Orttirilgan yanglishishlar - Maydon unsuri – nutq, tushunish apparatini: so‘zlar, iboralar, tushunchalarni noaniq qo‘llash.
- Teatr unsuri – mavjud falsafaning bilish jarayoniga ta’siri. Ko‘pincha bilish jarayonida eski falsafa yangi uslubni qo‘llashga to‘sqinlik qiladi, bilishni har doim ham to‘g‘ri yo‘nalishga boshlamaydi (misol uchun, o‘rta asrlarda sxolastikaning bilishga ta’siri). Shuningdek, laganbardorlar, ikkiyuzlamachilar, safsatabozlar faoliyati.
- XX asrdagi ilmiy bilimlar taraqqiyoti noklassik fan taraqqiyoti davri, deb yuritiladi.
- Bu davrda ilmiy bilimlarni hosil qilishning yangi noklassik metodlari –
- sinergetika, genlar texnologiyasi, evolyutsion ximiya taraqqiyoti bilan
- bog‘liq ravishda ochiq katalitik tizimlarning o‘z-o‘zidan rivojlanishi,
- fizik jarayonlarni tadqiq etishning abstrakt metodlari, matematik modellashtirish
- kabilar ishlab chiqildi.
- Hozirgi ya’ni postnoklassik davrda ilmiy bilimlar va ilmiy ijodga xos xususiyat –
- ilmiy bilimlar taraqqiyotining yangicha nuqtai-nazar- yaxlitlik paradigmasiga
- asoslaganligidadir. Bu paradigmaga ko‘ra, butun olam, biosfera, noosfera,
- jamiyat, inson yaxlit bir butunlikni tashkil etadi.
- Olam o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq, bir-biriga ta’sir etuvchi tizimlardan iborat.
- Olamni bilish deganda, bu tizimlarning o‘zaro bir-biriga bog‘liq ravishda
- o‘zgarishini,
- birgalikda mavjudligini anglash nazarda tutiladi, uning natijalari
- sintezlashgan bilimlar tarzida namoyon bo‘ladi.
- Hozirgi davrdagi ilmiy bilishning o‘ziga xos jihatlari:
- 1) Ilmiy izlanishning alohida faoliyat sohasiga aylanganligi va ilmiy izlanish olib borayotgan olimlar sonining ortib borayotganligi. Agar XVIII-XIX asrlarda olimlar soni 1 ming kishini tashkil etgan bo‘lsa, XX asr oxiriga kelib ilmiy izlanishlar olib borayotganlar soni 5 million kishiga yetdi.
- 2) Ilmiy axborotlarning jadal o‘sib borayotganligi
- 3) Ilmiy bilimlar olamning ilmiy manzarasi xaqidagi qarashlarimizni tamomila o‘zgartirib yuborganligi.
- 4) Ilmiy bilish sohalarining nihoyatda kengligi. Hozirgi zamon ilmiy bilimlari 15 ming atrofidagi turli fanlar sohalarida o‘z ifodasini topgan.
- 5) Ilmiy bilimlarning tobora rivojlanib borishi - muassasa va tashkilotlar tizimining shakllanishiga sabab bo‘ldi.
- 6) Ilmiy bilimlar tobora jadal sur’atlarda jamiyatning bevosita ishlab chiqaruvchi kuchlariga aylanib bormoqda.
- 7) Hozirgi zamon fani taraqqiyoti olimning jamiyat oldidagi ma’suliyati muammosini tobora keskin ravishda qo‘ymoqda.
- Bu o‘z navbatida ilmiy bilimlarni hosil qilishning yangi yo‘llari (metodlari)ning ishlab chiqilishiga turtki bo‘lmoqda.
- 3.
Do'stlaringiz bilan baham: |