar oldinga ketadilar. Ularning qarashlarida rivojlanish gʼoyasini insoniyat jamiyati tarixiga tatbiq etishga urinishlarni uchratamiz.
Rivojlanish gʼoyasini bir butun dunyo rivojlanishi bilan bogʼlab tushunishda muhim qadamni birinchi boʼ¬lib frantsuz faylasufi Rene Dekart qoʼyadi. U, dunyoni xudo yaratayotib, unga dastlabki turtkini kiritgan va uni harakatga keltirgan, deydi. XVIII asr frantsuz maʼrifatparvarlari Volьter va Russo inqilobiy qayta qurishni oʼz ichiga olgan tarixiy rivojlanish gʼoyasini ilgari surishadi. Ularning izdoshi Kondorse esa oʼzi¬ning jamiyatning ilgarilama harakati, uzluksiz taraqqiyot toʼgʼrisidagi taʼlimotini yaratadi. Bu mutafakkirlar oʼz qarashlarida gʼoyaviy omillar (masalan: ahloq, din, huquq va shu kabilar) jamiyatni harakatga keltiruvchi, rivojlantiruvchi asosiy kuchlardir, degan gʼoyani ilgari suradilar.
Nihoyat, rivojlanish toʼgʼrisidagi har xil qarashlarning sintezi sifatida bir butun taraqqiyot nazariyasi faqat nemis klassik falsafasidagina paydo boʼldi. Bu falsafaning asoschilaridan biri Immanuilь Kant rivojlanish gʼoyasini quyosh sistemasi va barcha yulduzlar dunyosini izohlashga tatbiq etib, uni hatto insonning ijtimoiy rivojlanishiga, xususan, insonning ahloqiy rivojlanishiga ham joriy etishga urinadi. Kantning shogirdi Gerder esa rivojlanish gʼoyasini butun xalqlarning tarixi taraqqiyotiga va insoniyat madaniyati taraqqiyotiga birinchi boʼlib tatbiq etadi. Bu davrga kelganda, dialektika tushunchasi endi rivojlanish gʼoyasini ifodalay boshlaydi.
Dialektikani rivojlanish haqidagi har taraflama, mazmun jihatdan boy va chuqur taʼlimot sifatida birinchi marta nemis klassik falsafasining buyuk vakili Gegelь ishlab chiqdi. Gegelning ulugʼ xizmati shu boʼldiki, u birinchi boʼlib, butun tabiiy, tarixiy va maʼnaviy dunyoni bir jarayon shaklida, yaʼni uzluksiz harakat qilib, oʼzgarib, qaytadan tuzilib, taraqqiy qilib turadigan holda koʼrsatdi va bu harakat bilan taraqqiyotning ichki bogʼlanishini ochib berishga urindi. Natijada, insoniyat tarixi insoniyatning oʼzining taraqqiyot jarayoni sifatida maydonga chiqdi va endilikda tafakkurning vazifasi bu jarayonning barcha yanglishib yurishlari ichida uning izchil bosqichlarini kuzatib borish va zohiriy tasodiflar orasida bu jarayonning ichki qonuniyatlarini isbot etishdan iborat boʼlib qoldi.
Gegelning taraqqiyot toʼgʼrisidagi bu qarashi dia¬lektika haqidagi falsafiy taʼlimotni yanada boyitadi. Gegelь birinchi boʼlib dialektikaning barcha kategoriyalari va qonunlarini taʼriflab bergan edi. Lekin dialektika Gegelda mistiklashtirilgan, bir tomonlama, boshi bilan turgan dialektika edi. Chunki Gegelning fikricha, dialektika «fikrning har qanday ilmiy kengaytirilishining harakatlantiruvchi jonidir va u shunday bir printsipdan iboratdirki, bu printsip yolgʼiz oʼzi fanning mazmuniga immanent aloqa va zaruriyat kiritadi».
Keyingi davrlarda fan va amaliyot rivoji natijasida dialektika tabiat, jamiyat va tafakkur taraqqiyotining, ulardagi aloqadorlik va bogʼlanishlarning eng umumiy qonunlari haqidagi fan; voqelikdagi narsa va hodisalar, ularning fikriy inʼikoslari oʼrtasidagi munosabatlarni ifodalovchi printsiplar, ularni doimo oʼzgarish va rivojlanishda, ichki ziddiyatlar taqozosi bilan yuz beradigai «oʼz harakati»da, deb qaraydigan bilish nazariyasi; har tomonlama boy, ziddiyatlarga toʼla tarixiy taraqqiyot haqidagi taʼli¬mot sifatida maydonga chiqadi.
Bu dialektika bir butun borliqning eng umumiy aloqadorligi, oʼzgarishi va taraqqiyoti toʼgʼrisidagi taʼlimot sifatida ham moddiy dunyoga, ham uning inʼikosi boʼlgan inson bilishiga xos taʼlimotdir. Shunga koʼra bu dialektika oʼz ichiga obʼektiv va subʼektiv dialektikani oladi. Bunda moddiy dunyoning, undagi narsa va hodisalarning aloqadorlik va bogʼlanishlari, ularning harakati, oʼzgarish va rivojlanishlari obʼektiv dialektikani tashkil etadi. Moddiy dunyoning inson miyasidagi inʼikosiga xos boʼlgan bilish jarayonining dialektikasi subʼektiv dialektika — obʼektiv dialektikaning kishilar miya¬sidagi inʼikosidir. Demak, obʼektiv dialektika — bu narsalar, buyumlar dialektikasidir; subʼektiv dia¬lektika esa, obʼektiv dialektikaning inson ongidagi inʼikosi — yaʼni, tafakkur dialektikasidir.
Obʼektiv dialektika subʼektiv dialektikani vujudga keltiradi. Bu jihatdan dialektikaga yangicha yondoshish Gegelь dialektikasidan tubdan farq qiladi. Gegelь dialektikasiga koʼra fikr, tafakkur dialekti¬kasi narsalar, buyumlar dialektikasini yaratadi, yaʼni subʼektiv dialektika obʼektiv dialektikani tugʼdiradi. Boshqa faylasuflarning taʼlimotiga koʼra esa, aksincha, narsalar, buyumlar dialektikasi fikr, tafak¬kur dialektikasini yaratadi.
Dialektika borliq, yaʼni tabiat, jamiyat va inson tafakkuridagi aloqadorliklar va rivojlanishlarning umumiy qonuniyatlari haqida bizga toʼgʼri yoʼnalish berib, dunyoni oʼzlashtirish va oʼzgartirish yoʼllarini koʼrsatib beruvchi nazariyadir, usuldir. Dialektika dunyoning haqiqiy ilmiy manzarasini yaratib, kishilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishga yordam beradi. Chunki ilmiy asoslangan dialek¬tika, birinchidan, dunyodagi har bir narsa yoki hodisaning hamma tomonlarining bir-birlariga bogʼliq boʼlishi va bir-birlari bilan juda mustahkam aloqador ekanligi toʼgʼrisida chuqur maʼlumot bersa, ikkinchidan, u bosib oʼtilgan bosqichlarni takrorlanayotgandek boʼlib koʼrinadigan, lekin ularni boshqacha, yanada yuqoriroq negizda takrorlaydigan taraqqiyot, toʼgʼri chiziq bilan emas, balki spiral tarzda boradigan, maʼlum holatlarda boshlangʼich holga goʼyo qaytganday boʼ¬lib koʼringan, maʼlum tanazzullar va boʼhronlar bilan boʼladigan ilgʼor taraqqiyot toʼgʼrisidagi taʼlimot hisoblanadi.
Dialektika kishilarning, ularni qurshab turgan dunyoni bilishining umumiy usuli sifatida dunyoga dialektik qarashni vujudga keltirgan.
Dialektikaga oʼrgatish degani-bu ziddiyatlarni qatʼiy ravishda qayd etish mahoratiga oʼrgatish, voqelikni nomiga quruq koʼz bilan qarash, ziddiyatlarni xas - poʼshlash yoʼlidan bormasdan, balki uni roʼi-rost qarab chiqish uni hal qilish yoʼlidan borishga oʼrgatish degani. Dialektikaga oʼrganish kerak. Buning uchun maktabda, oliy oʼquv yurtlarida taʼlim jarayonida yoshlarning dialektikani egallashlari uchun oʼqish, oʼqishdan tashqari ishlarni qanday tashkil etish kerakligini koʼrsatib berishi lozim. Dialektika faqat yetuk kishilar va chuqur aql - idrok egasi boʼlgan odamlar oʼrgana oladigan sirli bir sanʼat boʼlmay, balki bolalarni juda kichik yoshidan boshlab tarbiyalash mumkin va lozim boʼlgan ilmdir.

Foydalanilgan adabiyotlar


1. Davronov Z., Shermuhamedova N, Qahharova M, Nurmatova M, Husanov B, Sultonova A. Falsafa. -Toshkent: TMU, 2019
2. Jonathon A.C. Brown. hadith. -Ehgland, 2000
3. Samuel Guttenpion. Philosophy selected tekts with a method forbeginners.
4. Gilaziyev Z.Z. Uglublennoye izucheniye istorii i kulьturы islama. -Kazanь: Izd- vo DUM RT. 2009.
5. Jalilov B. Dinshunoslik. -Toshkent: 2019.
6. Zinovьev A. Logika. Moskva, MGU, 2006.
Download 23,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish