Konfutsiylik yoki konfutsiychilik -daosizm va buddizm bilan birga eng taʼsirli 3 asosiy falsafiy-diniy oqimdan biri bo`lib Xitoydagi axloqiy-siyosiy taʼlimot hisoblanadi. Konfutsiy taʼlimotida insonparvarlik (jen), odob qoidalari (li), fazilat (de) tushunchasi muhim oʻrin egallaydi. Insonparvarlik tushunchasiga koʻra, odamlar axloqiy va ijtimoiy munosabatlarda yoshi ulugʻ, mavqei baland kishilarni xurmat qilishlari, podshohga sadoqatli boʻlishlari kerak. Odob kridalari tushunchasiga koʻra, u tufayli yuksak fazilatlar shakllanadi, jamiyat rivoj topadi, adolat tantana qiladi. Burchni ado etish tufayli in-son kamolotga erishadi. Uning negi-zida "sen oʻzing nimaga erishishni istasang , unga boshqalarning erishishiga koʻmaqlash", "sen nimani orzu qilmasang , uni boshqalarga ravo koʻrma" kabi hayotiy tamoyillar yotadi. "Buyuk taʼlimot" va "Oʻrtalik haqida taʼlimot" degan asarlarni Konfutsiy yozgan deb taxmin qilinadi. Bu kitoblarga koʻra, odamlarning birgalikda oqilona yashashi tartibining muhim shartini 5 ta oddiy va buyuk fazilat tashqil etadi: donolik; insonparvarlik; sadoqat; kattalarni hurmat qilish; jasorat. Bu fazilatlar oʻziga va boshqalarga xalollikni va chuqur hurmatni anglatadi. Faqat mumtoz va komil insonlargina bunday fazilatga ega boʻladi. Konfutsiyda taʼkidlanishicha, qonun inson manfaatlariga xizmat qilmogʻi lozim. Qonun oʻzgarishi bilan manfaatdorlik va manfaatsizlik tushunchalari ham boshqacha maʼno kasb etadi, inson faoliyatida tub oʻzgarish roʻy beradi. Oʻtmishda oʻrnatilgan tartibga sajda qilish yangi qonunlar ruhiga ziddir. K.da jamiyatni boshqarishga katta eʼtibor berilib, unga koʻra, jamiyatni keragidan ortik, oddiy qonunlar bilan toʻldirib yubormaslik zarur. Xitoyda asrlar mobaynida K.ning turli maktablari yuzaga kelgan. Ular oʻrtasida keskin kurash borgan.
9. Xitoyda tarqalgan 3 dindan biri daosizm (konfutsiychilik, buddizm bilan bir qatorda)dinidir.Bu din Daosizm falsafiy taʼlimoti asosida paydo boʻlgan. 2-asr ning 1-yarmi Chjan Daolin asos solgan. D. urf-odatlari animizmga va sehrgarlikka ishonishga asoslangan. Konfutsiychilik, buddizm elementlari ham bor. D. dinida 3 xudo — Shandi, Laotszi hamda dunyoning yaratuvchisi Pan gu boshchiligida xudolar panteoni shakllangan. 5-asrdan D. diniy taʼlimoti, marosimlari rasmiylashgan va davlat dini boʻlib qolgan. 12-asrga kelib D.ning adabiyotlar toʻplami — "Dao szan" vujudga keldi. D. boshqa dinlar kabi koʻplab sektalarga ajralib ketgan. D. kohinlari shaxsning axloqiy oʻz-oʻzini takomillashtirish gʻoyasini targʻib qilib, dindorlarga uzoq umr koʻrishning muayyan usulini ham taklif qiladilar, bu usul parhezni, jismoniy mashqlar tizimi va boshqa ni oʻz ichiga oladi. Ayni vaqtda kohinlar yovuz ruhlarni haydash, fol ochish bilan ham shugʻullanadi. Keyinchalik D. Xitoyda oʻzining ilgarigi mavqeini yoʻqotib oʻrnini boshqa dinlarga boʻshatib bergan. Hozir uning tarafdorlari nisbatan ozchilikni tashkil qiladi.
11. Forobiy fikricha, yagona borliq olti bosqichdan iborat bo‘lib, ular ayni bir vaqtda barcha mavjud narsalarning ibtidosi sifatida bir-birlari bilan sababiy bog‘lanishdadirlar. Birinchi bosqich – birinchi sabab (Xudo); ikkinchisi – samoviy jismlar borlig‘i; uchinchisi – faol aql, to‘rtinchisi –ruh; beshinchisi – shakl; oltinchisi – modda. SHunday qilib, xudo va modda, yagona bir butunni tashkil etib, bir qator bosqichlar orqali bir-birlari bilan sababiy bog‘lanishdadirlar. O‘zlarining sababiy bog‘lanishlari tufayli ushbu ibtidolar ikki ko‘rinishga ajratiladilar: «vojibul vujud» - shunday narsaki, mavjudligi o‘zidan kelib chiqadi; «mumkinul vujud» - shunday narsaki, uning mavjudligi boshqa narsadan kelib chiqadi. Birinchi sabab (vojibul vujud) abadiylik xususiyatiga ega bo‘lganligidan, modda ham, uning oqibati sifatida abadiylikka daxldor bo‘ladi. Erdagi va osmondagi doiralarning barchasi jismiylik (moddiylik) xususiyatiga egadirlar. Barcha narsalar olti ko‘rinishga bo‘linadilar: samoviy jismlar, aqlli hayvon (inson), aqlga ega bo‘lmagan hayvonlar, o‘simliklar, minerallar, to‘rt unsur-olov, havo, tuproq va suv. Oxirgilari moddiylikning asosi bo‘lib, moddaning eng oddiy ko‘rinishini ifodalaydilar. Qolgan besh turdagisi murakkab bo‘lib, ushbu birlamchi unsurlarning turli darajadagi qo‘shilishlari natijasida paydo bo‘ladilar. Forobiy fikricha, «barcha ashyollarning umumiy turi dunyo» bo‘lib, oddiy jismlardan tashkil topgan va «dunyodan tashqarida hech narsa yo‘q»
13.
Do'stlaringiz bilan baham: |