Falsafaning tarixiy tiplarstrrepla



Download 81 Kb.
bet1/3
Sana26.04.2022
Hajmi81 Kb.
#584627
  1   2   3
Bog'liq
Falsafaning tarixiy tiplari


Falsafaning tarixiy tiplari
R e j a:
1. Falsafiy dunyo qarash kurtaklari.
2. Dastlabki falsafiy fikrlarning shakllanishi.
a) Qadimgi Hind va Xitoy falsafasi.
b) Qadimgi Eron va Turon falsafasi.
v) Qadimgi Yunon falsafasi.


Falsafiy dunyoqarash kurtaklari
Falsafa taraqqiyoti uzoq tarixga ega, uning kurtaklari milloddan ilgari 3000 yillarda paydo bo`la boshlagan. Falsafaning kelib chiqishi to`g`risida asosan ikki xil qarash mavjuddir. Bular mifologik va gnoseologik qarashlardir. Mifologik qarash bo`yicha falsafa mifologiyaning taraqqiyoti natijasida kelib chiqqan. Bu taraqqiyot natijasida voqelikning afsonaviy in`ikosi, tasviri tushuncha bilan almashinadi. Gnoseologik qarash bo`yicha falsafa mavjud bilimlarni umumlashtirish natijasida vujudga keladi. Mifologik qarash tarafdorlari (G.V.F. Gegel, F. Koriford, A.S. Losev va boshqalar) falsafaning mifologiyadan kelib chiqqanligini ta`kidlaydilar. Biroq mifologiyani falsafa uchun birdan-bir asos qilib olish to`g`ri emas, albatta. Gnoseologik qarash namoyondalari (G.Spenser, A.A.Bogdanov va boshqa pozitivislar) falsafaning manbaini bilimda kradilar. Bu to`g`ri, biroq falsafa faqat bilim asosida kelib chiqqani yo`q. Falsafaning manbai to`g`risida yana bir eklektik («eklektika» turli qarashlarni qorishtirib yuborish demakdir) qarash mavjud. Keyinchalik falsafada (uning bir muncha rivojlangan bosqichida) bir-biriga qarama-qarshi oqimlar paydo bo`ladi.
Falsafaning kelib chiqishini tushunishda umuman dunyoqarashning paydo bo`lishi va rivojlanishi muhim ahamiyatga ega. Falsafaning turli oqimlarga bo`linishi bu ikkinchi darajali masaladir.
Mifologik va gnoseologik qarashlarda falsafaning manbai sifatida ikkita va hatto uchta asos ko`rsatiladi. Bular mifologik dunyoqarash, bilim va kundalik ong. («mifologiya» yunoncha so`zdan kelib chiqqan bo`lib, rivoyat, afsona, degan ma`noni bildirsa, «gnoseologik» bilim, bilish bilan bog`liq masalalarni o`z ichiga oladi).
Falsafaning paydo bo`lishiga nazariy ongning paydo bo`lishi katta ahamiyatga ega bo`ldi. Uning vujudga kelishida fanlarning taraqqiyoti muhim rin tutadi. Falsafa o`z printsiplarini aql yordamida isbotlovchi ongning nazariy shakli sifatida ishonchga asoslangan va voqelikni hayoliy tarzda aks ettiruvchi mifologik hamda diniy dunyoqarashdan butunlay farq qiladi. Falsafa sistemalshgan nazariy dunyoqarash sifatida paydo bo`ldi.
Shubhasiz, falsafaning paydo bo`lishida iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy sharoit (omil)lar muhim ahamiyatga ega bo`ldi. Falsafaning vujudga kelishida jamiyatning sinflarga bo`linishi, aqliy mehnatni jismoniy mehnatdan ajralishi hamahamiyatga egadir. Shu bilan falsafaning kelib chiqishida ishlab chiqarish kuchlarining taraqqiyotini ko`rsatish mumkin. U kishilarning amaliy faoliyatida tabiat kuchlari ustidan hukmronligini oshirishda, bilimlarning rivojlanishida, tafakkurning rivojlanishida muhim o`rin tutadi.



Download 81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish