Falsafiy antropologiya



Download 29,32 Kb.
bet6/6
Sana31.12.2021
Hajmi29,32 Kb.
#257214
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Falsafa yarm chala

Sxolastika (yun. scholastikos — maktabga, olimga oid) — diniy dunyoqarashni nazariy asoslashga intiluvchi diniy falsafa. Oʻrta asrlarda Gʻarbiy Yevropada taraqqiy etgan. U ilohiyotaqida asoslarini ratsionalistik metodika va formal mantiq masalalari ("masala talashish") bilan bogʻlaydi. S.ning asosiy maqsadi — dinni ximoya qilish. Sxolastlar Platon, Aristoteliing taʼlimotlarni oʻz maqsadlariga moslashtirib, xristianlik aqidalarini asoslash yoʻlida talqin etishgan. S. bir necha davrga boʻlinadi. Ilk S (11 —12-asrlar) Ioann Skot Eriugena, Anselm Kenterberilik taʼsirida boʻlgan. Xudoni tabiat bilan, yaratuvchini yaratilgan bilan aynanlashtirish Eriugena taʼlimotiga xos edi. Shu sababli cherkov hukmdorlari Eriugena kitoblarini "soʻnggi nusxasigacha yoqib tashlash"ga fatvo berishgan. Universaliyalar xususidagi bahsda sxolastik realizm (Gilom)ga nominalizm (Rosselin), shuningdek, konseptualizm (Abelyar) qaramaqarshi turadi. Yetuk S. (12— 13-asrlar) Buyuk Albert va Foma Akvinskiyning xristian aristotelizmi va averroizm (Siger Brabantskiy va boshqalar) boʻlib, u asosan Parij universitetida keng yoyilgan. Keyingi S. (13—14-asrlar) vakillari — Ioann Dune Skot, U. Okkam. S.ga Uygʻonish davri gumanistlari qarshi chiqqanlar. Ularning taʼsirida S. oʻzining mafkuradagi ustuvor mavqeini yoʻqota boshladi. S.ning yangidan jonlanishi, ayniqsa, Ispaniyada jonlanishi (16—17-asrlar, F. Suares, M. Molina) kontrreformatsiya bilan bogʻliqdir. Koʻchma maʼnoda S. — hayotdan ajralib qolgan, behuda, mavgʻum fikr yuritish.

20. O’sha davr falsafasining asosiy vakillaridan biri F. Bekon (1561-1626)


yuqoridagi masala haqida shunday degan edi: «Moddiy dunyo, mamlakatlar, dengizlar, planeta juda
keng bo’lgani holda insonlarning ma’naviy dunyosini eski chegaralar bilan o’rab qo’yilishi
sharmandalikdan boshqa narsa emas» («Yangi Organon» kitobi). Bekon ingliz falsafasining o’rta
asrlardagi taraqqiyotiga eng katta hissa qo’shgan olimlardan biridir. Uning ta’limoticha, fanning
yangi binosini ko’rish uchun, to’g’ri fikrlashga o’rganish kerak. Bekon ta’limoticha, tabiatni
bilishda  bir  necha  «idollar»  insonga  halaqit  beradi.  Ular  inson  aqlini  o’rab  tashlaydi.  Ular  asosan
to’rtta. Birinchisi urug’ idollari, bular inson zotiga, butun odamlarga xosdir. Masalan, Bekon
shunday deydi: «insonning aqli qiyshiq ko’zguga o’xshaydi. U narsalarning tabiati bilan o’z
tabiatini aralashtirib yuborib narsalarni qiyshiq, buzuq ko’rsatadi. Ikkinchisi, g’or idollari. Bu har
bir odamnning o’z spesifik xususiyatlari natijasida yanglishishi. Ular fikrlash ufqining
cheklanishidan tug’iladi. Bu narsa hamma narsani o’z nuqtai-nazari bilan ifodalash, o’zinnig tor
doirasi bilan o’lchash natijasida vujudga keladi. Uchinchisi, maydon idollari, bo’lib, u ma’lum
bo’lgan tasavvurlarga tayanish odati, noto’g’ri yoki noaniq termonologiyalarga tanqidiy
yondoshmaslik oqibatida vujudga keladi. Bu masalaga Bekon juda ham katta ahamiyat beradi.
Masalan, u shuni ta’kidlaydiki, real borliqni ifodalamaydigan yoki uni noaniq, mavhum
ifodalaydigan so’zlar soxta tushunchalarni tug’diradiki, ular tafakkurga teskari ta’sir qiladi.
To’rtinchisi, teatr idollari: ular avtoritetlar fikriga ko’r-ko’rona ergashib qadimgilarning falsafiy
sistemalarini davom ettiraveradilar.
Bekon tomonidan sxolastikaga qarshi qaratilgan idollarning tanqidi katta metotologik
ahamiyatga egadir. Bekon bilish nazariyasining birinchi bosqichi esa tajribadir, ikkinchi bosqichi
aqldir. U tajriba ma’lumotlarini rasional qayta ishlaydi va umumlashtiradi. Bekon ta’limoticha, olim
chumoliga o’xshab faqat yig’ish va yig’ilganlar bilan kifoyalanmasligi kerak, o’rgimchakka
o’xshab hayotdan ajrab, faqat o’zining shaxsiy aqli bilan o’zining makrli falsafasini to’qimasligi
kerak. Bekon ta’limoticha, olim asalariga o’xshab gullardan olib keyin ularni asalga aylantirishi
lozim.
Bekon o’zining ijtimoiy-siyosiy qarashlari bo’yicha kuchli markazlashgan davlat tarafdori
bo’lgan. Jamiyat hayotida asosiy rolni Bekon fikricha san’at va savdo rivojlanishi o’ynaydi.Начало формы

Конец формы
Download 29,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish